O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi


Oilaviy maslahat turi: “ota-ona-bola”. Er xotinga maslahat, “katta bolalar keksa ota-onalar”



Yüklə 116,69 Kb.
səhifə7/9
tarix20.11.2023
ölçüsü116,69 Kb.
#165632
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Oilaviy munosabatlar psixologiyasi 1-Mutaqil ta\'lim ishi Asqat Tajiboyev

Oilaviy maslahat turi: “ota-ona-bola”. Er xotinga maslahat, “katta bolalar keksa ota-onalar”
Oilaning hayotiy tarzi uning hayotiy sikli bilan bog`liq. Ayrim olimlar, masalan, V.Satir zamonaviy oilaning bola tarbiyasi va uning manfaatlariga bog`liq ekanligidan kеlib chiqib, bu maskandagi hayot maromini bola rivojlanishining bosqichlari bilan bog`laydi.
Shunga ko`ra, quyidagi bosqichlar farqlanadi:
1-bosqich. Aksariyat olimlar oiladagi hayot sikli ikki yoshning uzoq muddatga ahdu-paymon qilib nikohga kirishga qaror qilgan onlaridanoq boshlanishini ta'kidlaydilar. Boshqa mualliflarning fikricha, oilaning boshlang`ich nuqtasi ikki shaxs rasman nikohga kirgan vaqt, ko`pchilikning guvohligida o`tkazilgan tantanalar bilan izohlanadi.
2-bosqich. Ikki yoshning intim qovushishi oqibatida zurriyodning paydo bo`lishi. Satirning fikricha, zurriyodning paydo bo`lishi, tug`ilishi er va xotinning asl munosabatlarini sinovdan o`tkazadi va ular o`ziga xos yangicha munosabatlar davrini boshdan kеchira boshlaydilar. Bu davrga asosiy mazmun va ma'no bеruvchi voqеa – bu er va xotinga yangi rollarning bеrilishi, anchagina katta ijtimoiy mas'uliyatni o`ziga qamrab olgan ota-onalik rollarining boshlanishidir.
Ko`plab xalqlarda, ayniqsa, o`zbеklarda bolaning dunyoga kеlishi juda katta quvonchli marosimlar bilan boshlanib, ular qadriyat sifatida asrlar osha saqlab kеlinmoqda. Shunga qaramayayrim xalqlarda, masalan, еvropa xalqlarida oilada farzandning tug`ilishi muayyan tashvishlar, ruhiy tarangliklar, ayniqsa, ona boshidan kеchiradigan emotsional hayajonlar, yaqinlariga ijtimoiy va moliyaviy tashvishlarni kеltirib chiqaradiki, bu ham ba'zan oilaviy munosabatlardagi tarangliklarda aks etadi. Oila va farzand oldidagi bunday mas'uliyatlar ayrim hollarda er-xotin munosabatlarining darz kеtishiga, ba'zan ajrimlarga, bizning sharoitimizda quda-andachilik munosabatlaridagi kеlishmovchiliklarga ham sabab bo`ladi.

Oilaviy psixologik konsultatsiya va uning usullari
Nikoh va oila zamonaviy jamiyatda qiyin davrni boshdan kechirmoqda.Moddiy ahvol
ning yomonlashuvi, to‘liq bo‘lmagan oilalar sonining ko‘payishi,farzand ko‘rishga
bo‘lgan qiziqishning pasayishi (shu jumladan, befarzand oila), bolalarni oiladan chetlashtirish - bularning barchasi bizga oiladagi inqiroz holati to‘g‘risida xabar beradi. Ko‘p muammolar oilaviy hayotdagi o‘zgarishlar, nizoli vaziyatlar, oila
a’zolari o‘rtasidagi munosabatni buzishilishi jarayonida yuzaga keladi.
Mustaqil oila muammolarni o‘zi hal qilishga intiladi. Ba’zi hollarda bu
yordam berishi mumkin, boshqalarda esa qarama-qarshiliklarning yanada
kuchayishiga olib keladi.
Bunday masalalar odatda uyatchanlik va ularni tushunmasliklari fikri
ostidagi qo‘rquvi tufayli do‘stlar va boshqa odamlar bilan muhokama
qilinmaydi. Shuning uchun, vaziyatni yanada obyektiv va professional ko‘rib
chiqadigan mutaxassis - oilaviy psixolog bilan bog‘lanish tavsiya etiladi.
