O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bitiruv malakaviy ishni bajardi: Shomiyeva Feruza Gadoyevna Bitiruv malakaviy ishi rahbari: Uralov Sirojiddin Axmadaliyevich Kafedra mudiri: PhD


Bitiruv malaka ishining dolzarbligi



Yüklə 179,52 Kb.
səhifə2/6
tarix20.11.2023
ölçüsü179,52 Kb.
#165286
1   2   3   4   5   6
BMI-2023 Shomiyeva tayyor

Bitiruv malaka ishining dolzarbligi:
Bugungi kunda professional ta’lim muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda bo‘lajak mutaxassislarga kasb-hunar sirlarini o‘rgatib kelayotgan oʻqituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini kasbiy pedagogik va psixologik jixatdan doimiy tayyorlab borish uchun muassasa ma’muriyatidan bir muncha chora - tadbirlarni rejalashtirishni va ularni amalga oshirishni talab qiladi. Ishlab chiqarish ta’limi ustalari oʻquv amaliyotlarini tashkil qiluvchi va oʻtkazuvchisi, ishlab chiqarish amaliyotlariga rahbarlik qiluvchi va oʻquv jarayonlarini didaktik ta’minlovchisi hamdir. Ushbu jarayonlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ularda ushbu sohaga oid mukammal pedagogik bilimlar boʻlishi taqozo etiladi.
KIRISH
1. Ishlab chiqarish ta’limi ustalari mahoratini oshirishning me’yoriy-huquqiy asoslari
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” 2020-yil 23-sentyardagi 637-son Qonunining 47-moddasida, ishlab chiqarish ta’limi ustalari qayta tayyorlash kurslaridan o‘tmasdan pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi belgilab qo‘yildi. Jumladan, professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarga ishlab chiqarish sohasida ta’lim beruvchi va sohaga oid kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydigan ishlab chiqarish ta’limi ustalari vazifasiga zarurat bo‘lganda, ishlab chiqarish sohasida kasbiy ma’lumotiga oid amaliy tajribaga ega bo‘lgan, lekin, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan mutaxassislar bilan ta’minlash mumkinligi qayd etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2020 yil 7 avgustdagi 466-son qarorining 8-bobi 119-bandida professional ta’lim muassasasi ma’muriyati o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining pedagogik, kasbiy va psixologik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirishga mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilgan.


Yüklə 179,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin