O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGINING NAMANGAN VILOYATI HUDUDIY BOSHQARMASI NORIN TUMAN 2-SONLI KASB-HUNAR MAKTABI Himoyaga ruxsat etildi
2-sonli kasb –hunar maktabi
direktori _________Sh.Qambarov
_______ ________________202__yil
Tayorlov yo’nalishi kod va nomi: 3.52.01.01 Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi
Kasb (mutaxassislik) kod va nomi : 3.52.01.01 Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi
Ixtisosliklari
Raqamli axborotlarni qayta ishlash
WEB kontent administrator
MS WORD DASTURI VA UNING IMKONIYATLARI Mavzusida
II.Asosiy qism 2.1. Matnlar bilan ishlash.
2.2. Word matn muxarriri imkoniyatlari.
2.3. Word dasturini ishga tushirish va undan chiqish.
2.4. Matnlarni kiritish va saqlash.
III.Grafik qism
IV. Mexnat muxofazasi va texnika xavfsizligi.
V.Xulosa
VI. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish Insonlar kundalik hayotida beihtiyor turli xil amaliy dasturlardan foydalanishadi. Bu jarayonlarda kishilar kundalik hayotida bir turdagi masalalarni bir necha bor takrorlashga to‘g‘ri keldi. Bunday jarayonlarni hal qilishda amaliy dasturiy
ta’minotlarning qo‘shimcha imkoniyatlari, ya’ni dasturlash imkoniyatlari makroslardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Makros - bu kompyuterda kundalik ishlarni soddalashtirish maqsadida yaratilgan buyruqlar to‘plamidir. Ma’lum tartibdagi yagona ketma-ket harakatlar majmuidan iborat jarayonlarni doimiy ravishda bajarish lozim bo‘lgan paytda, bu ish xarakatlarni avtomatlashtirish maqsadida yaratilgan makros, vaqtni tejash bilan bir qatorda, shaxsiy kompyuterda ishlash qulayligini ham orttiradi. Makroslar ko‘pincha quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:
–doimiy ravishda bajariladigan tahrirlash yoki formatlash jarayonlarini
tezlashtirish uchun;
–bir nechta buyruqlarni birlashtirish uchun: masalan, ma’lum kattalikdagi va
chegaralardan hamda aniq sondagi satrlar va ustunlardan iborat jadval tuzishda;
–muloqot oynalari parametrlarida kirishni soddalashtirish uchun;
–masalalardagi ketma-ket kelgan murakkab xarakatlarni avtomatlashtirish uchun.
Ushbu maqolada Microsoft Word dasturiy ta’minotida makroslar yaratish va
qo‘llash masalalalarini ko‘rib o‘taylik.
Microsoft Word da makros yaratish uchun ikkita usulni qo‘llash mumkin[1]:
–Makros yozish vositalari yordamida;
–Visual Basic muxarriri yordamida.
Ko‘pchilik makroslar bir necha qadamdan tashkil topgan jarayonlarni bajarish
uchun mo‘ljallangan. Bunda takrorlanishi lozim bo‘lgan qadamlar to‘plami yaratiladi.
Jarayonni qayta bajarish lozim bo‘lgan paytda makroslarni ishga tushirish kerak, xolos.