O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universitetining qo‘qon filiali



Yüklə 4,4 Mb.
səhifə20/32
tarix25.12.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#195483
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazir

Nazoratsavollari:
1. Kuchaytirgich sxemasining asosiy elementlari ?
2. UE kuchaytirish kaskadi sxemasini tushuntirib bering.
3. Ueli kuchaytirish kaskadini hisoblash deganda nimani tushunasiz?
4. Hisoblashlarni soddalashtirish xaqida gapirib bering.

8-Ma’ruza. Ko’p kaskadli kuchaytirgichlar.Teskari bog’lanish


Reja:
1. Ko’p kaskadli kuchaytirgichlar
2. Teskari bog’lanish
Signal chastotalarini taxminan 0 Gs dan bir necha yuz MGs oraliqda kuchaytiradigan kuchaytirgichlarga o‘zgarmas tok kuchaytirgichlari (O‘TK) deyiladi. O‘TKlar hisoblash texnikasida, avtomatik boshqarish tizimlarida, radio, o‘lchov qurilmalarida (elektron volьtmetrlar, elektron ampermetrlar, yuqori sezgir galьvanometrlar, ossilograflar), stabilizatorlarda va boshqa sanoat qurilmalarida keng qo‘llaniladi. O‘TK ikki xil tizimda ishlaydi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuchaytiruvchi va signalni o‘zgartirish yo‘li bilan.
O‘zgarmas tok kuchaytirgichlarining kirishiga berilayotgan elektr signalni qiymati juda ham kichik taxminan 10'15-10'16 A qiymatlarda bo‘ladi. Bunday signallarni kuchaytirish uchun ko‘p kaskadli kuchaytirgichlar ishlatiladi, ko‘p kaskadli kuchaytirgichlarda kaskadlarni bir biri bilan bog‘lash uchun boshqa kuchaytirgich sxemalaridek kondensatorli yoki transformatorli bog‘lanish ishlatilishi mumkin emas. CHunki kondensator ham transformator ham juda kichik chastotaga ega bo‘lgan elektr signallarini o‘tkazmaydi. SHu sababli kaskadlararo galьvanik bog‘lanish (kondensatorsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish) ishlatiladi (5.8, 5.9-rasm). SHunga ko‘ra birinchi kuchaytirgich tranzistorining kollektori keyingi kuchaytirgich tranzistorining bazasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanadi. Bunday ulash birmuncha qiyinchiliklarga olib keladi, chunki birinchi kaskadning o‘zgarmas tok tashkil etuvchisi xisobigz qo‘shni kaskadlarning ish rejimlari o‘zgarib ketadi shu sababli kaskadlarning ish rejimlarini bir biri bilan moslash kerak. Bizga ma’lumki, kondensatorli bog‘lanish kuchaytirgichlarida birinchi kaskaddan ikkinchi kaskadga o‘zgarmas tok tashkil etuvchilarini kondensator o‘tkazmaganlig‘i sababli bunday muammolar mavjud emas.
O‘TK kaskadlarini bir biri bilan o‘zgarmas tok tashkil etuvchilari bo‘yicha rejimlarni sozlash ikki xil sxema bilan amalga oshiriladi. Birinchisi-kaskadning bog‘lanish oralig‘iga qo‘shimcha o‘zgarmas E kuchlanish manbai ulanadi (5.8.a-rasm). Bu sxemada ikkinchi kaskadning siljish kuchlanish qiymati birinchi kaskadning chiqishsdagi u, bilan qo‘shimcha kuchlanish manbai Ening ayirmasidan hosil bo‘ladi.
U2=U1-[E] (5,29)
U2 ikkinchi tranzistorning siljish kuchlanishi E ning qiymatini o‘zgartirish jarayonida ikkinchi kaskad tranzistorining siljish kuchlanishi qiymatini (ishchi nuqtasini) o‘zgartirish mumkin.
Ikkinchi usulda qo‘shimcha o‘zgarmas tok manba tranzistorning emiper zanjiriga ulanadi (5.8.6-rasm), bunda ham ikqinchi tranzistorning siljish



a) b)
5.8-rasm. O‘zgarmastok kuchaytirgichlari
kuchlanishi i2 ning qiymati, birinchi tranzistorning chiqish qiymati Ut bilan qo‘shimcha kuchlanish manbai Elarning ayirmasi orqali topiladi (5.29).
Amaliy jihatdan birinchi sxema ancha noqulaydir. Ayniqsa bir necha kaskadli kuchaytirgichlar uchun, chunki har bir kaskadga bittadan o‘zgarmas kuchlanish manbai ulanishi shart.

5.9-rasm. Ikki kaskadli o‘zgarmas tok kuchaytirgichi

Uning soni kaskadlar sonidan bir qiymatga kichik bo‘ladi. Bu esa kuchaytirtchning hajminy, massasini orttirib yuboradi. Ikkinchi usul esa bir muncha samarali, chunki emitter zanjiridagi qo‘shimcha E manba o‘rniga R3 rezistor qo‘yish mumkin. Rezistor R3 dan VT2 tokining o‘zgarmas tashkil etuvchisi oqib o‘tib, unda potensiallar tushuvi hosil bo‘ladi. Uning qiymati IR=E ra teng bo‘ladi.


I va E ning qiymatini o‘zgartirish uchun, ya’ni tranzistorning ish nuqtasini (tranzistorning xarakteristikasini to‘g‘ri chiziqli uchastkasiga joylashtirish uchun) o‘zgarmas tok yoki R ning qiymatlarini o‘zgartirib hisoblash mumkin. Bunday sxema 5.9-rasmda ifodalangan.
Sxemada R1R2 bo‘luvchi qarshilikpar birinchi tranzistorlar VT1 ning ish nuqtasini hosil qiladi. O‘zgarmas tok manbai Ek hisobiga VT1 tranzistorining kollektorida katta qiymatda manfiy potensial UK1 (signal) hosil bo‘lib, u VT2 tranzistorining bazasiga uzataladi. Bu potensialning qiymati VT2 tranzistorga kerak bo‘lgan siljish kuchlanishidan ancha katta bo‘ladi. SHu sababli u kamaytirilmasa ikkinchi tranzistorning baza toki l62 va kollektor toki 1k2 ortib ketib, tranzistor to‘yinish rejimiga o‘tadi. Kollektor kuchlanishi UM ni kompensatsiyalash (kamaytirish) uchun R32 ulanib unda hosil bo‘lgan kuchlanish UE2, UK1 ga qarama-qarshi yo‘nalgandir. Ikkinchi tranzistor siljish kuchlanishining qiymati

Yüklə 4,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin