O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat pedagogika instituti aniq va amaliy fanlar fakulteti fizika –matematika va texnologiya ta’lim kafedrasi texnologik ta’lim yo’nalishi



Yüklə 49,2 Kb.
səhifə4/4
tarix21.12.2023
ölçüsü49,2 Kb.
#188426
1   2   3   4
Tikuvchilik. Mustaqil ish

Jins, yosh belgisiga ko‘ra kattalar uchun (erkaklar va ayollar) va bolalar uchun (o‘g‘illar va qizlar) kiyimiga bo‘linadi.
Inson turli faoliyat sohalarida foydalanilishiga ko‘ra kiyim maishiy, kundalik, uy, tantana, sport, ishlab chiqarish, forma kiyimlarga bo‘linadi. Maishiy kiyim o‘z ichiga turli maishiy va ijtimoiy sharoitlarda kiyiladigan kiyimlarni oladi. Bu ish va turli mashg‘ulotlar uchun kostumlar, madaniy va tomosha joylariga borish uchun tantanali kostumlar, dam olish va uyda ishlash uchun kostumlardir.
Kundalik kiyimda insonga ishga tayyorgarlik xarakterini beruvchi ishbilarmonlik kostumi tipi o‘z o‘rnini egallagan.
Uy kiyimi uyda dam olish, turli mashg‘ulotlar va ishlarni bajarish uchun qulay bo‘lib, o‘z egasining individualligini erkin namoyon bo‘lishiga imkon beradi. Aniq yechimlar turli-tumanligi bilan tantanalar uchun kiyim farqlanadi.
Sport kiyimiga kasbiy va qiziquvchanlar sporti uchun kiyim kiradi. Kasbiy sport kiyimini aniq sport turining talablarini maksimal qondirish utilitar bo‘libgina qolmay, ushbu sport turi uchun xarakterli harakatlar bajarilishini osonlashtirishi kerak. Qiziquvchanlar sporti uchun kiyim utilitar funksiya bilan bir qatorda ma’lum darajada estetik funksiyalarni ham bajaradi.
Ishlab chiqarish kiyimi ishlab chiqarish turlari bo‘yicha bo‘linadi va ba’zi hollarda maxsus himoya kiyimi (metallurgiya, kimyo va boshqa korxonalarda) kabi, boshqa hollarda esa belgili kiyim kabi (yo‘l ishchilari uchun to‘q sariq rangdagi jaketlar) hal etiladi.
Formali kiyim harbiy xizmatchilar, maxsus idora xizmatchilari, o‘quvchilar, sport jamiyatlari va jamoat tashkilotlari a’zolari uchun mo‘ljallangan. Harbiy xizmatchilar uchun kiyim qo‘shin turlari bo‘yicha bo‘linadi, farqlar eng avvalo kiyim rangida va farqlashbelgilarida namoyon bo‘ladi.
Kiyimlarning sinflanishi, ularga qo’yiladigan talablar.
Kiyimlar 6 sinfga bо‘linadi:
1). Jinsga kо‘ra (ayollar, erkaklar, bolalar kiyimi);
2). Mavsumga kо‘ra (yozlik, qishliq, kuzlik, bahorlik);
3). Gazlamasiga kо‘ra (junli, ipakli, sun’iy, sintetik tolali);

4). Yoshiga kо‘ra (chaqaloqlar, yasli yoshidagi, bog‘cha yoshidagi bolalar, о‘smirlar, yoshlar, kattalar, qariyalar kiyimi);


5). Kiyilish о‘riniga kо‘ra (uylik, kо‘chalik, ishlik, sport, bayram kiyimlari);
6). Kiyim turiga kо‘ra (ustki kiyimlar, ichki kiyimlar, kostyum-kо‘ylaklar, bosh kiyimlar, mayda kiyimlar).
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Koblyakulov E.B. Osnova konstruirovaniya odejdi M.1981




  1. Koblyakulov E.B. Osnova konstruirovaniya odejdi s elementarni SAPR.M. 1985



  1. Po’latova S.U. Kiyimni konstruksiyalash asoslari. T. 2001




  1. Klassifikasiya odejdi. Jurnal ,, Izvestiya vuzov’’ TLP. 2001

Yüklə 49,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin