O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo‘limi iqtisodiyot yo‘nalishi


-chizma. Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomoni



Yüklə 73,35 Kb.
səhifə5/12
tarix16.12.2023
ölçüsü73,35 Kb.
#183275
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan-fayllar.org

3-chizma. Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomoni.
Shuni ta’kidlash lozimki, naflilikni yaratishda ka’ital to’liq qatnashadi, qiymatni tashkil to’ishida esa qisman-qisman, ya’ni uni eskirgan qismi qatnashadi. Bu ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan ayrim tabiiy kuchlar qiymatga ega emas, shuning uchun ular tovarning iste’mol qiymatini hosil qilishda omil sifatida qatnashadi, lekin qiymatning tashkil to’ishida, uning ko’’ayishida qatnashmaydi. Demak, ishlab chiqarilgan tovarlarning nafliligini yaratishda har uchala omil: er, ka’ital, ishchi kuchi qatnashadi, qiymatni tashkil to’ishida esa mehnatning o’zi qatnashadi. Bu holat 4-chizmada tushunarliroq tasvirlangan.

4-chizma. Tovar va xizmatlar nafliligi va qiymatining yaratilishida ishlab chiqarish omillarining roli.
Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama tabiati uning natijalarining ham ikki tomoni borligini ko’rsatadi.

3. Ishlab chiqarishning umumiy va ‘irovard natijalari.
Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida Rossiyada keyingi (2004-2005) yillarda nashr etilgan qator yangi adabiyotlarda, jumladan: V.Ya.Ioxin, E.F.Borisov tomonidan yozilgan, shuningdek D.D.Moskvin, A.G.Gryaznova va T.V.Chechelovalar rahbarligida mualliflar guruhi tomonidan yozilib, nashr qilingan iqtisodiyot nazariyasi dasrliklarida sof mahsulotning tarkibiy qismlari bo’lmish zaruriy va qo’shimcha qiymatlarning mazmuni, hosil bulish jarayonlari, qo’shimcha qiYmat turlari, massasi va normasi, ularni ko’’aytirish usullari haqidagi masalalar batafsil berilgan.
Bu adabiyotlarda yozilganlardan ko’rinib turibdiki, qo’shimcha mahsulotni kim qanday tushunishidan qat’iy nazar, doimo mavjud bo’lgan ob’ektiv umumiqtisodiy kategoriyadir. Lekin shuni ta’kidlash joizki, hozirgi davrdagi adabiyotlarda ham asosan qo’shimcha mahsulotning bir tomoniga, ya’ni qiymat tarafiga e’tibor berilgan va uni qo’shimcha qiymat deb ta’riflagan. Xolbuki, biz yuqorida aytganimizdek, qo’shimcha qiymat qo’shimcha mahsulotning bir tarafi, ya’ni qiymat tarafi bo’lib, uning naflilik tarafi e’tibordan chetda qolmoqda.
Qo’shimcha mahsulotni rad qilish o’rniga uning mazmunini, harakat shakllarini ‘uxta o’rganib, yanada ko’’aytirish va taqsimlanishini takomillashtirish yo’llarini qidirishga kuch sarflash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Chunki qo’shimcha mehnat va binobarin, qo’shimcha mahsulot butun-butun tarixiy taraqqiyot davomida ishlab chiqarishni, fan-texnikani, ta’limni, sog’liqni saqlashni, madaniyatni rivojlantirishning iqtisodiy manbai bo’lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi.
Har bir korxonada, tarmoqda qo’shimcha mahsulotni ko’’aytirish asosan uch yo’l bilan – ishlovchilar sonini ko’’aytirish, ish kunini uzaytirish va ish kuni chegarasi o’zgarmagan holda zaruriy ish vaqtini kamaytirish evaziga qo’shimcha ish vaqtini ko’’aytirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Ish kunini uzaytirish yo’li bilan olingan qo’shimcha mahsulot absolyut qo’shimcha mahsulot deb, ish kuni o’zgarmaganda zaruriy ish vaqtini kamaytirib, qo’shimcha ish vaqtini ko’’aytirish evaziga olingan qo’shimcha mahsulot esa nisbiy qo’shimcha mahsulot deb ataladi.
Yil davomida olingan qo’shimcha mahsulotlar yig’indisi qo’shimcha mahsulot massasi, uning zaruriy mahsulotga nisbati esa (foizda ifodalanishi) qo’shimcha mahsulot normasi deb yuritiladi.
Agar qo’shimcha mahsulot normasini m’, massasini m, zaruriy mahsulotni v bilan belgilasak qo’shimcha mahsulot normasi ko’rinishdagi formula bilan aniqlanadi. Ishlab chiqarish jarayonida hosil bo’lgan qo’shimcha mahsulot sotilish jarayonida foydaga aylanadi. Foydadan davlat soliq sifatida, ssuda ka’ital egalari esa foiz sifatida, er egalari renta sifatida o’z ulushlarini oladilar. Bu daromad turlari qo’shimcha mahsulotning sotilib, dastlabki taqsimlangandan keyingi o’zgargan shakllaridir. Yuzaki real hayotda qo’shimcha mahsulot yuqoridagi shakllarda bo’ladi. Kimki iqtisodiy jarayonlarning tub ildizini tushunmasa, bu daromadlarning manbaini, qaerda va kim tomonidan yaratilishini tushunmasdan qolaveradi.
Yangidan yaratilgan sof mahsulotning tarkibini quyidagi 5-chizmada aniqroq tasvirlash mumkin.
Foydaning qolgan qismi esa tadbirkorlarning sof foydasi bo’lib, uning hisobidan o’zlarining iste’molini qondiradi, investistiyani, turli sostial yo’nalishdagi ishlarni amalga oshiradilar. Ko’rinib turibdiki, qo’shimcha mahsulotni ko’’aytirish hech kimga zarar bermaydi, aksincha jamiyat a’zolarining hammasi uchun manfaatlidir.
Ma’lumki, qo’shimcha mahsulot bilan zaruriy mahsulot o’rtasida har doim ziddiyat va aloqadorlik bo’ladi. Ularning har ikkalasida ham butun xalq xo’jaligini rivojlantirish va jamiyat a’zolarining farovonligini oshirish maqsadlari yo’lida foydalaniladi.



Yüklə 73,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin