chiqarish jarayonini dasturiy metodik jihatdan ta’minlash
3. Ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy pedagogik kompetentligini takomillashtirish jarayonida uslubiy yordam ko’rsatish
Kasbiy - pedagogik kompetentlikni takomillashtirishni ishlab chiqarish ta’limi ustasini o‘zining tashabbusi, xohish va istaklarisiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Ta’lim muassasasida kasbiy-pedagogik kompetentlikni oshirish jarayonining xususiyatlaridan biri sifatida ishlab chiqarish ta’limi ustalarining pedagogik tashabbusini qo‘llab-quvvatlash qaraladi.
ishlab chiqarish mashg‘ulotlarida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash; raqamli axborot-kommunikatsion texnologiyalariini o‘zlashtirish va uni o‘quv amaliyot mashgʻulotlarida qo‘llash; o‘quv ustaxonalarining mazmuni hamda asbob-uskuna va jihozlarini yangilash; O‘quv amaliyoti jarayonida: Uslubiy ishlarda: - o‘quv amaliyoti mashg‘ulotlari uchun o‘quv-uslubiy majmuani ishlab chiqish;
- pedagogik tajribalarni tavsiflash va nashr ettirish;
- o‘z pedagogik loyihalarini yaratish;
- o‘quvchilarning ta’lim loyihalarini boshqarish;
- professional musobaqalarda ishtirok etish;
Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda: o‘quvchilar jamoasini shakllantirishda o‘z pedagogik natijalaridan foydalanish;
o‘quvchilar guruhida o‘z-o‘zini boshqarishni shakllantirish va rivojlantirish;
o‘quvchilarning darsdan tashqari mashg‘ulotlari va bo‘sh vaqtlarini tashkil etish;
o‘quvchilarni ijtimoiy ahamiyat-ga ega jamoat tashkilotlariga jalb qilish (ixtiyoriy harakat);
Usta qanchalik tashabbus ko‘rsatsa, uning faoliyati darajasi shunchalik oshadi, u o‘z qobiliyatlarini qo‘llash sohalarini ko‘radi. Ishlab chiqarish ta’limi ustalari kasbiy-pedagogik mahoratining o‘ziga xos sifat xususiyati, ular tomonidan pedagogik tashabbusning namoyon bo‘lish darajalaridir.
Ta’lim muhitini mustahkamlamasdan va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining pedagogik tashabbusini qo‘llab-quvvatlamasdan kasbiy qiyinchiliklarni yengib o‘tishni tashkil etish mumkin emas. O‘z navbatida, o‘quv muhitini mustahkamlash va rivojlantirish ishlab chiqarish ta’limi ustasining kasbiy-pedagogik malakasini oshirishning ichki va tashqi shakllaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi.