O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


II. BOB. Iqtisodiy isloxotlarni boshqarish tizimimng



Yüklə 144,36 Kb.
səhifə4/7
tarix25.12.2023
ölçüsü144,36 Kb.
#196632
1   2   3   4   5   6   7
Iqtisodiy isloxotlarning besh tamoyili

II. BOB. Iqtisodiy isloxotlarni boshqarish tizimimng
barpo etilishi
2.1 Iqtisodiy isloxotlarning bosqichlari
Iqtisodiy islohotlarning bosqichlari, vazifalari va yo’nalishlari, ularni hal qilish yo’llari va usullari
O’tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish - bu xo’jalik hayotining barcha sohalaridagi to’siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilarni o’z ichiga oladi- xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoliyasini bekor qilish;
- resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tugatish;
- narxlarning asosan talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga o’tish;
- ichki va tashqi bozorlarda transakstion bitimlar ustidan davlat nazoratini pasaytirish.
2. Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish. Bu yo’nalish quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishini taqozo etadi:
- barcha iqtisodiy agentlarning ish faolligi uchun teng imkoniyat va sharoitlar yaratilishi;
- bozorga xorijiy raqobatchilar ham kirishi uchun imkon berilishi;
- kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma’muriy to’siqlarni olib tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo’llab-quvvatlash va tarmoqqa kirishidagi to’siqlarni pasaytirish;
- tabiiy monopoliyalarning narx va mahsulot sotish siyosatini tartibga solish va boshqalar.6
3. Institustional o’zgarishlar. Mazkur o’zgarishlar quyidagi sohalarni qamrab oladi:

- mulkchilik munosabatlarini o’zgartirish, jumladan, xususiy sektorni yaratish;


- bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond birjalari, investistiya fondlari va h.k.) shakllantirish
- iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini yaratish;
- bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo’jalik qonunchiligini qabul qilish va boshqalar.
4. Tarkibiy o’zgarishlar. Tarkibiy o’zgarishlar birinchi navbatda xalq xo’jaligi va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan nomutanosibliklarni yumshatish yoki bartaraf etishga yo’naltirilgan. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishdan asosiy maqsad – ichki va tashqi bozorlarda to’lovga qodir talabga ega bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarilishini rivojlantirishdan iborat.
5. Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish. Aslini olganda, bu jarayon tizimiy islohotlar qatoriga kirmaydi, chunki u bozor iqtisodiyoti barqaror amal qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez o’tkazilib turadi. Bu yo’nalishning muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki, ma’muriy-buyruqbozlik tizimining inqirozi eng avvalo va kuchli ravishda moliyaviy sohada, ayniqsa yuqori inflyastiya shaklida namoyon bo’ladi. Inflyastiyaning uzoq vaqt mavjud bo’lishi bozor munosabatlarining normal qaror topishiga to’sqinlik qiladi, shuning uchun uni bartaraf etish o’tish davri iqtisodiyoti uchun o’ta muhim hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlari tizimiga pul emissiyasini cheklash, davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish, ijobiy foiz stavkasini ta’minlash va boshqalar kiradi.
6. Bozor xo’jaligiga mos bo’lgan aholini ijtimoiy himoyalash tizimini shakllantirish. Bu tizim aholining nisbatan muhtoj qatlamini aniq ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga o’tishga yo’naltirilgan.
Bozor tizimining ko’rsatib o’tilgan asosiy unsurlarini shakllanishining yakuniga etishi o’tish davri tugaganligidan darak beradi.
Markazlashgan ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tishda maqsad bir xil bo’lsa-da, turli mamlakatlar turli yo’llarni tanlashlari mumkin. Hammaga ma’lumki, bir tizimdan ikkinchi tizimga o’tishda ikki yo’l, ya’ni revolyustion va evolyustion yo’llar mavjud. Polsha, Chexoslovakiya, Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o’tishning revolyustion yo’lini, birdaniga katta to’ntarishlar qilish yo’lini tanladilar. Boshqacha aytganda ular «karaxt qilib davolash» degan usulni qo’lladilar. Bu yo’lni amalga oshirish uchun Rossiyada «300 kun», «500 kun» degan o’tish dasturlari ishlab chiqildi. Bu dasturlarni tezkorlik bilan amalga oshira boshladilar. Bunda ular bir tizimdan ikkinchi tizimga o’tishda ancha uzoq muddatli o’tish davri bo’lishini unutdilar. Natijada bu mamlakatlarda ishlab chiqarish hajmi keskin tushib ketdi, ko’plab korxonalar yopilib, ishsizlar soni ko’paydi, pulning qadri keskin pasayib ketdi, iqtisodiyot esa hamon karaxtlikdan chiqqani yo’q, odamlarning ahvoli og’irlashdi.
Shuning uchun O’zbekiston bu yo’ldan bormay boshqa yo’l tanladi.
Bu yo’l O’zbekistonning o’ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo’ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyustion to’ntarishlarsiz, ijtimoiy to’qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o’tishdan iboratdir.7
«Bizning bozor munosabatlariga o’tish modelimiz Respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an’analar, urf-odatlar va turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, o’tishdagi iqtisodiyotni bir yoqlama, beso’naqay rivojlantirishning mudhish merosiga barham berishga asoslanadi», 8deb yozadi mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tish yo’li ijtimoiy-yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo’lni amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga Prezidentimiz I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan beshta muhim tamoyil asos qilib olingan.
Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta’minlash.
Ikkinchidan, o’tish davrida davlatning o’zi bosh islohotchi bo’lishi.
Uchinchidan, butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanmog’i, qonunlarning ustunligi ta’minlanmog’i lozim.
To’rtinchidan, bozor munosabatlariga o’tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Nihoyat, beshinchidan, bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish. Bozor munosabatlariga o’tishda bu prinstiplarning hammasi ham muhim ahamiyatga egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish prinstipi alohida e’tiborga loyiq. Chunki tegishli huquqiy negizni, bozorning infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko’nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo’ladi.
Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o’tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini o’zgartirish bilan cheklanmaydi. U ijtimoiy hayotning bir-birlari bilan uzviy bog’liq bo’lgan barcha sohalarini, shu jumladan siyosiy, ma’naviy-axloqiy, maishiy va boshqa sohalarni ham tubdan o’zgartirishni taqozo qiladi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyustion yo’l bilan o’tish haqidagi g’oya juda muhim va afzal ekanligini ko’rsatadi.
Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tish tamoyilini amalga oshirish iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy bosqichlarini aniq farqlash, bu bosqichlarning har biri uchun aniq maqsadlarni, ularga erishish vositalarini belgilab olishni talab qiladi.
Prezidentimiz I.A.Karimovning asarlarida bozor iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichida quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo’yilganligi ta’kidlanadi:
- totalitar tizimning og’ir oqibatlarini engish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish;
Respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisoba olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish.

Shu vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning muhim yo’nalishlari aniqlab olindi va bajarildi.


Birinchidan, o’tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-huquqiy negizini mustahkamlash;
Ikkinchidan, mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini xususiylashtirish, qishloq xo’jaligida va xalq xo’jaligining boshqa sohalarida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish.
Uchinchidan, ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta’minlash.
Ikkinchi bosqichda investistiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o’sishni ta’minlab, bozor munosabatlarini to’liq joriy qilish maqsad qilib qo’yiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib I.A.Karimov asarida bu bosqich uchun bir qator vazifalar ajratib ko’rsatiladi.
Birinchi vazifa – davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga etkazish. Bunda davlat mulkini xususiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini keng qo’llab-quvvatlash, kichik xususiy korxonalar tashkil qilishni rag’batlantirish hisobiga ishlab chiqarishda davlatga qarashli bo’lmagan qismning ulushini oshirish ko’zda tutiladi.
Ikkinchi vazifa – ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash.
Uchinchi vazifa – milliy valyuta-so’mni yana ham mustahkamlashdan iborat.
To’rtinchi vazifa – iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o’zgartirish, xom ashyo etkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish.
Bunda tarkibiy9 o’zgarishlarda Respublika uchun eng asosiy hisoblangan tarmoqlarni, jumladan yoqilg’i, energetika va g’alla komplekslarini rivojlantirish nazarda tutiladi.

Yüklə 144,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin