2.Tijorat tadbirkorligi
Tovar birjalari. Tijorat tadbirkorligi bilan shug'ullanuvchilarning faoliyati tovar birjalari va savdo tashkilotlari bilan bog'liqdir.
Tovar birjasi - ulgurji tovar bozorining shunday ko'rinishiki, unda xaridor oldindan tovar namunasi bilan tanishmagan boʻladi. Tovar birjasida tijoratchi vositachilar va birja xizmatlari savdo-sotiq ishlarini birgalikda ishlab chiqilgan tartibga asosan amalga oshirish maqsadida ixtiyoriy birlashadilar. Tovar birjasining maqsadi erkin raqobatni boshqarish mexanizmini tashkil etib, uning yordamida, talab va taklifning o'zgarishini hisobga olgan holda, haqiqiy bozor narxlarini aniqlashdir. Tovar birja muntazam {faoliyat koʻrsatuvchi standartlar bo'yicha sotiluvchi ulgurji tovarlar g'alla, koʻmir, metal, neft, yoqoch va hk) bozorining rivojlangan shaklidir. Bunday birjalar koʻp yillardan buyon barcha iqtisodiy rivojlangan davlatlarda faoliyat ko'rsatmoqda. Misol tariqasida Pondon (rangli metallar), Liverpul (paxta) Singapur (kauchuk) va boshqa birjalarni ko'rsatish mumkin.
Haqiqatda tovar yetkazib beruvchilar bilan qilinadigan oddiy oldi-sotdi bilan bir qatorda, tovar birjalarida fyuchers muomalalari deb nomlanuvchi
operatsiyalar bo'yicha shartnomalar tuzilishi mumkin. Bunday muomalalarda ko'zda tutilishicha, shartnomada koʻrsatilgan narxlarda pul to'lash, shartnoma tuzishgandon so'ng ma'lum muddat o'tgach amalga oshiriladi.
Tovar birjalari quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi: - savdo kelishuvlarining tuzilishida vositachilik qiladi;
- tovar savdosini tartibga soladi, savdo operatsiyalarini boshqaruvi va kelishmovchiliklarni hal qiladi; XIV
- narxlar 10'g'risida va ularga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqida ma'lumotlarni yig'adi va e'lon qiladi.
Tovar birjalari ishining ko'p qismini naqd tovarlar oldi-sotdisi (kassa muomalasi) emas, balki endi olinadigan tovar yoki shartnoma bo'yicha qo'yiladigan tovar (muddatli kelishuv) oldi-sotdisi tashkil qiladi. Tovar birjalari yopiq yoki ochiq bo'lishi mumkin. Yopiq tovar birjalarida faqat brokerlar.
sotuvchilar va xaridorlar o'rtasidagi birja vositachilarigina qatnashishi mumkin, ochiq tovar birjalarida esa, birjaga tashrif buyurganlar ham oldi-sotdida ishtirok etishlari mumkin. Birja operatsiyalari bo'yicha birjalar qaqiqiy (real) tovar va fyuchers birjalariga boʻlinadi..
Tijorat tadbirkorligining asosiy mazmunini oldi-sotdi bo'yicha kelishuvlar va operatsiyalar boshqacha aytganda tovarlar va qayta sotish operatsiyalari tashkil qiladi. Tijorat tadbirkorlikning umumiy sxemasi, ma'lum darajada ishlab chiqarish tadbirkorlik sxemasiga o'xshab ketadi. Ammo bundan farqli raviida material resurslari o'rniga tayyor tovarlar sotib olinadi. Shu tariqa, mahsulot ishlab chiqarish o'rniga tayyor mahsulot olish keladi.
Tijorat bitimini tuzishdan avval bozorni marketing tahlilini qilish zarurdir.
Umumiy holda marketing deganda, tijorat korxonasi, firmaning xo'jalik faoliyatini har tomondan boshqarish va tashkil qilish tizimi tushuniladi. Marketing savdo korxonasining faoliyatiga komlleks yondoshuvga asoslanadi. Marketing
yordamida savdo korxonasining barcha muhim sikllari, ya'ni, bozorni oʻrganish, tovami iste'molchiga boʻlgan harakati, moliyaviy ta'minlash va foyda olish amalga oshiriladi.
Bu borada savdo korxonasiga ikkita o'zaro bogʻliq talab qo'yiladi: iste'molchi tabiatining o'zgarishiga iloji boricha ko'proq ko'rinish va raqobat sharoitida yashovchanlikni saqlab qolish.
Savdo faoliyatida marketingning amalga oshirilishini muhim sharti uni rejalashtirilishi hisoblanadi. Marketing rejasi natura va pul koʻrinishida sotish hajmini belgilashning asosini bildiradi. Bu borada tovarlar talab harakteri bo'yicha quyidagilarga bo'linadi: birinchi guruh - bozomi egallab ulgurmagan tovarlar; ikkinchi guruh - muhim talabga ega bo'lgan an'anaviy tovarlar.
Tezkor boshqaruv ishidan tashqari marketing tarkibi o'z ichiga bozorni o'rganish, holatni baholash, oldindan ko'rish, rejalashtirish bu haqda yuqorida soʻz yuritildi) kabi funksiyalar va bu funksiyalarni amalda bajarilishi ustidan nazorat o'rnatish kiradi.
Agar bozorni oldindan qilingan tahlili va istiqboli tijorat bitimi olib borishni maqbul ekanligini bildirsa, tadbirkorga biznes-reja ishlab chiqishga to'g'ri keladi. Biznes-reja harakat fooliyati va qilinadigan sarf-harajatlar, (https://azkurs.org/sarf-olchash-haqida-umumiy-malumotlar.html) kutilayotgan natijalar hisobi aks ettiriladi.
Umumiy ko'rinishda har qanday tijorat bitimi dasturi oʻziga quyidagilarni mujassamlantiradi:
savdo-vosita xizmatlarini bajarish uchun ishchilarni yollash (tovar sotib olish, tashish, sotish, reklama ishini yuritish zarur qujatlarni rasmiylashtirish);
tovarni saqlash va sotish uchun zarur binolar, omborlar, bazalar, savdo shaxobchalarini sotib olish yoki ijaraga olish
keyinchalik sotishni ko'zlagan holda tovarlar sotib olish;
bitimni amalga oshirish uchun kredit olish va keyinchalik kreditni va undan foydalanganlik evaziga foizlari bilan qaytarish;
vositachilik ishlarini bajarib bergan chet korxonalar va shaxslar bilan hisob-kitob qilish;
bitimni rejalashtirish, rasmiylashtirish va boshqarish uchun zarur bo'lgan axborot olish:
-xaridorga tovarlarni sotish va pul tushirish;
-bitimni ro'yxatdan o'tkazish, soliq va moliya organlariga to'lovlarni to'lash
Nihoyat biznes-reja va harakatni muvofiqlashtirish rejasi ishlab chiqariladi. Agar bitim yirik va uzoq muddatli boʻlsa muddatlari ko'rsatilgan holda reja-grafik Ishlab chiqilishi tavsiya etiladi. IV.
Yuqorida aytilgan masalalar yuzasidan respublikamizda tadbirkorlikning ichki xo'jalik mexanizmi quyidagicha olib borilyapti,
Agrar islohotlar maqsadi qishloq xo'jaligida tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mavjud salohiyattardan tejamli foydalanish asosida sifatli va arzon mahsulotlar ishlab chiqarib xalk turmush farovonligini oshirishdir. Tadbirkorlik iqtisodiy o'sishning omil sifatida bozor munosabatlarining shakllanishiga, mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar va ulaming o'zaro munosabatlari mexanizmini tarkib topishiga olib keladi.
Yirik qishloq xo'jalik korxonalarid (ilgarigi jamoa va davlat xo'jaliklari) tadbirkorlikni yuzaga chiqarish uchun uning ichki mexanizmini bozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirish zarurati tugʻiladi.
Xorijiy mamlakatlardagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishning nazariy va amaliy jihatlarini hamda mamlakatimiz qishloq xo'jaligida mavjud
korxonalar faoliyatining ichki iqtisodiy munosabatlarini o'rgangan holda uning tarkibiy elementlarini biznes-reja orqali amalga oshirgan ma'qul. Taklif qilinayotgan biznes-reja bilan amalga oshiriladigan ichki xo'jalik mexanizmi quyidagilardan iborat:
1. Bozomi tahlil qilish. Agrosanoat majmui korxonalarining rivojlanish tendensiyalari, potensial raqobatbardoshlar, potensial isge'molchilar.
Tadbirkorlik loyihasining mohiyati. qishloq xo'jalik mahsulotlari va xizmat turlari, ma'muriy va ishlab chiqarish personali, tadbirkor va uning sheriklari haqida ma'lumotlar.
3. Ishlab chiqarish rejasi. qishloq xo'jalik ekinlari agro texnikasi, pudratchilar xizmati, yer va suv resurslari, ishlab chiqarish obyektlari va ishlab chiqarish salohiyati, qishloq xo'jalik texnikasi, ehtiyot qismlar, yoqilgi-moylash materiallari, (https://azkurs.org/yoqilgi-moylash-materiallari-sinovi.html) o'g'it va boshqa materiallar yetkazib beruvchilar
4. Marketing rejasi. Narxlar, sotish kanallari, realizatsiya muddatlari, yangi mahsulot prognozi, maqsadli ko'rsatkichlar.
5. Tashkiliy reja. Mulk shakli, mulk va yer paylari, korxona muassislari va ishtirokchilari, boshqaruv organlari, ularning funksiyalari va soni, tashkiliy struktura, mehnatni tashkil etish va unga haq to'lash shakli, ichki xo'jalik bo'linmalari va ularning o'zaro munosabatlari.
6. Xavf-xatami baholash. Korxonaning ojiz tomonlari, muqobil strategiyalar.
7. Moliya rejasi. Daromadlar va harajatlar, pul tushumlari va chiqimlar, balans, o'z-o'zini qoplash nuqtasi, mablag'lar manbalari va ulardan foydalanish
SHeriklar mulkining shakllanishi tadbirkorlik munosabatlari rivojlanishining asosiy harakatga keltiruvchi usullardan biridir. Bu yuqori mas'uliyat, mustaqillik, xoʻjayinlik hissi, moddiy manfaatdorlikka imkon yaratadi.
Yangi xoʻjalik mexanizmida qishloq xoʻjalik korxonasini tadbirkorlik
asosida qayta tashkil etish natijasida olingan mulk va yer paylari amalda qo'llaniladi. Bu paylaming egalari korxonaning qayta tashkil etgan tadbirkor sheriklar bilan shartnoma tuzadilar. Bunda sheriklar pay egalariga ijara haqi va ulushlaridan daromad to'laydilar.
Taklif qilinayotgan tadbirkorlik tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi asosiy Ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish bo'linmalarining bozor munosabatlari shartlariga asoslangan oʻzaro hamkorlikni nazarda tutadi. Ichki xo'jalik jamoalari munosabatlari tashkiliy-huquqiy shakllarda ham tovar va xizmatlarga oldindan belgilangan narxlar bo'yicha shartnoma asosida tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir.
Shartnoma tizimi mulkiy munosabatlar tizimini oʻzgartirishga imkon beradi. Asosan ular uchta tipdagi shartnomalar bilan tartibga solinadi: yer ulushi, ijarasi, mulk payi badali, ishchi bilan mehnat shartnomasi bo'yicha.
Bu shartnomalarning har biri alohida tuziladi va inkor etiladi. Yer ulushini ijaraga berib, lekin korxonada ishlamaslik va uning a'zosi bo'lmasligi mumkin. Ishchi mehnat shartnomasini buzishi, lekin ijara shartnomasi yoki korxona a'zoligini saqlab qolishi mumkin. Shartnoma tizimi bir tomondan sheriklar tanlashga, boshqa tomondan sheriklarga tadbirkomi tanlashga imkon beradi. Kimdir tadbirkor bilan ishlashni hohlamasa ulushini o'zi olishi yoki boshqaga berishi mumkin.
Ushbu mexanizm orqali korxona hajmi optimallashtiriladi. Chunki hozirgi qishloq xo'jalik korxonalari davlat mulki sharoitida shakllangan. Agar xo'jalikda pul yo'q bo'lsa ham oylik o'z vaqtida berilgan va davlat bunga pul ajratgan. Rahbarlar korxonani davlat nomidan boshqargan. Endilikda esa korxona rahbari - tadbirkor o'z shaxsly imkoniyati va qobiliyatidan kelib chiqib, ishni tashkillashtirssh va barcha oqibatlar bo'yicha mas'uliyatni o'z bo'yniga olishi talab qilinadi
Yuqoridagi mexanizmining amalga oshishi birinchi navbatda tadbirkorning moliya, iqtisod, texnologiya va bozor sohalarida qanchalik bilimga ega ekanligiga koʻp jihatdan bogʻliq bo'ladi. U qanday va qaysi yo'nalishlar bo'yicha o'z bilim saviyasini oshirishi va maslaxatlar uchun kimga murojaat qilishni avvaldan rejalashtirishi lozim. Har bir tadbirkoming ixtiyorida uchta resurs - moliyaviy, moddiy-texnik va ishchi kuchi boʻlishi lozim.
Keyingi muammo (aga mablag' bo'lsa) xo'jalik yuritish uchun zarur resurslarni qayerdan va qanchaga sotib olishdir. Servis xizmati tizimining shakllanib ulgurmaganligi texnika, o'g'it, qurilish materiallari, yoqilg'i va boshqalarni sotish) tadbirkorlaming samarali faoliyat ko'rsatishiga salbiy ta'sir koʻrsatmoqda. Tashkiliy-iqtisodiy mexanizm orqali resurslar bilan ta'minlashning muqobil yoʻllari tanlab olinadi.
Tadbirkorlik ichki xoʻjalik mexanizmi faoliyatida sotish va marketingni yo'lga qo'yish ushbu mexanizmining yanada samarali ishlashini ta'minlaydi. Masalan, AQShda bitta fermerga beshta, mahsulotni qabul qilib oladigan, tozalaydigan, saqlaydigan, sotadigan hamkorlar to'g'ri keladi. Lekin bizda bu ishni korxonaning o'zida o'z ishchilari orqali yo'lga qo'yish maqsadga muvofiqdir.
Qishloq xo'jalik mahsulotlarining harakat qilish tizimi iqtisodiy samarali kanallarni tanlashi hamda uning bevosita taqsimotini o'z ichiga oladi. Realizatsiya qilish tarmogʻi tovarning ishlab chiqaruvchidan, oxirgi iste'molchiga yetkazishda mahsulotni xaridorga yetkazuvchi yoki unga egalik qilish huquqini olishda qatnashuvchi korxonalar, tashkilotlar va firmalar yigimidir.
Korxona rahbariyati uchun chiqarilgan mahsulotni taqsimlash kanalini tanlash murakkab va muhim masaladir. Korxona tomonidan tanlangan kanallar marketing sohasidagi boshqa barcha qarorlarga: baho siyosatiga, vositachilar tanlashga, marketing faoliyati uchun xodimlar tayyorlashga, avtotransport va boshqa aralash tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish sharti va muddatiga bevosita
ta'sir qiladi.
Optimal tashqi qilingan taqsimot kanali tufayli mulkka egalik qilish huquqini olishdagi, mulkning joylashishi vaqtidagi uzoq muddatli uzilishlar bartaraf qilinadi.
Tadbirkorlikning ichki xoʻjalik mexanizmi ancha murakkab boʻlib, u butun xo'jalik yuritish jarayonini qamrab oladi. Mulkdorlarga, ya'ni korxona egalariga o'z mulkiy huquqidan foydalanishga imkon yaratadi, korxonadagi ichki munosabatlarni o'zaro foydali holga keltirib ixchamtashtiradi, korxonani tashqi muhitga moslaydi. Sotish va marketing faoliyatini tadbirkorlikning muhim elementi sifatida amalga oshirilishiga olib keladi
Dostları ilə paylaş: |