Kiyimga qo’yiladigan talablar. Kiyimni loyihalash kiyimga qo‘yiladigan talablardan boshlanadi. Har qanday tikuvchilik buyumlariga aniq belgilangan talablar
qo‘yiladi. Kiyimga iste’molchi va ishlab chiqarish talabi qo‘yiladi. Iste’molchining talabi o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi:
1. Gigiyenik talab.
2. Ekspluatasion talab.
3. Estetik talab.
Gigienik talablar deganda, shuni tushuniladiki, kiyimdan foydalanganda kiyim odam sog‘lig‘iga zarar yetkazmasligi, erkin harakatlanish vaqtida halaqit bermasligi kerak, ya’ni yozda kiyiladigan kiyimlar yengil, havo o‘tkazuvchan bo‘lishi, quyosh
nurini qaytaruvchan bo‘lishi, namni shimuvchan bo‘lishi kerak. Bunda gazlama asosiy rol o‘ynaydi. Kiyim tabiiy tolali gazlamalardan tikilishi talab qilinadi. Masalan: paxta, iрak, jun, zig‘ir tolali gazlamalar juda yaxshi, gigiyenik hisoblanadi.
Qishki kiyimlar odam tanasidan chiqqan issiqlikni saqlovchi, yengil va qulay bo‘lishi kerak. Shuning uchun qishki kiyimlar ko‘pincha jun tolali gazlamalardan tikiladi. Kiyimga ishlov berishda iloji boricha yengil bo‘lishiga, bichimi esa qulay bo‘lishiga e’tibor berish kerak. Kuzgi va bahorgi kiyimlar esa haroratning pastligi va yog‘ingarchilik ko‘pligiga asoslanib ko‘proq sintetik tolali gazlamalardan tikiladi.
Gazlamalar va ularning ishlab chiqarish usuli kiyim shaklini aniqlagan. Qo‘pol va qattiq gazlamalardan konstruksiyasi murakkab bo‘lmagan shakllar yaratilgan, ancha plastik va yupqa gazlamalarning paydo bo‘lishi esa murakkab siluet shakllari yaratish imkonini bergan. Kiyim bichilish xarakteri va kiyish usuli bilan farqlangan. Qadimgi kiyimning hamma shakllarini asosiy uch turga ajratish mumkin:
1. Tikilmagan (bichilmagan) kiyim. U bir bo‘lakdan tayyorlangan, gavda atrofida o‘ralgan yoki tashlangan va bog‘langan, to‘g‘nag‘ich bilan biriktirib qo‘yilgan yoki belbog‘ bilan ushlangan.
2. Ustga qo‘yilgan (bichilgan) kiyim, chetlari aylana to‘g‘ri burchak shaklidagi yoki o‘rtasida bosh uchun teshikli aylana shaklidagi gazlama bo‘lagidan iborat bo‘lgan
3. Tikilgan kiyim (tunika – ko‘ylak va birinchi ishtonlar kabi). U bosh, oyoq, qo‘llar uchun teshiklar bilan gazlamadan, charmdan tayyorlangan, keyinroq yenglar tikilgan.
oddiy bichimlilikni ko‘rish mumkin. 30-40-yillardan so‘ng kiyimni kiyilish o‘rniga qarab
uslub bo‘yicha kiyiladigan bo‘ldi, ya’ni klassik, sport, fantaziya uslubi va keyinchalik erkin uslub paydo bo‘ldi. Zamonaviy kiyim juda xilma xil. Uning tasnifi jins, yosh belgisi, inson faoliyatining turli sohalarida qo‘llanishi (maqsadiy vazifasi), mavsumiy va gazlama turiga qarab amalga oshiriladi.