O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti


baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim



Yüklə 45,58 Kb.
səhifə7/9
tarix21.10.2023
ölçüsü45,58 Kb.
#158424
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Sillabus Tasv Metodika 2-kurs

4 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • Fanning mohiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yo‘l qo‘ymasa;

  • Fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan bo‘lsa;

  • Fan bo‘yicha berilgan vazifa va topshiriqlarni o‘quv dasturi doirasida bajarsa;

  • Fan bo‘yicha berilgan savollarga to‘g‘ri javob bera olsa;

  • Fan bo‘yicha konspektni puxta shakllantirgan bo‘lsa;

  • Fan bo‘yicha mustaqil topshiriqlarni to‘liq bajargan bo‘lsa;

  • Fanga tegishli qonunlar va boshqa me’yoriy – huquqiy hujjatlarni to‘liq o‘zlashtirgan bo‘lsa;

v) 3 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • Fan haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lsa;

  • Fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yo‘l qo‘yilsa;

  • Bayon qilish ravon bo‘lmasa;

  • Fan bo‘yicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;

  • Fan bo‘yicha matn puxta shakllantirilmagan bo‘lsa;

g) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz 2 baho bilan baholanishi mumkin:

  • Fan bo‘yicha mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rilmagan bo‘lsa;

  • Fan bo‘yicha mashg‘ulotlarga doir hech qanday tasavvurga ega bo‘lmasa;

  • Fan bo‘yicha matnlarni boshqalardan ko‘chirib olganligi sezilib tursa;

  • Fan bo‘yicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa;

  • Fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;

  • Fanni bilmasa;




Kreditlarni olish uchun talablar:

Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchaparni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish. O‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va oralik nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish.
Oraliq nazorat:
– Modul o‘qituvchisi (instruktor) bilan kelishilgan holda fikrlar almashuvi yozma yoki og‘zaki shaklda;
– Oraliq nazorat shakllari: munozaralar, shuningdek muhokama qilingan asosiy masalalarni tushunishlarni tekshirish uchun testlar va yozma ishlar.
Yakuniy nazorat:
– Imtihon – modul’ davomida olingan bilim va ko‘nikmalarni baholash; yozma savollarni yoki o‘quv dasturi (syllabus) materiallari bo‘yicha yozma, xususan nazariy va amaliy jihatlarni o‘z ichiga oladi.


Yüklə 45,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin