Garderob deganda, bir kishiga yoki bir oilaga tegishli jami kiyim-kechak tushuniladi.
Kiyimning yangi formasini eng avvalo uning bichimi (silueti) belgilaydi. Bichim (silueti) – kiyim formasining tekislikdagi ifodasi. Kiyimning asosiy bichimlari (asosiy siluetlar)
quyidagilardan iborat: beli yopishib turadigan bichimli kiyim; gavdaga yopishib turadigan bichimli kiyim (belining yopishib turishi har xil bo’lishi mumkin); beli qisman yopishib turadigan bichimli kiyim; to’g’ri bichimli kiyim (gavdaga ko’proq yoki kamroq yopishib turadi); keng bichimli kiyim.Тikuvchilik sanoatida qabul qilingan kiyimlarning sinflanishi uning vazifasini aniqlab beruvchi himoya funksiyasi belgisiga ko‘ra aniqlanadi. Bu belgiga ko‘ra kiyimlarni 3 ta sinfga bo‘lish mumkin:
— maishiy kiyimlar;
— sport kiyimlari;
— ishlab chiqarish kiyimlari.
Maishiy kiyimning vazifasi odam organizmini iqlimiy ta’sirlardan himoya qilishdir. Sport kiyimlari sportchining tanasini turli xil shikastlardan saqlash bilan birga, uning sport sohasida katta yutuqlarga erishishi uchun zamin tayyorlashdir. Ishlab chiqarishga oid kiyimlar odamni nafaqat iqlimiy ta’sirlardan, balki ishlab
chiqarish ta’sirlaridan muxofaza qilishdir. Bu kiyim sinflari o‘z navbatida kichik sinflarga, turlarga, guruh va kichik guruhlarga bo‘linadi. Ayniqsa, maishiy kiyimlar sinfi ko‘p sonli bo‘lib, ular o‘z navbatida foydalanish sharoitiga qarab quyidagi kichik sinflarga bo‘linadi:
— ich kiyimlar;
— ko‘ylak-kostyumlar;
— ust kiyimlar (palto, kalta paltolar, plashlar, kurtka va hokazo);
— korset buyumlari;
— bosh kiyimlar (kepka, furajka, beretka, shapka, shlyapa, panama va hokazo);
— turli xil qo‘lqoplar.
Har bir kichik sinf o‘z navbatida yana turlarga bo‘linadi. Masalan, ko‘ylak-kostyumli kichik sinflar guruxi quyidagi turlarga bo‘linadi:
pidjaklar, jaketlar, kurtkalar, jiletlar, shimlar, ko‘ylaklar, yubkalar va hokazo.
Jins va yosh alomatlariga ko‘ra kiyimlarni quyidagi guruhlarga: erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlariga ajratiladi. Bolalar kiyimi yoshiga ko‘ra o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi:
— chaqaloqlar kiyimi;
— yasli yoshidagi o‘g‘il va qiz bolalar kiyimi;
— maktabgacha yoshdagi bolalar kiyimi;
— maktab yoshidagi bolalar kiyimi;
— o‘smirlar kiyimi.
Kiyimlar yilning qaysi faslida kiyilishiga qarab: yozgi, qishki, bahorgi-kuzgi kiyim turlariga bo‘linadi. Bu kiyimlar qayerga kiyilishiga qarab quyidagilarga:
— kundalik kiyim;
— uy kiyimi;
— tantanali kiyim;
— ish kiyimlariga ajratiladi.
Sport kiyimlari sinfi sport turiga qarab kichik sinflarga, yosh va jins alomatlariga qarab guruhlarga bo‘linadi. Ishlab chiqarish kiyimlari esa vazifasiga ko‘ra quyidagi 3 ta kichik sinflarga bo‘linadi:
— maxsus kiyimlar;
— forma kiyimlari;
— texnologik kiyimlar.
Maxsus kiyim — odamni zararli muhitdan (mexanik ta’sirlardan, past va yuqori haroratlardan, radioaktiv moddalardan, rentgen nurlaridan, kislota, ishqor, yog‘ va h.k. ta’sirlardan) muxofaza qiladi va kishining ish qobiliyatini saqlashga yordam beradi. Maxsus kiyimlar maishiy kiyimlarga o‘xshab o‘z navbatida guruhlarga
bo‘linadi. Ularga kurtkalar, shimlar, kombenizonlar, plashlar va hokazolar kiradi.
Forma kiyimlari — temir yo‘l ishchilari, harbiylar, aviasiya, daryo va dengiz xodimlari va boshqalar uchun tikiladi. Ularga shinel, palto, kitel, shim, kostyum, kuylak, ich kiyim va boshqalar kiradi.
Тexnologik kiyim — tibbiyot va yuqori aniqlikni talab qiladigan ishlab chiqarishda odamni mehnat predmetlaridan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan kiyimlar hisoblanadi. Ishlab chiqarish kiyimlari ham maishiy kiyimlar singari yilning qaysi faslida kiyilishiga qarab: yozgi, qishki, bahorgi-kuzgi kiyim turlariga bo‘linadi.
Moda — ancha murakkab hodisa bo‘lib, u jamiyat hayotining qator omillariga bog‘liq va inson faoliyatining ko‘p sohalariga yoyiladi. Moda ostida hayot va madaniyatning biron-bir sohasida ma’lum didlarning uzoq davom etmaydigan hukmronligini tushunish lozim. U odamlar ijtimoiy xulqini tartibga solish tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan uslubning shartli u yoki bu darajada o‘zgarishini tavsiflaydi. Ijtimoiy xulq tizimi o‘zgarishlarining qisqa muddatliligi bilan farq qiladi va boshqa qator tizimlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular orasidan etiket, axloq, huquq, odat va hokazolarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Moda doimo uning yorqin namoyon bo‘lishi sifatida kostum bilan bog‘liq bo‘lgan, uni bunyod etuvchi sabablarni esa hayotning ijtimoiy namoyon bo‘lishi, sinfiylik bilan bog‘langan odamlar ustidan ustunlik, atrof-muhitdan ajralib turishga intilish har doim kostumda ifodalangan. Jamiyatning turli qatlamlari unga turlicha qarashadi. Kishilarning ma’lum guruhi modaga nisbatan yuqori ta’sirchan, ular odatda hammadan tezroq eng o‘tkir yangiliklarni qabul qiladi; yangi modaga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘ladigan kishilar ham bor, ular modani qabul qilishi va uning qonunlariga rioya qilgunlaricha ma’lum vaqt o‘tadi, chunki moda ijtimoiy xulq me’yorlarini taklif qiladi va hatto uni aytib turadi. Odatda eng o‘tkir yangiliklar – yoshlar uchun, o‘rta yoshli ayollar ancha barqaror klassik shakllarni afzal ko‘radi. Biroq moda evolyutsiyasining o‘zi iste’molchilar guruhining aynan shunday nisbatini talab etadi, ya’ni kimdir modani ertaroq, kimdir kechroq qabul qilishi, kimdir uning faqat klassik g‘oyalarini qabul qilishi. Shuning uchun har qanday modada ikki-uch moda osti bo‘lib, ular aholining turli ijtimoiy guruhlari talablariga javob beradi.
Dostları ilə paylaş: |