O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti


Vijdon va diniy e’tiqod erkinligining mazmun va mohiyati



Yüklə 64,11 Kb.
səhifə3/7
tarix05.05.2023
ölçüsü64,11 Kb.
#108292
1   2   3   4   5   6   7
0987 (2)

2. Vijdon va diniy e’tiqod erkinligining mazmun va mohiyati.
Vijdon erkinligi - ijtimoiy-falsafiy tushuncha; har kimning oʻz eʼtiqodiga koʻra, mazkur jamiyatda mavjud ijtimoiy meʼyorlarni buzmagan holda vijdoni buyurgani boʻyicha yashash, ishlash imkoniyatiga ega. Bunda dinga munosabat masalaning bir tomoni hisoblanadi. Siyosiy jihatdan Vijdon erkinligiga demokratiya koʻrinishlaridan biri sifatida qaraladi. Yuridik nuqtai nazardan Vijdon erkinligi insonning asosiy shaxsiy huquqlari sirasiga kiradi va demokratik erkinliklardan biri hisoblanadi. Oʻzbekistonda u Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida"gi qonunda (1991 yil 14 iyunda qabul qilingan, 1998- yil 1- mayda yangi tahriri tasdiqlangan) nazarda tutilgan. Konstitutsiyaga koʻra, "hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega" (31-modda). Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi boʻyicha, diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ayni vaqtda yangi tahrirdagi "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida"gi qonunga koʻra, dinga munosabatidan qatʼi nazar fuqarolarning tengligi taʼminlanadi (4-modda). Ushbu qonunda taʼkidlanishicha, hech bir dinga yoki diniy eʼtiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Qonun muayyan yoshga yetgan fuqarolarning oʻz diniy ehtiyojlarini qondirish uchun diniy tashkilot tuzish, oliy va oʻrta diniy oʻquv yurtlarida taʼlim olish tartib-qoidalarini ham belgilab bergan. Ayni vaqtda dindan davlat va Konstitutsiyaga qarshi targʻibot olib borishda, millatlararo adovat uygʻotishda, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalarni tarqatishda, aholi oʻrtasida vahima chiqarishda hamda davlat, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa gʻarazli maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi (5-modda).
Diniy e’tiqod - insonning bo’lgan munosabatini belgilashda qo’llaniladigan tushuncha. Diniy e’tiqod erkinligi O’zbekiston Respublkikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida mustahkamlangan. Unda quyidagi qoida bayon etilgan: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirish yo’l qo’yilmaydi». Shuningdek, 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan, 1998-yil 1-mayda o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritilib, yangi tahriri tasdiqlangan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonunda ushbu konstitutsiyaviy qoida rivojlantirilgan. Chunonchi, Qonunning 5-moddasida shunday deyiladi: “O’zbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan. Hech bir dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo’l qo’yilmaydi”. Shuningdek Qonunning 3-moddasida “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda vijdon erkinligi va diniy e’tiqod erkinligi huquqidan foydalanadilar hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun qonunda belgilangan tarzda javobgar bo’ladilar”,- deyilgan.



Yüklə 64,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin