O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 144,36 Kb.
səhifə2/7
tarix25.12.2023
ölçüsü144,36 Kb.
#196632
1   2   3   4   5   6   7
Iqtisodiy isloxotlarning besh tamoyili

Mavzuning dolzarbligi: Mavzuni o’rganish davomida iqtisodiy isloxotlarning besh tamoyili haqida ko’plab ma’lumotlar olishga va ularni jamlab tadqiqotchilarnig ishlarini taxlil qilish imkoniyaniga ega bo’ldik. bilimlarimiz ko’nikmalarimiz yanada oshirildi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari: O’zbekistonda iqtisodiy isloxotlarning besh tamoyilini amalga oshirilishi va shu davrdagi bajarilgan ishlar taxlilini jamlash va mustaqillik yillarda amalaga oshirilgan ishlarning taxlil qilish, va iqtisodiyotning besh tamoyilini va faoliyatini yoritib berish berish.
Kurs ishining predmeti. O’zbekistonda iqtisodiy isloxotlarning tashkil etilishiga doir adabiyot va chiqarilgan farmonlar bilan tanishib chiqish, bajarilgan ishlari yuzasidan tahlillar qilish hamda faoliyatini yoritib berish.
Kurs ishi ob’ekti: O’zbekistonda iqtisodiy isloxotlarning amalga oshirilishi va ularni chuqurlashtirish borasidagi chora tadbirlar .
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, ikki bob, to’rtta paragraf, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I. BOB. O’zbekistonda iqtisodiy isloxotlarni amalga
oshirilishi
1.1.Iqtisodiy isloxotlarning tamoyillari nimalardan iborat
Iqtisodiy islohotlar - xoʻjalik yuritish tizimida, iqtisodiyotni boshqarishda, iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yoʻllari va usullarida yirik qayta qurishlar, oʻzgartirishlar samaradorligi past muayyan iqtisodiy tizimni takomillashtirish yoki eski tizimdan yangisiga oʻtish maqsadlarida amalga oshiriladi. Iqtisodiy tizimning samaradorligi qoniqarsiz boʻlgan, iqtisodiy tangliklar yuz bergan, iqtisodiyot kishilarning ehtiyojlarini yetarli qondirmagan hollarda, mamlakat oʻz taraqqiyotida boshqa mamlakatlardan orqada qolgan sharoitlarda oʻtkaziladi. Iqtisodiy isloxotlarzalarsiz, aniq maqsadlar koʻzlangan holda, parlament qabul qilgan qonunlarga bi-noan va davlat raxbarligida oʻtkaziladi. Iqtisodiy isloxotlar evolyusion rivojlanishni taʼminlaydi. XX asr oxiri va XXI asr boshlaridagi Iqtisodiy isloxotlar umumbashariy boʻlib, de-yarli hamma mamlakatlarda oʻtkazildi. Bozor iqtisodiyoti qaror topgan mamlakatlarda Iqtisodiy isloxotlar iqtisodiyotni erkinlashtirishga qaratilgan boʻlib, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash, iqtisodiyot subʼyektlari mustaqilligini kuchaytirish, monopoliyalar faoliyatini nazorat qilish, erkin narxlarga yoʻl berish, xullas bozor mexanizmining toʻlaroq amal qilishiga sharoit yaratib berishga qaratildi. Yangidan mustaqil boʻlgan yosh mamlakatlarda (sobiqsotsialistik mamlakatlar va SSSR tarkibidagi respublikalar) Iqtisodiy isloxotlar 2 yoʻnalishda bordi: 1) milliy mustaqillikni iqtisodiy jihatdan taʼminlashni koʻzlagan islohotlar; 2) rejali iqtisodiyotdan bozor tizimiga oʻtishga qaratilgan, yaʼni bozor islohotlari yoʻnalishlarida amalga oshirildi. Birinchi yoʻnalish boʻyicha milliy pulni muomalaga kiritish, mustaqil bank, byudjet va soliq ti-zimlarini joriy etish, bojxona xizmatini tashkil qilish va milliy iqtisodiy chegaralarni oʻrnatish, i.ch. tuzilmasini oʻzgartirish kabilar amalga oshirildi. Ikkinchi yoʻnalish boʻyicha mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish, bozor in-fratuzilmasini yaratish, rejali davlat narxlaridan erkin bozor narxlarga oʻtish, agrar sohadagi oʻzgarishlar, tashki iqtisodiy faoliyatni bozor talablariga mos ravishda qayta qurish, monopoliyalarni cheklash, chetdan kapital kiritishni ragʻbatlantirish kabi choratadbirlar joriy etildi.
Iqtisodiy isloxotlarni bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va davom etadi, iqtisodiyotni erkinlashtirishni taʼminlaydi. Iqtisodiy isloxotlarga umumiylik va milliylik xos. Ularning umumiyligi — Iqtisodiy isloxotlarni yoʻnalishlarining bir xil boʻlishi va yagona bozor tizimining karor topishidir. Milliylik har bir mamlakatning oʻziga xos sharoitini hisobga olish va shunga qarab islohot tamoyillarini qoʻllashdan iborat. Oʻzbekistonda 1991—2002-yillar davomida amalga oshirilgan iqtisodiy isloxotlarni tanlangan milliy modelga binoan oʻtka-zildi va bu jarayon davom etmoqda .2
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda mulkni davlat tasaruffidan chiqarish va xususiylashtirish yetakchi o’rin tutadi.1992 yil fevralda Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Davlat qo’mitasi ta’sis etildi. 1994 yilda esa uning funksiyalari o’zgartirilib, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash Davlat qo’mitasiga aylandi. Xususiylashtirish tanlov va kim oshdi savdosi orqali amalga oshirildi va bu tartib takomillashib bordi. Shuningdek Oliy Majlis tarkibida yangi iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlikni rivojlantirish qo’mitasi tuzildi.
1991 yil 18 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 8-sessiyasida mulkni qabul qilingan qonunga ko’ra xususiylashtirish va va mulkchilik shakllarini o’zgartirish maxsus dasturlar asosida amalga oshirilish qat’iy belgilab qo’yildi. 1994 yilda kichik xususiylashtirish deyarli nihoyasiga yetdi. 1992-1994 yillar davomida 54 mingga yaqin korxona va obyekt davlat tasarufidan chiqarildi. Xususiylashtirish borasida 20 dan ortiq davlat dasturi qabul qilindi.
1995 yilda mashinasozlik kompleksiga qarashli 89 ta korxona, 68 ta uy-joy kommunal qishloq, 229 ta qayta ishlash korxonasi boshqa obyektlar xususiylash tirildi. 6 ming xususiy va oilaviy korxonalar paydo bo’ldi. 1998 yilga kelib aksariyat korxonalar xususiylashtirildi. Davlat korxonalarining xususiylashtirish 1993 yil 39,4 foiz edi. 1994 yilda 57,7 foiz, 1998 yil esa 88,2 foizga oshdi. 1997 yilga kelib xususiy va kichik korxonalar soni 100 mingdan oshib ketdi.
Bozor infrastrukturasi deyilganda tovar va pul bozorida, mehnat resurslari bozorida iqtisodiy vositalar - tegishli moliya va bank-kredit tizimi, sug’urta, auditorlik, yuridik va xususiy firmalar tizimi tushuniladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida infrastrukturani shakllantirish muhim jarayon bo’lib, uni tashkil etish anchagina vaqt talab etadi.
Ushbu masalada ko’pgina islohotlar, o’zgartirishlar amalga oshirildi. Masalan: Davlat buyurtmasi o’rniga zarur mahsulotlarni erkin narxlarda xarid qilish joriy etildi. Tovarlar bozorini shakllantiruvchi birjalar tizimi tashkil etildi. Kim oshdi savdosi o’tkazila boshlandi, brokerlik va dillerlik idoralari, savdo uylari, vositachi firmalar paydo bo’ldi. Ko’chmas mulk sotish joriy etildi. Banklararo valyuta birjasi tashkil etildi. Davlat sug’urta boshqarmasi o’rniga davlatga qarashli bo’lmagan sug’urta kompaniyalari tashkil etildi. Ishsizlik muommasini hal etish uchun Respublika miqyosida 250 ga yaqin mehnat birjalari barpo etildi. 1995 yil dekabrdagi Oliy Majlisning IV sessiyasida «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida», «Banklar va banklar faoliyati to’g’risida» alohida qonunlar qabul qilindi.
Paxtabank», «G’allabank», «Savdobank», «Tadbirkorbank», «Mevasabzavot bank» kabilar tashkil etildi. 1994 yil 1 iyuldan esa O’zbekiston Respublikasining pul birligi so’m muomalaga kiritildi. Neft mustaqilligini ta’minlash maqsadida ham jiddiy ishlardan biri ya’ni Buxoro neftni qayta ishlash zavodini ishga tushirilishi ham yirik iqtisodiy yutuqlardan bo’ldi. Janubiy Koreya bilan O’zbekistonning hamkorligida «O’zDEU» qo’shma korxonasini tashkil etilish, ishga tushirilishi hamda avtomobillar ishlab chiqilishi O’zbekiston iqtisodiyotida ulkan, yirik voqea bo’ldi. Demak O’zbekistonda ham o’zbek mashinasozligi vujudga kela boshladi.
O’zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan bu ishning qishloq qishloqda qay darajada amalga oshirilishiga bog’liq bo’ladi. Qishloqda agrar siyosatning eng asosiy bosh masalasi - yerga egalik mulkchilik masalasidir. I.Karimov shunday deydi: «Yer o’lkamizning asosiy boyligi. U yediradi, ichiradi, yashash uchun asosiy joriy sharoitlarni yaratib beradi. Shu sababli Respublikaning kelajagi O’zbekiston xalqining kelajagi ko’p jihatdan yerdan foydalanish munosabatlari qanday tashkil etilishiga bog’liq, bo’ladi».
O’zbekiston aholisining deyarli 60 foizi qishloqda yashaydi.Shuning uchun ish bilan ta’minlash masalasi ham qishloqda dolzarb muommadir. 1991 yil dekabrda «Dehqon (fermer) xo’jaliklarini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash to’g’risida»gi farmon qishloq, qishloq ishlab chiqarishni zamon talablari asosida tashkil qilishda katta ahamiyatga ega bo’ldi.
1994-95 yillar davomida Vazirlar Maxkamasi agrar islohatlarga doir 10 dan ortiq qaror qabul qildi. 1992-95 yillar mobaynida qishloq tumanlarida 1137 sovxozlar 530 jamoa qishloqga, 350 kooperativga, 100 dan ortiq ijara va boshqa mulk shakllariga aylantirildi3. O’sha yillarda shaxsiy tomorka uchun qo’shimcha 550 ming gektar sug’oriladigan yer ajratildi. Qishloqda fermer xo’jaligi tashkil etilishiga alohida e’tibor berildi. 1994 yil oxirlariga kelib 25 mingdan ortiq fermer qishloq paydo bo’ldi, ular qishloq, xo’jaligini barcha mahsulotlarini yetishtirishda salmoqli hissa qo’shmoqda.

Yüklə 144,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin