Talabalar bilimini baholash institut Ilmiy kengashining 2023-yil
29-avgustdagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Akademik qoidalar” asosida amalga oshiriladi.
Andijon mashinasozlik institutida kredit-modul tizimi asosida tahsil olayotgan talabalar bilimini baholash shartli ravishda 2 qismga, ya’ni dastlabki va asosiy baholash koʻrinishida 100 ballik tizimda amalga oshiriladi. Dastlabki baholashga 50 ball va asosiy asosiy baholashga 50 ball ajratiladi.
Talaba butun semestr davomida oʻzlashtirish natijalariga koʻra ball yigʻib boradi va dastlabki baholash natijalari hamda asosiy baholash ballari, mas’ul oʻqituvchilar tomonidan “HEMIS” elektron platformasiga kiritiladi.
Nazoratlar oʻtkazish boʻyicha ma’lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan:
Oliy matematika fani bo‘yicha ballarning nazoratlar bo‘yicha taqsimoti va nazoratlarni o‘tkazish muddati