O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM , FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI
M-12-23 magistratura bosqichi talabasi: Tajiboyev Asqatning Oilaviy munosabatlar psixologiyasi fanidan 1-MUSTAQIL ISHI
Bajardi: magistratura bosqichi talabasi Tajiboyev A .A Qabul qildi:psixologiya fanlari falsafa doktori (PhD) Norbekova B.Sh
Jizzax-2023 MAVZU:Oilaviy psixokonsultatsiyaning asosiy yo’nalishlari Reja: Konsultativ psixologiya psixologik xizmatning yirik yo’nalish psixologik maslahatni tadqiq etuvchi zamonaviy fan yo’nalishi sifatida
Konsultativ psixologiya vazifalari,
Oilaviy psixologik konsultatsiya va uning usullari
Mavzuning o`quv maqsadi: talabalarni оilaviy psixologik maslahatning turli ko`rinishlarida psixolog-konsultant faoliyatining algoritmi bilan tanishtirish.
Tayanch tushunchalar: Konsultatsiya ,oiladagi o`zaro munosabatlar, terapevt, patsient, nikoh,Oilaviy maslahat turi: “ota-ona-bola”. Er xotinga maslahat, “katta bolalar keksa ota-onalar”, oilaviy nizo turlari
Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya psixologik konsultatsiya jarayonining qonuniyatlarini o’rganadigan zamonaviy fandir. Konsultatsiya lotincha “consultare” so’zidan olingan bo’lib, “maslahat bermoq”, “g’amxo’rlik qilmoq” ma’nolarini anglatadi. Shunga ko’ra konsultatsiyaga o’zbek tilidagi maslahat so’zi ma’nodosh bo’la oladi. Konsultativ psixologiya fanining vujudga kelishi XX asrning o’rtalariga to’g’ri keladi. Bu jarayon bevosita Djeyms Byujental 1987-yil “Psixoterapevt san’ati” kitobini g’arbda nashr qilishi bilan bog’liq. Ushbu asar 2001-yil Rossiyada chop etilgan.
Konsultativ psixologiya klinik jihatdan og’ishga ega bo’lmagan odamlarga psixologik yordam ko’rsatish maqsadida vujudga kelgan amaliy psixologiya tarmog’idir. H. Burkus va B. Steffire (1979) psixologik konsultatsiya jarayoniga quyidagi ta’rifni beradi: “Konsultatsiya-patsient bilan psixologning professional munosabatidir”. Psixologik konsultatsiyaning maqsadi patsientga hayot yo’lida yuzaga kelgan emotsional va shaxslararo xarakterdagi muammolarni yengishga ko’maklashishdan iborat. Psixolog olimlar George va Cristiani 1990-yil konsultativ psixologiyaning asosiy maqsadini ajratib berdi.Ular quyidagilar:
Patsient xulq atvorini o’zgartirish natijasida undagi ijtimoiy chegaralanishni bartaraf etish hamda samaraliroq hayot tarzida yashashini ta’minlash.
Mijozda hayotiy qiyinchiliklarni yengib o’tish uchun yangi layoqatlarni shakllantirish.
Samarali qaror qabul qilish malakasini shakllantirish.
Patsientda shaxslararo qiyinchiliklarda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish.
Mijozni shaxs sifatida takomillashish, o’z patensialini namoyon qilishga erishtirishdan iborat.