4
MUNDARIJA
KIRISH …………………………………………………………
4
1.
Mustaqil ishlarning asosiy maqsadi va vazifalari .............
4
2.
Asosiy qism .................................................................................
5
Mustaqil ishni tashkil etish shakli va mazmuni ...................
5
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari …………
6
3.
Mustaqil ishni bajrish uchun talabaga beriladigan tavsiyalar
6
4.
Talabaga «Qurilishda metrologiya, standartlashtirish va sifat
nazorati » mavzusi bo‘yicha beriladigan nazorat savollari
8
5.
Mustaqil ishlarni bajarishda foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati 9
6.
Ilova. Talabalar uchun «Qurilishda metrologiya, standartlashtirish
va sifat nazorati » fanidan mustaqil ta’lim uchun test mavzular
variantlari.
10
KIRISH
O‘qitish jaryonida ta’lim berish sifatini ko‘tarish ishlaridan biri fanlarni o‘zlashtirish
uchun mustaqil ta’limni tashkil qilish va uni sifatli o‘tkazishdan iboratdir. Buning
sababi xozirgi kunda talabaning mustaqil ta’limiga va uni ijodiy ishlashiga,
(faoliyatiga), o‘quv jarayonining asosiy bir tarkibiy qismi deb qaraladi. Oxirgi
takomillashtirilgan va tasdiqlangan o‘quv rejalarida o‘qitishning mustaqil ta’lim
qismiga katta ahamiyat berilayotganligini inobatga olish maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
Ushbu uslubiy ko‘rsatma “Qurilishda metrologiya, standartlashtirish va sifat
nazorati” fanidan mustaqil ishlarini bajarish uchun mo‘ljallangan bo‘lib,
60730800-"Yo’l muhandisligi" bakalavriat ta’lim yo‘nalishidagi talabalar
frydalanishi mumkin.
1. Mustaqil ishlarning asosiy maqsadi va vazifalari.
Mustaqil ishlarning asosiy maqsadi yuqorida qayd etilgan yo‘nalish bo‘yicha
ta’lim olayotgan talabalarning fanni o‘rganishda olingan bilimni qo‘shimcha mustaqil
ishlarga kiritilgan mavzular bilan mustahkamlash. Bunga erishish uchun talaba
o‘qituvchi bergan mavzuni tavsiya etilgan adabiyotdan mustaqil o‘rganadi va referat
tayyorlaydi. Buning natijasida talabada adabiyot bilan ishlash malakasi oshadi va
mustaqil fikrlash ko‘nikmasi hosil bo‘ladi.
Maqsaddan kelib chiqqan holda uning vazifasi quyidagilardan iborat:
- fan dasturi bo‘yicha to‘liq tasavvurga ega bo‘lish;
-yangi va darslarda olinmagan, berilmagan bilimlarni va ko‘nikmalarni
mustaqil o‘rganish va o‘zlashtirish;
-ilmiy-uslubiy, internet ma’lumotlarini izlab topish va ishlatish, taxlillash
metodikasini o‘zlashtirish;
-ilmiy adabiyot va internetdan olingan ma’lumotlar bilan ishlash, ularni
izlab topish;
-olingan ma’lumotlardan samarali foydalanish;
-to‘plangan ma’lumotlarga asoslanib ratsional echimlarni belgilash;
-ishlab chiqilgan echim va loyihalarni asoslash va himoya qilish va
boshqalar kiradi.
|