Oilaga psixologik yordam - bu oilaviy psixolog faoliyatining ko‘plab
yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan keng tushunchadir. Bu inqiroz sharoitida oila
va uning alohida a’zolarini ma’naviy, hissiy va ruhiy qo‘llab-quvvatlashdan
iborat. Oilaviy psixolog - bu erkak va ayol o‘rtasidagi munosabatlarning
universal mutaxassisi deb atalsa, mubolog‘a bo‘lmaydi. Barcha darajadagi
oilaviy munosabatlarni uyg‘un rivojlantirish uchun psixologik yordamga
bo‘lgan ehtiyojni qondirish oilaviy psixolog vakolatiga kiradi.
Oilaviy psixolog -konsultant psixologiya fanining har qanday sohasi
- kognitivizm, psixoanaliz, gumanistik psixologiya va boshqalarning
tarafdori bo‘lishi mumkin. Psixolog-konsultantning vazifasi ma’lum bir
kishiga yoki murojaat qilgan odamlarning kichik guruhiga o‘zining
ishonchliligini ko‘rsatadigan usul va metodlardan foydalangan holda
psixologik yordam ko‘rsatishdir. Shu bilan birga, oilada konstruktiv
o‘zgarishlar yuz berishi uchun, munosabatlarga yordam berishdan tashqari
(munosabatlarga yordam berish fonida), ma’lum bir rollar to‘plami
ta’siridan foydalanish mumkin. Psixolog-konsultant tomonidan
qo‘llaniladigan ta’sirlarning to‘plami uning nazariy yo‘nalishini aks
ettiradi. Biroq, bugungi kunda psixolog-konsultantlarning aksariyati
eklektik bo‘lib, turli xil nazariy yondashuvlarda ishlab chiqilgan texnika va
usullardan amaliyotda foydalanadilar.
An’anaga ko‘ra psixologik maslahat berishning asosiy usuli - bu
suhbatdan foydalanadi, ya’ni oilani ijtimoiy va psixologik qo‘llabquvvatlash va unga yordam berishga qaratilgan suhbat. An’analar, albatta,
yaxshi, ammo amaliy psixologiya "bu yerda va hozir" mavjudlik tamoyiliga
amal qiladi. Zamonaviy maslahat amaliyotida (shu jumladan oilaviy
maslahat) eklektizm ustunlik qiladi. Psixolog -konsultantlar turli xil
psixoterapiya maktablarida ishlab chiqilgan barcha boy usul va uslublardan
foydalanadilar:K.Rojersning dialogik aloqasi va Jeykob Morenoning
psixodramasidan tortib, NLP (neyrolingvistik dasturlash) texnologiyalariga va, albatta, tizimli oilaviy terapiya. Fikr-mulohaza
bildirish uchun "yozuvdagi sotsiogramma", "oilaviy haykaltaroshlik",
"oilaviy xoreografiya" kabi psixotexnika vositalaridan foydalaniladi. O‘z
oilasi va undagi munosabatlarni ijod jarayonida ko‘rsatish munosabatlarni
o‘rnatish, hissiy sohani uyg‘unlashtirish, tashvish darajasining pasayishi va
ijodiy salohiyatni namoyon qilishga yordam beradi.
Albatta, endi konsultant sifatida ish boshlagan yosh mutaxassislar:
"Nimani ishlatish kerak?" degan savolni tez-tez berishadi. Vositalarni
tanlashda siz J.Pol savol sifatida tuzgan taniqli uslubiy pozitsiyani eslab
qoling: «Qanday, kim tomonidan va qaysi sharoitda amalga oshirilgan
yordam aniq muammosi bo‘lgan mijoz uchun samarali hisoblanadi?»
Oilaviy munosabatlar bo‘yicha konsultatsiya berishda, usul va
texnikalarni tanlash konsultatsiya jarayonini olib boradigan darajaga
qarab belgilanadi. Konsultatsiyaning tashqi va ichki (chuqur) darajasi
ajratiladi.
Tashqi darajadagi ish shaxsiy va oilaviy muammolarni hal qilish uchun
yetarli. Albatta, K.Rodjers tomonidan yaratilgan gumanistik yondashuv
asosida bir-biriga yordam berish munosabati texnikasidan foydalanish
maqsadga muvofiq.
Kognitiv-xulq- atvor yondashuv asosida fikr, hissiyot va hatti-harakat
darajasidagi o‘zgarishlarga olib keladigan texnikalar oilada ishonchli
munosabatlarni shakllantirishga va oilaning har bir a’zosiga ularning
ongida bo‘lgan hamma narsani hamda haqiqiy his-tuyg‘ularini ifoda etishga
yordam beradigan ochiqlikni yaratadi. Bu muammoni hal qilish yo‘lidagi o‘ziga
va boshqa odamga nisbatan birinchi qadamdir.
Chuqurlashgan (ichki) darajada (giyohvand shaxsga bevosita qaramlik,
tobelikda boshqaruvchilik yoki hukmronlikni qayta taqsimlash muammolari
bilan ishlashda) aynan ongli jarayonlarga ta’sir o‘tkazish uchun zarur
bo‘lganda, psixoanaliz, geshtalt terapiya va albatta, oilaviy
psixoterapiyaning turli sohalarida ishlab chiqilgan texnika hamda
usullardan foydalaniladi.
Biroq, ichki, chuqurlashgan darajada ishlashga ehtiyot bo‘lish kerak.
Maktab yoki oliy ta’lim muasssasi psixologi asosan tashqi darajada ish olib
borishadi. Inson ruhiyati o‘ta nozik “zarar yetkazma” tamoyiliga amal qilish
lozim. Ichki, chuqurlashgan darjada mijosni yaxshisi psixoterapevtga
yo‘naltirilgani ma’qul. Chunki ong va ong osti hodisalari, o‘ta tushkunlik
(depressiya), ruhiy buzilish, vahimaga tushish kabi vaziyatlar bilan ishlashda
tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan va psixoterapiya bo‘yicha maxsus kurslarni
bitirgan mutaxassis ishlashi lozim. Lekin psixolog-konsultant ham
maslahatning ushbu darajasida juda ko‘p yutuqlarga erishish mumkin.
Psixolog- konsultant ishlatish mumkin bo‘lgan taktika, usullarni yaxshi
o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak.
Ikkita ish taktikasi mavjud:
Birinchisi, kognitiv jihatni mustahkamlashni o‘z ichiga olsa,
ikkinchisi, avvalo, munosabatlarning hissiy, emotsional tomoni bilan,
munosabatlardagi buzilishlarning ongsiz sabablarini qidirish bilan
ishlashga qaratilgan.
Bu yerda psixolog, asosan, bolalarning psixologik rivojlanishi va
ularni tarbiyalashning eng muhim masalalarini, ayniqsa ular bilan ota-ona
munosabatlarini ochib beradi. Shunga ko‘ra, ushbu suhbatni (hech qanday pand nasihatsiz, uzundan uzun ma’ruzasiz) o‘zgargan vaziyatga mos ravishda otaonalarning harakatlarini 
o‘zgartirish dasturini birgalikda ishlab chiqish
bilan yakunlash mumkin (Gaplashishning eng yaxshi usuli nima? Qanday maqtash
kerak? Majburiyatlarni qanday taqsimlash kerak? va boshqalar). O‘z-o‘zidan
ravshanki, ota-ona bilan aniq tushunarli tilda, murakkab atamalar va
sxemalarsiz gaplashish kerak.
Xulq-atvor psixologiyasida ishlab chiqilgan psixotexnika “ota-ona va
bola munosabatlari muammosi”da samarali ish beradi. Masalan, farzandidan
shikoyat qilib, uni deyarli “maxluq”qa aylantirib quygan onani barcha
qoidalarga rioya qilgan holda tinglab, unga o‘z farzandini kun davomida
“kuzatish va keyingi ish uchun ma’lumot to‘plash" bo‘yicha uy vazifasini
beriladi. Onaga bir varaqni ikkiga bo‘linishini va farzandiga qachon, nima
uchun va qanday qilib "mehribonlik ko‘rsatgan, masalan quchoqlab o‘pgan,
bag‘riga bosgan" yoki "tanbeh bergan" (xato ishi uchun)nini diqqat bilan
belgilashini so‘rash mumkin, demak, bir tomonda - "+", boshqa tomonda - "-".
Odatda onalarning sabri bir haftaga yetib bormaydi, ular ajoyib
farzandlari borligi tushunib, farzandi bu holatga qandab chidab
kelganligini hayron bo‘lgan holda aytishadi. Ma’lum bo‘ladiki, kun
davomida ona farzandiga 30-40 martagacha tanbeh bergan (hech qanday sababsiz)
va faqat uch marta maqtagan. Albatta, bu vaziyatda ona uchun boshqa maslahat
kerak emas. Lekin onani ota-ona va bola munosabatlari bo‘yicha treningda
qatnashishga yo‘naltirish maqsadga muvofiqdir. Albatta, bu ideal vaziyat.
Psixolog konsultantning vazifasi hoh ota hoh ona bo‘lsin ularni ana shu
idel vaziyatgacha olib kelishdir.
Oilaviy munosabatlarni qayta tiklash masalasida ish olib borganda
o‘yinlar, psixodrama yoki rollarni modellashtirish usullaridan foydalanish
mumkin.
Ayniqsa, tinmay gapirishni yaxshi ko‘radigan va faqat o‘z fikrlarining
oqimiga g‘arq bo‘ladigan ota-onalar bilan ishlashga to‘g‘ri kelganda bu usullar
juda qo‘l keladi. Ushbu usullar, bir tomondan ota-onani real voqelikka olib
kiradi, turli rollarni sinab ko‘rishga imkoniyat beradi (nafaqat o‘z shaxsiy
rolini balki bola rolini ham ijro qilib ko‘radi). Boshqa tomonidan bu
mojozga vaziyatdan chiqib, muammoga boshqa tomondan qarashga, o‘z xatti
harakatlarini o‘zining va boshqalarning kechinmalarini adekat baholashiga
imkoniyat tug‘diradi, demak o‘z hul-atvorini boshqarishni o‘rganadi
Oila bilan ishlashda qator usullar tizimidan foydalanish, mumkin, bu yerda oilaviy vaziyatni o‘zgartirish uchun ishlatiladigan texnika bilvosita,
bevosita ta’sirlarga asoslanadi.
Shu bilan aytish joizki, mijozlarning psixolog bilan ishlashga
tayyorligi oilaning talabini qondirish va maqsadga erishish uchun muhim
shartlardan biri hisoblanadi. Tanlangan usul va texnikalardan tashqari
aynan mijozning psixolog ishlashga tayyor bo‘lishi uchun psixologning o‘zi
harakat qilishi kerak bo‘ladi. Kelajakda u ijobiy natijalar berishi
mumkin, bu esa oilaviy tizimda o‘zgarishlarga olib keladi, hayot sifatini
yaxshilaydi va oilaviy munosabatlarni uyg‘unlashtirishga olib keladi.
Maslahat berishga kirishishdan avval psixolog birinchi navbatda oila tashkil topishi va oilaviy o‘zaro munosabatlar rivojlanishi umumiy qonuniyaílarini hisobga olib, mijozlarga oqilona va asosli amaliy tavsiyalar berishi uchun mana shu qoidalarni yaxshi bilishi kerak. Bunday turdagi muhim qoidalar quyidagilar hisoblanadi:
1. Birinchidan, oila endigina tashkil topayotgan paytda (bu birinchi navbatda yosh oilalarga taalluqli) bo‘lajak er-xotinlar odatda bir-birlariga hali to‘la obyektiv va beg'araz haqqoniy munosabatda bo‘la olmaydilar. Ular m a’Ium darajada subyektiv boMadilar va bir-birlarini ideallashtiradilar, ustunliklarini oshirib, kamchiliklarini kichraytirib yoki umuman sezmay bir-birlariga munosabatda bo‘ladilar. Mana shu va boshqa bir qator holatlar sababli yosh oilada birmuncha vaqt davomida yosh er-xotinlarning bir-birlarini o'zaro sevishlari paydo boMadi. Bu vaqt o‘tishi bilan his-tuyg‘ular asta pasayishi va odamlaming bir-biriga o'rganib qolishlari bilan bog'liq.
Bundan tashqari birgalikda hayot kechirishda yoshlarfaqat ijobiy boMmagan hayot tajribasiga ega bo‘lib borar ekanlar, birbirlarini faqat yaxshi tomondan bilib bormaydilar. Gap shundaki, ularda haqiqatda mavjud bolgan ijobiy tomonlarini ko‘pini awaldan biladilar, salbiy tomonlarini ular anglab yetmaydilar, yoki erkin namoyon etmaganlar yoki bir-birlaridan yashirganlar.
2. Ko‘pincha er-xotinlar o ‘zaro munosabatlarida vaqtinchalik bir-biridan sovish davri birinchi bolalari tug‘ilgandan keyin. birgalikdagi hayotlari ikkinchi yaki uchinchi yiîidan boshlanadi. Bunga sabab bola tug‘ilgandan keyin ona bolasiga ko‘proq e ’tibor beradi, vaqt sarflaydi, bunda erining e’tiborli bo‘lishiga talabi ortadi. Biroq keyinchalik taxminan bola 3 - 4 yoshga tolganda yuqorida ko‘rsati!gan sabablar bilan yomonlashgan oiladagi ahvol yana yaxshilanadi. Shuning uchun yosh oilalarda psixologik maslahat o‘tkazish paytida ular o‘rtasidagi sodir bo‘layotgan holat — bu yoqmaydigan bo‘lsa ham qonuniy ekanligini, uni faqat nizo kabi tushunmaslik kerakligini uqtirish kerak. Aksincha sabr-toqat, chidam bilan bir-biriga yon bosish, kelishish kerakligini va tezlikda oilada hammasi yana yaxshi bo‘lib ketishini aytiladi.
3. Er-xotinlar ulaming birgalikdagi hayotlari uchun juda m uhim bo‘lgan narsalarda bir-biriga psixologik o ‘xshash odam larbolsalarda, lekin baribir bir-birlaridan farq qiladilar va bu ertami yoki kechmi ular o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni yuzaga keltiradi. Bir masala bo‘yicha oila a ’zolarida turlicha fikrlar mavjud boMishi bu chetlanishdan ko‘ra ko‘proq qonuniy hisoblanadi. Q aram aqarshiliklar ertami-kechmi har qanday oilada yuzaga keladi. M ana shu mazmunda yaxshi oilalar yomon oiladan farq qiladilar. Birinchi yaxshi oilada — er-xotinlar bu qarama-qarshiliklarni tezlikda odatiy holat deb qabul qilishga o‘rganib olishlari, ikkinchidan-yomon oilalar — janjal qilishlari va kelishish yo'lini topa olmasliklari bilan farq qiladilar.
4. Oilaning har bir a’zosi shaxs sifatida uning a ’zosidir. Shu bilan birga mustaqil, hardoim ham oila bilan bog‘liq boMmagan o‘z manfaatlariga ega odamdir. Oila a ’zosi sifatida u m a’lum majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi kerak, biroq mustaqil odam sifatida u oilada ma’lum erkinlikka ega boMishi mumkin va kerak. Yevropa zamonaviy oilalari uchun bir tomondan har bir a ’zoning oila oldidagi huquq va majburiyatlari gokyo bir xilda bo‘lib, ikkinchi tom ondan ushbu oilaning barcha a’zolari bir xilda huquqlarga va majburiyatlar teng hajmiga ega bolishlari odatiy hisoblanadi. Oilaning bir a’zosi va boshqa a’zolari ixtiyoriy roziliklari bilan ular orasidagi majburiyatlarni turlicha taqsimlanishiga yo‘l qo‘yiladi, lekin majburiyatlarni taqsimlash har qanday nohaqlik holatlari yoki oila a’zolaridan birining huquqi chegaralanishi odatda oilada keskinlik keltirib chiqaradi va oxiroqibat uning psixologik yomonlashishiga olib keladi. Psixologik maslahat o‘tkazayotganda psixolog-maslahatchi e’tiborga olishi kerak bo'lgan ba’zi umumiy qoidalarda to‘xtalib o‘tamiz. Masalan, er-xotinlarning o‘zaro munosabatlari bo‘yicha psixologik maslahat o ‘tkazish paytida ularning biri tomonida bo'lish tavsiya etilmaydi, chunki ko‘pchilik hollarda har qanday muammo yuzaga kelishida deyarli har doim unda ishtirok etuvchi odamlaming barchasi aybdor boMadilar. Bu albatta nizo kelib chiqishida ikkala tomonning aybi bir xil boMishini, ularning ikkalasi ham bir xilda javobgar ekanligini anglatmaydi. Bu faqatgina psixologning bir tomonlama harakat qiiishi, er-xotinlarning biri tomonida boMish nizoni yo‘qotishga emas balki, yana keskinlashishiga olib kelishi mumkinligini anglatadi. Nizoning aybdori bo‘lgan er-xotinlarning biri buni tushunishi qiyin bo‘ladi (agarda u tushunganida balki nizo kelib chiqmasdi ham). Boshqacha qilib aytganda, birtomonni aybdor deb hisoblansa, hech qachon nizoni hal qilishga olib kelmaydi. Ushbu qoida ayniqsa, yuzma-yuz ikkala er-xotinning ishtirokida psixologik maslahat oltkazilayotganda juda muhimdir. Agarda maslahat predmeti ancha katta yoshdagi bir-biriga yaxshi tanish bo‘lmagan katta odamlarning turmush qurishlari yoki bir oilaga birlashishlari sababli psixologdan tavsiya va maslahatlar olish bo‘lsa, bunday holatda quyidagi holatlarga e’tibor berish kerak. Birinchi nikohi muvaffaqiyatsiz bolgan odamlarda ko‘pincha moslasha olmaslik deb nomlanuvchi xarakterli xususiyatlari uchraydi. Bunday xususiyatli har qanday odam uchun oilaviy hayotga deyarli moslashish qiyin bo‘ladi. Ikkinchi bor nikohdan o‘tayotgan odam buni yaxshi tushunishi va tan olishi kerak boMadi, aks holda birinchi oilasida mavjud bo‘lgan awalgi muammolari tez orada yana paydo bo'ladi va awalgi oilada bo‘lgani kabi yana falokat yoqasiga olib keladi. Bu haqda psixolog-maslahatchi mijozni ochiq va qattiq ogohlantirishi lozim. Shundan keyin mijoz xohlasa unga faqat o‘z kamchiliklarini anglab yetishgagina emas, balki ularni yo‘qotishga ham yordam beradi. Keyin esa shu kabi yoki boshqacha kamchiliklar bo’lajak turmush o‘rtog‘ida ham uchrashi mumkinligini va bunga ham psixologik tayyor boMish kerakligini aytadi. Er-xotin!arning xarakterlaridagi kamchiliklarni tan olish va ularga chidamü (sabrli) munosabatda bo’lish ikki tomonlama bolishi kerakligini aytib o ‘tish kerak. M ana shu mazmunda qayta turmush qurayotgan odamga xarakteridagi mavjud kamchilikni u tan oîganida va boMajak turmush okrtog*i xarakteridagi kamchilikka rozi bo‘iganidan keyingina turm ush qurishni tavsiya etish mumkin. Bolajak er-xotinlarga ulardan biri mavjud kamchilikni ochiq namoyon eta boshiagan holatlar va vaziyatlarda o ‘zini qanday tutish kerakligini tushuntirish va kerakli amaliy harakatlarga o ‘rgatish zarur, y a’ni oilaviy hayotdagi tasvirlangan murakkab vaziyatda bir-biriga qanday qilib yordam berishlari mumkinligi tushuntiriladi.
Psixolog-maslahatchi tavsiya etgan uslub va vositalar yaxshi o'zlashtirilib olinsa va maslahat paytida turmush qurayotgan ikki tomon ham am al qilsalar yaxshi boladi. Agarda yosh bolmagan bundan tashqari uzoq vaqt alohida bir okzlari yashagan odamlar okzaro nikoh tuzayotgan bolsalar, unda bu odamlarni albatta birgalikdagi hayotlarida uîarda bir-biriga psixologik mos kelmasligi bilan bogliq, birgalikdagi hayot tajribalari yokqligi sababli yuzaga keladigan muammolar to‘g‘risida ogohlantirish zarur. Bunday odamlarga bolajak nikohlari to ‘g‘risida psixologik maslahat berayotganda quyidagilarni tavsiya etish mumkin: Nikoh tuzishdan avval bir-biri bilan odatlari, qarashlari, hayot tarzi bilan mos kelishlari mumkinligini aniqlab olish kerak. Bunday odamlarga psixologik maslahatlar berish masalan quyidagi rcja bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin:
1. Mijozlar o'zlarining qaysi shaxsiy sifatlari bilan mos kelmasliklari yoki mos kelishlarini aniqlash maqsadida ularning mumkin bo‘lgan psixologik mosliklarini aniqlovchi metodika yordamida harbirini alohida psixologik test sinovlaridan oktkazish.
2. Mijozlarning ikkalasi roziligi bilan ularning psixologiyasi bir xilligini, mosligini va bir-biri bilan mos emasligini aytish.
3. Bir-biri bilan haqiqatda psixologik mos kelishi uchun ulardan har biri o ‘z xulqini o‘zgartirishni xohlaydimi va o‘zgartira olishini aniqlash (buni yoMini mijozga psixolog-maslahatchi aytib berishi mumkin).
4. ßo‘lajak er-xotinlarning mos ekanliklarini aniqlovchi ijtimoiypsixologik tajribani bevosita psixologik maslahat xonasida tashkil qilish va o'tkazish. Bu tajribaning natijalarini ularga aytish.
5. Mijozlarga ularning mos kelishlari mumkinligini aniqlashlari mumkin boMgan har qanday savol-javob imkoniyatini berish.
6. Psixologik maslahat yakuniovchi bosqichini o‘tkazish, bunda psixolog-maslahatchi mijozlarga ularning bo'lajak nikohlari muvaffaqiyatli bo'lishi bo'yicha uning kasbiy xulosasini aytadi. Bu masalada psixolog juda odobli bo‘Iishi, shu bilan bir vaqtda izchil, prinsipial va kasbiy halol bo‘lishi kerak. Har qanday bo`lganida ham u er-xotinlarni ogohlantirib qo‘yishi kerak, chunki ular katta odamlar, shuning uchun birgalikdagi hayotlarida shaxsiy munosabatlarida hammasi yaxshi bo’lishi qiyin, ularning shaxsiy psixologiyalari va xulqlari er-xotinlarning har birini qoniqtira oladigan bo‘lib tez o ‘zgarishi mumkin emas. Agarda ular jiddiy qaror qilgan bo‘lsalar, o‘z nikohlari va oilalarini saqlab qolishni xohlasalar, unda albatta bir-birlarini qanday bo‘lsalar shundayligicha qabul qilishlari kerak. Psixologik-pedagogik maslahatda psixolog-maslahatchining o‘zi pedagogik ma’lumti b o ‘lishi va pedagogika nazariyasi va amaliyotini yaxshi bilishi muhimdir. Turli yoshdagi bolalarni o‘qitish va tarbiyalash bo‘yicha shaxsiy tajribasi ham zarur. Lekin bu ham psixologik-pedagogik maslahatlarni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun yetarli emas. Oddiy pedagog, olim psixolog yoki o'qituvchidan farqli ravishda psixolog-maslahatchi mijozning xulqiga ochiqdan ochiq salbiy munosabatni namoyon qilish huquqiga ega emas. Hatto mijoz pedagogik odob va axloq qabul qilingan qoidalarini buzganida ham bu qoidaga amal qilishi zarur.
Psixolog-maslahatchi odob qoidalarini yuqorida muhokama etib, biz u mijozga nisbatan o‘zining salbiy munosabatini namoyon etishga huquqi yo‘qligini aytib o‘tdik. Bu ayniqsa, maslahat so‘rab murojaat etgan o ‘smirlar va ularning ota-onalariga taalluqlidir. Psixolog-maslahatchiga nisbatan ularning munosabatlari har doim ham pedagogik to ‘g‘ri va vazmin bo‘lmaydi. Psixologik-pedagogik masalalar bo‘yicha maslahat berganda psixolog-maslahatchi tavsiyalarini aynan bajarishi kerak bo‘lgan odamlar har doim to‘la va sidqidildan bajarmasliklarini ham hisobga olish zarur. Masalan, ota-onalarga ko‘pincha aslida o ‘z bolalariga tegishli tavsiyalar berishlariga to‘g‘ri keladi, bolalarga esa ko‘proq ularning ota-onalari xulqiga tegishli maslahatlar beriladi (katta bolalarning ota-onalari ularga nisbatan pedagogik noto‘g‘ri xulqlariga m um kin bo‘lgan javobiari). Bu holatni e ’tiborga olish kerak. Psixologga o ‘smirlar o ‘zlari keltirib chiqargan emas, balki ularning atroflaridagi katta odamiar - ota-onalari yoki o‘qituvchilari bilan munosabatlarda yuzaga kelgan muammolar bilan ham murojaat ctishlari mumkin. Bunday holatda faqat bola bilan psixologik maslahatlar o‘tkazishning o ‘zi yuzaga kelgan vaziyatni o‘zgartirishga yordam bermaydi.
Birinchidan, o ‘smir kattalar bilan munosabatlarda psixolog maslahatchi bergan tavsiyalarni chuqur tushunib, qabul qilib va amalga oshiradigan yoshda emas.
Ikkinchidan, yuzaga kelgan nosog‘lom vaziyatni tuzatish bo‘yicha tashabbus ulardan emas, balki boladan kelib chiqqan hollarda o‘zining noto‘g‘ri xulqi bilan o ‘smir bilan munosabatlarda muammo keltirib chiqaradigan katta yoshli odamiar har doim ham o ‘sm ir fikriga e ’tibor berm aydilar. Bu yerda m u a m m o n i muvafTaqiyatli hal etish uchun tizimli yoki kokp yo'nalishli deb ataluvchi psixologik maslahatlar zarur bo‘ladi. Shunday psixologik maslahatlar o'tkazilganda nizoli yoki muammoli vaziyatning barcha ishtirokchilari psixolog tomonidan amaliy tavsiyalar oiadilar va shu bilan birga odatda ularning har biri kim qanday tavsiyalar olganligini biladilar. N atijada ishtirokchilardan har biri o‘zini va boshqaiarni kuzatish bilan bir qatorda boshqalarga olingan tavsiyalarni bajarishga yordam bera oladi. Bu ifoda etilgan qoida psixologik-pedagogik ta ’sir ko‘rsatish obyekti kichik maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar, psixologmaslahatchidan amaliy tavsiyalarni katta odamiar, ota-onalar, o ‘qituvchilar yoki bolani tarbiyalovchilar olayotgan hollaridan tashqari, psixologik-pedagogik masalalar bo‘yicha psixologik maslahatlar o ‘tkazish ko‘p vaziyatlar uchun umumiy bo‘lib qoladi. Psixologik-pedagogik maslahat intim-shaxsiy masalalar bokyicha maslahat kabi kamdan kam hollarda bir marotabalik maslahat sifatida o'tkaziladi, chunki pedagogik jarayon ancha murakkab va olingan tavsiyalar har doim ham darhol istalgan natijalarga olib kelmaydi. Bundan tashqari tavsiyalarni amalga oshirish yo‘lida psixolog bilan maslahat qilinishi kerak bo'lgan ko‘pgina yangi kutilmagan masalalar, muammoli vaziyatlar yuzaga keladi. Xulqini pedagogik qayta yo‘naltirish — bu har doim murakkab, xatolarga olib kelishi mumkin bolgan ish, chunki bu ishda inson ongida joylashib qolgan pedagogik noto‘g‘ri tushunchaga duch kelish mumkin. Endi amaliy masalalar bo'yicha psixologik maslahatlar o‘tkazish xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.
Bu yerda barcha boshqa hollarda bo‘lgani kabi psixologik maslahat paytida psixolog oqilona va samarali tavsiyalar bera olishi uchun mijozga maslahat berayotgan ish bo‘yicha o‘zi ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Agarda psixolog-maslahatchida maslahat berayotgan ishlari bo ‘yicha shaxsiy hayotiy tajribasi bo‘lmasa psixologik maslahat berishga kirishishdan avval mana shu tajribani egallab olishi kerak. Ba’zan albatta bu shartni t o’l a bajarishga erishish qiyin bo‘ladi, chunki bir odamning o'zi barcha kasb va hunarlarni yaxshi bilib olishi m um kin emas Bunday holatda m a’lum ishlar bo'yicha bexabar b o ‘lib qolmaslik uchun psixologmaslahatchiga m ijozdan u qanday kasb bilan shug'ullanishini, uning ish faoliyati va uning m uammolari xususiyatlarini yaxshilab bilib olish tavsiya etiladi. Bu ishni tortinmasdan, uyalmasdan va ochiq, maslahat eng boshidan mijozga uning kasbini psixolog-maslahatchi yaxshi tushunmasligini aytib amalga oshirish kerak, shu sababli darhol maksima! foydali tavsiyalar bera olmasligini tushuntirishi kerak.
Psixolog-maslahatchiga bu ishda maslahat boshida mijozga beradigan quyidagi savollarga javoblar yordam berishi mumkin:
— O 'z ishingiz to kg‘risida umumiy xususiyatlarni aytib bersangiz. — Siz aniq nima ish bilan shugkullanasiz?
— Siz ish bo‘yicha atrofdagi odamîar bilan odatda qanday amaliy aloqalar va munosabatlarda boMasiz?
— O‘z ishingizda yaqin amaliy aloqalarda bo‘lgan odamlar bilan sizning shaxsiy munosabatlaringiz qanday?
— Sizning atrofdagi odamlar ishlari b o ‘yicha amalda, rasmiy va norasmiy qanday bogliqligingiz bor? - Siz kimga bevosita bo‘ysunasiz?
- Kimlar sizga shaxsan bo‘ysunadi?
— Odamlarga ta ’sir ko‘rsatishda sizning qanday xizmat, rasmiy va norasmiy imkoniyatlaringiz bor?
— Ish bo‘yicha hamkasblaringiz sizga qanday ta’sir ko‘rsata oladilar?
Sizning mehnat jamoangizda anchadan beri yuzaga kelgan va qattiq yoki birmuncha amal qiünadigan qandaydirxulq qoidalari mavjudmi? - Agarda shunday qoidalar bo‘lsa ular nimalardan iborat va ularga kimlar ayniqsa, qattiq ama! qiladilar? Amaliy masiahat o‘tkazish uchun amaliy ish vaziyati juda mos keladi. Unda psixolog-maslahatchi mijoz bilan ishlarni samarali olib boradi va ularo‘rtasida amaliy xususiyatli o‘zaro munosabatlar bo‘ladi. Bu xususan quyidagilarni anglatadi: Birinchidan, mana shunday maslahatni mijozning bevosita ish joyida va u uchun odatiy ish sharoitlarida o ‘tkazilgani juda yaxshi bo ‘ladi. Shunda psixolog-m aslahatchidan oigan tavsiyalarni tushunishi oson boMadi. Shu yerda va hozir tamoyilini am alda bajarish oson bo‘ladi. Maslahatchining o ‘ziga esa mijoz bilan odatiy ish muhitida birga bo‘lish mijozni qiynayotgan muammo mohiyatini yaxshiroq tushunib olishga va uni hal etishning to ‘g‘ri yo‘lini topishga yordam beradi. Ikkinchidan, amaliy masiahat o ‘tkazish tajribasida psixolog maslahatchining o‘zi o‘zini ishbilarmon odam kabi tutishi kerak. Shunda mijoz uning shaxsiy namunasidan ko‘p narsalami o‘rganib oladi. Uchinchidan, psixolog-maslahatchining ishbilarmonlik xulqi albatta mijozning unga ishonchini kuchaytiradi, u ham ishbilarmon odam va boshqalardagi bunday sifatni qadrlaydi. Nihoyat to ‘rtinchidan, psixologik masiahat o ‘tkazishga am aliy yondoshish, masiahat berishni boshlashdan awal mijoz bilan uning shartlari: vaqtijoyi, kutiladigan natijalar, narxi vaboshqalar kelishib olinishi kerak.



Yüklə 116,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin