O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti


O`zbekiston Respublikasida din va diniy tashkilotlar



Yüklə 64,11 Kb.
səhifə2/7
tarix05.05.2023
ölçüsü64,11 Kb.
#108292
1   2   3   4   5   6   7
0987 (2)

1.O`zbekiston Respublikasida din va diniy tashkilotlar.
Bizga ma’lumki, diniy birlashmalar faoliyatini tartibga solish masalasi davlat uchun muhim ahamiyatga ega. Turli dinlarga mansub diniy muassasalarning davlat hokimiyati va boshqalarga mansub bo’lganlarni ta’qib qilish, hattoki o’tgan yillar davomida dinni butunlay yo’q qilishga urinish holatlari ham tarixdan barchaga ma’lum. Diniy birlashmalarning maqomini davlat huquqiy siyosatining ajralmas elementi sifatida huquqiy tartibga solishni yanada rivojlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish o’zini keng qamrovliligi va shiddati bo’yicha milliy tarixda misli ko’rilmagan konstitutsiyaviy islohotlarni boshidan kechirayotgan, vijdon erkinligi huquqini va davlatning dunyoviyligi e’lon qilgan davlat oldida turgan birlamchi vazifalardan biridir. Dinlar xilma-xilligi bo’yicha boy tarixiy tajribaga ega O‘zbekistonda bugungi kunda davlat va diniy birlashmalar o‘rtasidagi munosabatlar barqaror holatga erishilgan. Bugunga kelib diniy tashkilotlar faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik normalari yaratilgan bo’lib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun bu borada asosiy va birlamchi qonunlardir. O‘zbekiston dunyoviy davlat bo’lib, mamlaktimizda din davlatdan alohida bo‘lib, bu haqda mamlakatimiz Konstitutsiyasining 61-moddasida shunday deyiladi: “Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi” 1. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunning 2 7-moddasida ham shu norma mustahkamlangan bo‘lib, unda ham dinning davlatdan ajratilganligi, hech bir dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo‘yilgan. Bu esa mamlakatimizda davlatning diniy ishlarga, dinning esa davlat ishlariga aralashmasligini anglatadi. (Qonun hujjatlarida ko’rsatilgan holatlar bundan mustasno, albatta). Buning zamirida davlat tomonidan turli dinlarga e’tiqod qiluvchi va dinga e’tiqod qilmaydigan fuqarolar, shu kabi tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashishi, ular o‘rtasida vujudga kelishi mumkin.
“Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar” nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya bo‘lgan qarama-qarshilik va keskinliklarning oldini olishi, diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab-quvvatlashi, diniy tashkilotlar zimmasiga davlat o‘zining hech qanday vazifasini bajarishni yuklamasligi, ularning qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan faoliyatiga aralashmasligi kabilar yotadi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga e’tiqod qilish, ibodat, rasmrusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan ko‘ngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy o‘quv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqalar) diniy tashkilotlar 3 deb aytiladi. Diniy tashkilot O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan yuz nafardan kam bo‘lmagan fuqarolari tashabbusi bilan tuziladi. Tegishli konfessiyaga qarashli diniy tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va yo‘naltirib borish uchun ularning O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha yagona markaziy boshqaruv organlari tuzilishi mumkin. Markaziy boshqaruv organi O‘zbekiston Respublikasining kamida sakkizta hududiy tuzilmasida (viloyatlar, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi) faoliyat ko’rsatayotgan, tegishli konfessiyalarning ro‘yxatga olingan diniy tashkilotlari vakillari ta’sis yig‘ilishi (konferensiyasi) tomonidan tuziladi. Diniy tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida yoki uning joylardagi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin yuridik shaxs maqomiga ega bo’ladi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin. Tegishli diniy ma’lumotga ega bo’lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari diniy tashkilotlarning rahbarlari bo’lishlari mumkin. Diniy tashkilotlar rahbarligiga O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo’lmagan shaxslarning nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita bilan kelishib olinadi. Davlat organlari bilan diniy tashkilotlarning o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtirish hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita zimmasiga yuklanadi. Qo‘mitaning huquqiy maqomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizom bilan belgilanadi. O‘zbekiston dinlararo va millatlararo totuvlik sohasida to‘liq namuna bo’layotgan davlatdir. Sobiq Ittifoq parchalanganidan so‘ng Markaziy Osiyoning rivojlanish tajribasi O‘zbekiston misolida ko’p millatli jamiyatda nafaqat “Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar” nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya dinlararo totuvlikka erishish, balki polikonfessionalizm ham muhim rol o‘ynashi mumkinligini qat’iy isbotladi. Bugun O‘zbekistonning diniy hayoti ma’naviy jihatdan boy. Respublikamiz hududida 16 ta turli konfessiyaga mansub 2238 ta diniy tashkilot o‘z diniy faoliyatini amalga oshirmoqda. Mamlakat aholisining 94% dan ortig‘i islom diniga e’tiqod qilishidan kelib chiqqan holda, tashkilotlarning ko’pchiligi – 2064 tasi islom, 157 tasi nasroniy, 8 ta yahudiy, 6 ta bahay jamoasi, 1 ta buddistlar ibodatxonasi, 1 ta Xare Krishna jamiyati mavjud. Shuningdek, O‘zbekiston konfessiyalararo Injil jamiyati ham mavjud. O‘zbekistonda diniy hayot uchta tushuncha bilan tavsiflanadi, ularga erishish davlatning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi: – diniy plyuralizm - har bir shaxsning o‘z e’tiqodi bor; – diniy bag‘rikenglik - fuqarolarning boshqa e’tiqodli shaxslarga nisbatan o‘zaro hurmati va tinchliksevarligi; – konfessiyalararo muloqot- mamlakatda faoliyat yuritayotgan konfessiyalar o‘rtasidagi samarali munosabatlardir. Bugungi kunda barcha diniy konfessiya vakillariga o‘z diniy e’tiqodlarini erkin va to‘siqsiz bajarishlari uchun barcha sharoit yaratilgan. Fuqarolarning huquqlari to‘liq ta’minlangan, unga ko‘ra ular mustaqil yuridik shaxs sifatida o‘z diniy tashkilotlarini tashkil etish, diniy kadrlar tayyorlash va o‘z ehtiyojlari uchun diniy adabiyotlarni nashr etish, diniy bayramlarini nishonlash, shuningdek, muqaddas joylarga ziyorat qilish imkoniyatiga ega. Milliy qonunchilik bilan kafolatlangan e’tiqod erkinligi barcha fuqarolar — 136 millat va elat vakillarining diniy ehtiyojlarini qondirish uchun barcha zarur shartsharoitlarni yaratib berdi. Respublikada diniy ma’rifiy faoliyatni Toshkent islom instituti, to‘qqizta o’rta maxsus islom o‘quv yurti (madrasa), Toshkent pravoslav seminariyasi va Toshkent nasroniy seminariyasi olib boradi. Ularning talabalari diniy fanlar bilan bir qatorda dunyoviy fanlar bilan bir qatorda xorijiy tillarni ham o‘rganadilar. 1999-yilda Prezidentimiz farmoni bilan Toshkent islom universiteti tashkil etildi. 2018 yilning 16 aprelida Toshkent islom universiteti va O‘zbekiston islom akademiyasi negizida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi. Davlatimiz tomonidan ziyoratni tashkil etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Mustaqillikning ilk yillaridan buyon O‘zbekistonning 103 mingdan ortiq musulmonlari Haj, 80 mingdan ortiq umra, 2 mingga yaqin nasroniylar Isroil, Rossiya va Gretsiyaga haj ziyoratiga borish imkoniga ega bo‘ldi. 29 «Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya Yuzlab masjidlar, cherkovlar va ibodatxonalar, jumladan, Toshkent, Samarqand va Navoiydagi pravoslav cherkovlari, Toshkentdagi katolik cherkovi, Samarqanddagi arman cherkovi qurildi va qayta tiklandi. Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 15 ta obekt – diniy majmualar, ziyoratgohlar va qabrlar musulmonlar idorasi tasarrufiga o‘tkazildi. O‘nlab masjid va pravoslav cherkovlari, Toshkentdagi (1992) va Samarqanddagi (1997) katolik cherkovlari, Toshkentdagi lyuteran cherkovi (1993), Samarqanddagi arman cherkovi (1992) dindorlarga qaytarildi. O‘zbekiston rahbariyatining milliy va diniy sohalarda olib borayotgan siyosati 1948-yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va inson huquqlarini ta’minlashga qaratilgan boshqa xalqaro hujjatlarga to‘liq mos kelishini qat’iy aytishimiz mumkin. O‘zbekistan Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunida ta’kidlanganidek, O‘zbekistan Respublikasi fuqarolarining dinga e’tiqod qilish, ibodat, rasm-rusum va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan ko‘ngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy o‘quv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, va b.) diniy tashkilotlarlar deb e’tirof etiladi. Tegishli ustav (nizom) asosida faoliyat yurituvchi respublika diniy uyushmalari O‘zbekistan Respublikasining Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olinadi. Viloyat, tuman va shahar, shaharcha va qishloq hududida bo‘lgan Diniy tashkilotlar tegishli viloyatlar, shuningdek, Toshkent shahar hokimligi adliya boshqarmalari tomonidan ro‘yxatga olinadi. Diniy tashkilot ro‘yxatga olingandan so‘ng u yuridik shaxsga aylanadi. Diniy tashkilot yuridik shaxs sifatida qonunlarga va o‘z nizomiga muvofiq holda huquqlardan foydalanadi hamda majburiyatlarni o‘taydi. Diniy tashkilot rahbarining tashkilot ustavini ro‘yxatdan o‘tkazishdan bo’yin tovlashi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka olib keladi. Ro‘yxatdan o‘tmagan Diniy tashkilotlarning faoliyat ko’rsatishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar qonun xujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. Diniy tashkilotlar faoliyati ikki holda: ular o‘z nizomlariga muvofiq tugatilganda va “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g’risida”gi Qonun4 qoidalari yoki boshqa qonun hujjatlariga rioya qilinmaganda to‘xtatiladi. Diniy tashkilot faoliyatini to‘xtatish haqidagi qaror O‘zbekistan Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligining adliya boshqarmalari tomonidan qabul qilinadi. Diniy tashkilotlar qabul qilingan qaror ustidan xalq sudiga shikoyat qilish huquqiga ega, shikoyat fuqarolik ishlarini yurituvchi sud tomonidan ko’rib chiqiladi. 30 “Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar” nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, inson va fuqarolarning vijdon erkinligi huquqini amalga oshirishlarida diniy tashkilotlarning muhim o‘rni bor. Davlat bilan din o‘rtasidagi munosabatlarda subekt sifatida bir tomondan e’tiqod qiluvchilar, ya’ni fuqarolar, ikkinchi tomondan davlat va uchinchi tomondan diniy tashkilotlar qatnashadi. O‘zbekiston dunyoviy xarakterdagi davlat va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan bo‘lishiga qaramay, ularni jamiyatdan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu sababli davlat diniy tashkilotlarning qonuniy faoliyatini qo‘llab quvvatlaydi, jamiyatning ma’naviy qadriyatlarini tiklanishi va rivojlanishida diniy tashkilotlar ko‘magiga tayanadi, ya’ni O‘zbekistonda din davlatdan ajratilgan bo’lsada, jamiyatning ajralmas bo‘lagi hisoblanadi. Bugungi kunda din bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi fuqarolar va davlatning o‘rni va ahamiyati birmuncha oydin bo‘lsa-da, diniy tashkilotlar haqida, ularning maqomi va vazifalari, faoliyati haqida ma’lumotga ega bo‘lish vijdon erkinligi sohasidagi bilim va ko‘nikmalarning yanada ortishiga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunining 8-moddasi diniy tashkilotlarga bag‘ishlangan bo‘lib, unda aytilishicha, “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga e’tiqod qilish, ibodat, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan ko‘ngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy o‘quv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqalar) diniy tashkilotlar deb e’tirof etiladi”5. Diniy tashkilotga berilgan bu kabi ta’rif boshqa davlatlar qonunchiligida ham uchraydi. Jumladan, Armaniston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunida «Diniy tashkilot – bu fuqarolarning dinga e’tiqod qilish, ibodat, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan ko‘ngilli birlashmalari (cherkovlar, diniy jamiyatlar, eparxiyalar, monastirlar, diniy kongregatsiyalar, diniy o‘quv yurtlari, nashriyotlar) dir”, - deya ta’rif berilgan. Rossiya Federatsiyasining “Vijdon erkinligi va diniy birlashmalar to‘g‘risida”gi federal Qonunining 8-moddasi 1-bandida: “Rossiya Federatsiyasi fuqarolari, Rossiya Federatsiyasi hududida doimiy va qonuniy asoslarda istiqomat qiladigan boshqa shaxslarning dinga birgalikda e’tiqod qilish va tarqatish maqsadlarida tuzilgan va yuridik shaxs sifatida qonun bilan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan ko‘ngilli birlashmalari” 6, diniy tashkilot deb e’tirof etiladi. Demak, diniy tashkilot tushunchasiga berilgan ta’riflar o‘rtasida mushtarak jihatlar mavjud. Umuman olib qaraganda diniy tashkilot inson va fuqarolarning 31 «Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya vijdon erkinligi huquqini amalga oshirishlariga ko‘maklashuvchi notijorat ko‘ngilli tashkilot hisoblanadi. Mamlakatimizda faoliyat yuritadigan barcha diniy tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonuniga va amaldagi boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan tashkil etiladi va faoliyat ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonuniga asosan diniy tashkilotlar faoliyati fuqarolarning dinga e’tiqod qilish, ibodat qilish, diniy rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etishlariga ko‘maklashishni maqsad qiladi. Qonunchilikda diniy tashkilotlarning bir necha turlari e’tirof etiladi. Unga ko‘ra, diniy jamiyatlar, diniy o‘quv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqa tashkilotlarga diniy tashkilot maqomi beriladi. Diniy tashkilot huquqiy jihatdan e’tirof etilishi uchun, avvalo, u qonuniy asoslarga ega bo‘lishi lozim. Respublikamizda tuziladigan diniy tashkilotlar ustav (nizom)i O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki uning joylardagi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lib, qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z faoliyatini olib borishi mumkin. Respublikamizning «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risdagi» Qonuni va «O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida» Vazirlar Mahkamasi qarori asosida diniy tashkilot tuzish uchun to‘rtta muhim shartga amal qilish kerak. Unga ko‘ra diniy tashkilot tuzish uchun tashabbuskorlar 18 yoshga to‘lgan bo‘lishlari lozim. Bu holat deyarli barcha davlatlarning qonunchiligida mustahkamlangan qoida bo‘lib, shaxs 18 yoshga to‘lgach o‘z xatti-harakatining mazmun-mohiyatini to‘liq anglab etadi va sudda da’vogar va javobgar bo‘lish huquqiga ega bo‘ladi. O‘zbekistonda muqim yashayotgan bo‘lishlari lozim. Diniy tashkilotda o‘tkaziladigan ibodat va rasm-rusmlar asosan shu hududda muqim yashovchi insonlarga mo‘ljallanadi. Bundan tashqari xorijda yashovchi insonning boshqa mamlakatda tashkil etiladigan diniy tashkilotni tuzishdan ko‘zlangan maqsadi har doim ham ezgu bo‘lavermaydi. Bunga yaqin o‘tmishimizda ayrim diniy ekstremistik oqimlar tomonidan sodir etilgan jinoiy xatti-harakatlar misolida ham ko‘rish mumkin. O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lishlari mamlakatimizdagi diniy tashkilotlar shaxsning millati, dinidan qat’i nazar faqat O‘zbekiston xalqi tomonidan tuzilishi mumkin ekanini anglatadi. Lekin diniy tashkilotga a’zo bo‘lishda shaxsning biror davlatning fuqarosi bo‘lish-bo‘lmasligining unchalik ahamiyati yo‘q. Chunki, “Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar” nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya diniy tashkilotga a’zo bo‘lish vijdon erkinligining tarkibiy qismi bo‘lib, har bir shaxs bu huquqdan foydalanishga haqlidir. Respublikamizning dastlabki tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risdagi” Qonunining 13-moddasida diniy tashkilot kamida o‘n kishidan iborat o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolar tashabbusi bilan tuzilishi qayd etilgan edi. Diniy tashkilotlar jamoat birlashmalaridan ayrim jihatlarda farq qiladi va mas’uliyati ham kattaroq. Shu bilan birga qonunchilikda belgilangan qoidalar jamiyat rivoji va zamon talabi bilan o‘zgarishi muqarrar. Dunyo davlatlarining vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchiligiga e’tibor qaratilsa, diniy tashkilot tuzish uchun zarur bo‘lgan tashabbuskorlarga qo‘yilgan minimal miqdor turlicha ekanini ko‘rish mumkin. Jumladan, Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘istonda 10 nafar, Polsha, Litvada 15, Latviyada 25, Vengriyada 100, Armaniston va Qirg‘izistonda 200, Chexiyada 300, Turkmanistonda 500 nafardan iborat fuqarolar tashabbusi bilangina diniy tashkilot tuziladi. Bu esa, diniy tashkilot tuzish borasidagi qoidalar har bir davlatning o‘z shart-sharoitidan kelib chiqqan holda belgilanishini ko‘rsatadi. Diniy tashkilot tuzilib, ustav (nizom)i qabul qilingach, u bir oylik muddatda Adliya vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. “O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Qaror asosida diniy tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tish uchun tegishli hujjatlarni adliya organlariga taqdim etadilar. Taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar tuzilgan diniy tashkilotning qonuniyligini o‘rganishga xizmat qiladi. Adliya organlari bir oylik muddatda ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqadi va tashkilot ustavini ro‘yxatdan o‘tkazish, ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish yoki arizani inobatsiz qoldirish haqidagi qarorni qabul qiladi. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risdagi” Qonunga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tgan va tegishli konfessiyaga qarashli diniy tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va yo‘naltirib borish uchun ularning O‘zbekiston bo‘yicha yagona markaziy boshqaruv organlari tuzilishi mumkin. Markaziy boshqaruv organi Respublikaning kamida sakkizta hududiy tuzilmasida (viloyat, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi) faoliyat ko‘rsatayotgan, tegishli konfessiyalarning diniy tashkilotlari vakillari ta’sis yig‘ilishi tomonidan tuziladi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, Markaziy boshqaruv organining asosiy vazifasi o‘z konfessiyasiga tegishli bir nechta diniy tashkilotlarning faoliyatini, dinga e’tiqod qilish, ibodat qilish, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish, diniy “Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar” nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya ta’lim berish, dinni targ‘ib etish borasidagi maqsad va vazifalarini, harakat dasturlarini muvofiqlashtirish va yo‘naltirib borishdan iborat. Respublikamizda davlat organlari bilan diniy tashkilotlarning o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtirish hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish vazifasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita zimmasiga yuklangan. Qo‘mita har bir shaxsning vijdon va diniy e’tiqod erkinligi huquqi, fuqarolarning dinga bo‘lgan munosabatidan qat’i nazar tengligini ta’minlash, shuningdek diniy tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vazifalarni hal etish vakolati berilgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. U mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq diniy masalalarni hal qilishda yagona siyosatni amalga oshiradi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Adliya organlaridan rasman ro‘yxatdan o‘tgan 16 ta diniy konfessiya (Islom, Rus pravoslav cherkovi, Rim-katolik cherkovi, Nemislyuteran cherkovi, Arman-apostol cherkovi, To‘liq injil xristianlari, Evangelxristian baptistlar cherkovi, Novoapostol cherkovi, Yettinchi kun adventistlari, “Golos bojiy”, Iyegovo shohidlari, Koreys protestant cherkovlari, Yahudiylik, Bahoiylik, Krishnani anglash jamiyati, Buddaviylik) faoliyat olib bormoqda. Ularning jamiyat hayotida birdek ishtirok etishlari uchun zarur imkoniyatlar yaratib berilgan. Diniy tashkilotlarni vijdon erkinligini ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyatini hisobga olib davlat tomonidan ularga bir qator imtiyozlar ham belgilangan. Jumladan, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning 16- moddasida diniy tashkilotlar muayyan miqdorda davlat mulkidan foydalanishlari mumkin ekani ko‘rsatilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni7ning 27- moddasiga muvofiq tarixiy va madaniy yodgorliklar ob’yektlari va buyumlar diniy tashkilotlarga tekin foydalanish shartnomasi shartlarida berib qo‘yilishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining “Din sohasidagi ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim ishlarini va faoliyatni takomillashtirishda ijtimoiy ko‘mak va imtiyozlar berish to‘g‘risida”gi Qarorini bir so‘z bilan diniy tashkilotlarga nisbatan belgilangan sanatsiya deb atash mumkin. Chunki, bu Qaror diniy tashkilotlarga “Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar” nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya kommunal xizmatlar uchun olinadigan to‘lovlarni yuridik shaxs sifatida emas, balki jismoniy shaxslardan olinadigan miqdorda to‘lash huquqini berdi. Kommunal xizmat to‘lovlaridagi farq tufayli yuzaga kelgan tushumlar va ziyoratgohlardan tushadigan xayriya mablag‘larini O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi masjidlarni ta’mirlash, diniy ta’lim muassasalarining o‘quv va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘qituvchi-mudarris va imomxatiblarning mehnatini rag‘batlantirish ishlariga sarflash belgilab qo‘yildi. Diniy tashkilotlarga hukumat darajasida bu kabi ijtimoiy yordamlarning berilishini ham davlatning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy konfessiyalarni rivojlanishiga qaratilgan chora-tadbirlarining amaliy ifodasi sifatida baholash mumkin. Shunday qilib, O‘zbekistonda barcha shaxslarning vijdon va e’tiqod erkinligi huquqini ta’minlashga xizmat qiluvchi diniy tashkilotlarning hech bir to‘siqlarsiz, qonunda belgilangan tartib va asoslarda faoliyat olib borishlari uchun tegishli huquqiy asos va tashkiliy shakllar ta’minlangan. Bu holat davlatimizning dunyoviy demokratik davlat sifatida rivojlanayotgani hamda diniy bag‘rikenglik tamoyillariga sodiq ekanini ko‘rsatadi.

Yüklə 64,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin