O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat pedagogika instituti aniq va amaliy fanlar fakulteti fizika –matematika va texnologiya ta’lim kafedrasi texnologik ta’lim yo’nalishi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI ANIQ VA AMALIY FANLAR FAKULTETI FIZIKA –MATEMATIKA VA TEXNOLOGIYA TA’LIM KAFEDRASI Texnologik ta’lim yo’nalishi 223 – guruh (Sirtqi) II-bosqich talabasi
Kalbayeva Sarvinozning
,,Tikuvchilik buyumlarini konstruksiyalash va loyhalash’’ fanidan
“Maishiy kiyimlar foydalanish sharoitiga qarab sinflarga bo’linishi” mavzusida Mustaqil ish
Bajardi
Kalbayeva Sarvinoz
Qabul qildi
Egamova.A.A
URGANCH – 2023 – 2024 o’quv yili
Mavzu: ,,Maishiy kiyimlar foydalanish sharoitiga qarab qanday sinflarga bo’linadi? ‘’
Reja:
1). Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari.
2). Kiyim haqida umumiy ma’lumotlar.
3). Kiyimlarning sinflanishi, ularga qo’yiladigan talablar.
Kishining badanini atrof-muhitning salbiy ta’sirlaridan himoyalanadigan salbiy ta’siridan himoyalaydigan libos kiyim-kechak deb ataladi. Kiyim-kechak insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida paydo bo’lgan.
Fanning maqsadi – bo’lajak mehnat ta’limi o’qituvchilarini o’z kasbining ustasi qilib tarbiyalash, ularga tikuvchilik buyumlarini ishlash uchun zarur bilim va amaliy ko’nikmalar berishdan iborat.
Ushbu fanning vazifasi – dastur bugungi kun talabalarini hisobga olib tuzilgan, mustaqil O’zbekistonda tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti, shuningdek, mutaxassis kadrlar tayyorlashdan iborat.
Xalq uchun tovarlar ishlab chiqarishning kengaytirilishi, ular sifatining yaxshilanishi,
barcha xizmat turlarining tez rivojlanishi aholi yashash darajasini yangi, ancha yuqori bosqichga ko‘tarishning o‘zgarmas shartlaridan biri sifatida qaraladi. Aholi uchun tovarlarni ishlab chiqarish ilmiy-texnika taraqqiyotidan foydalanishga asoslanishi lozim bo‘lib, ular nafaqat tovar sifatini yangi darajaga ko‘tarish, balki ular assortimentini
kengaytirishga ham imkon beradi.
Yengil sanoat oldida aholining sanoat tovarlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘laroq qondirish, bozorni kerakli mahsulot bilan to‘ldirish, mahsulot sifatini yaxshilash va assortimentini kengaytirish, ularning iste’mol madaniyatini oshirish vazifalari turadi.
Hozirgi vaqtda mavsumaro yengillashtirilgan, isituvchi astarli kiyimlar, turli to‘plamlar assortimentini ishlab chiqarilishini kengaytirilishiga alohida e’tibor berilmoqda.
Kiyimning materiali, formasi va bichimiga qarab, kishining turmush tarsi, yashaydigan
iqlimiy sharoiti, uning qanday sinf va tabaqaga mansubligi, madaniy saviyasi, moddiy
faravonligi to’g’risida fikr yuritish mumkin.
Kiyimning hamma qismlari (pidjak, shim, jiletka) poyabzal va boshqa qo’sgimchalari bilan birga kostyumni tashkil etadi. Kostyum turli mamlakatlar xalqlari va jamiyatlarining o’ziga xos tarzda taraqqiy qilishini, milliy qiyofasini aniq aks ettiradi, shuningdek, kishi shaxsini xarakterlaydi.