O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Iqtisodiy isloxotlarning amalga oshirilishi va ularni yanada



Yüklə 144,36 Kb.
səhifə3/7
tarix25.12.2023
ölçüsü144,36 Kb.
#196632
1   2   3   4   5   6   7
Iqtisodiy isloxotlarning besh tamoyili

1.2. Iqtisodiy isloxotlarning amalga oshirilishi va ularni yanada
chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlari
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, 1994-yilda iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada qayta o’zgartirishlar chuqurlashdi, bozor sari qaratilgan yo’l aniq belgilab olindi, bozor munosabatlarining konstitutsion-huquqiy va tashkiliy asoslari yaratildi.
Ko’p ukladli iqtisodiyot shakllanmoqda, tovarlar, mehnat, sarmoya va qiymatli qog’ozlar bozori faoliyat ko’rsata boshladi. Respublika barcha korxonalarining 67 foizi, ishlab chiqarilgan ijtimoiy mahsulot va xalq xo’jaligida ish bilan band bo’lgan xodimlarning salkam yarmi nodavlat sektorning ulushiga to’g’ri keladi.
1994-yil 1-iyuldan milliy valyutaning joriy etilishi respublikani yaqin yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategiyasini belgilab berdi. Milliy valyuta kursining barqarorligini ta’minlash maqsadida maxsus dasturlar ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda.
Davlatning moliya-kredit bilan qo’llab-quvvatlash natijasida yoqilg’i-energetika, yengil va oziq-ovqat sanoati barqaror rivojlanadi. Bazaviy tarmoqlarni rivojlantirish uchun respublikaning va chet el investitsiya kompaniyalari hamda banklari valyuta mablag’larining salmoqli qismi yo’naltirildi.
Narxlar erkinlashtirilishi sharoitida yil oxiriga kelib inflatsiyaning o’rtacha oylik darajasi ikki baravar kamaydi. Respublika yig’ma budjetining taqchilligi yalpi ichki mahsulotning 3,3 foizini tashkil etdi. Naqd pul emissiyasi keskin qisqardi.
Iqtisodiyot tuzilmasida ijobiy o’zgarishlar yuz berdi. Pirovard iste’molga tayyor mahsulot salmog’i 28,8 foizdan 33,2 foizga o’sdi. O’zimizda don yetishtirish va neft ishlab chiqarishning ko’payishi hisobiga oziq-ovqat va energetika mustaqilligi sezilarli darajada oshdi. Chetdan keltirilayotgan don, go’sht va sut 1991-yildagiga nisbatan sezilarli darajada qisqardi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar mustahkamlandi. Yangi tashqi savdo oboroti 1993-yildagiga nisbatan 5,5 foizga o’sdi. MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarda sifat jihatidan yangi rivojlanishga va ular bilan o’zaro savdoda birinchi marta ijobiy saldoga erishildi.
Aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashning prinsipial jihatidan yangi tizimi shakllanmoqda, uning aniq mo’ljalli yo’nalishi kuchaydi, bolalarga yagona nafaqa joriy etildi. Iste’mol bozorini oziq-ovqat mahsulotlari va tovarlarning eng muhim turlari bilan ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar majmui amalga oshirildi, ularning kafolatli zaxirasini yaratish tartibi amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga ayrim sohalarda islohotlar jarayoni miqdoriy jihatlar bilan cheklanib qolib, rasmiyatchilik bilan amalga oshirilmoqda. Uyushmalar, korporatsiyalar va hokimliklarning ayrim rahbarlari davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlari zarur darajada rivojlantirilishi va chuqurlashtirilishini, tadbirkorlik faol qo’llab-quvvatlanishini, xususiy sektor shakllanishi va respublika iqtisodiyotini mustahkamlashda uning ahamiyatini oshirishni ta’minlamayaptilar. Ular vujudga kelgan tarkibiy nomutanosiblikni bartaraf etishga, xo’jalik yuritish mexanizmini o’zgartirishga, zamonaviy raqobatga bardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishga yetarlicha e’tibor bermayaptilar.
Bozor infrastrukturasi, ko’chmas mulk va qiymatli qog’ozlar bozori zarur darajada rivojlanmadi, bu hol ayniqsa Farg’ona, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida kuzatildi.
Qishloq xo’jaligida mulkchilikning yangi shakllari qaror topishi chinakamiga ta’minlamayapti, bu sohada islohotlarni chuqurlashtirish, xususiylashtirish, bozor infrastrukturasini shakllantirish, qishloq aholisining mehnatga layoqatli, ish bilan band bo’lmagan qismini ish bilan ta’minlaydigan kichik va xususiy korxonalarni rivojlantirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ko’rilmayapti.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosarlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar va konsernlarning rahbarlari 1994-yilda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning yakunlarini, yo’l qo’yilgan kamchiliklarning sabablarini puxta tahlil qilsinlar va ularni bartaraf etish yuzasidan aniq tadbirlarni belgilasinlar va amalga oshirsinlar.
2. Xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, milliy valyutani mustahkamlash, 1996-yilda respublikaning tekis sur’atda rivojlanishi uchun mustahkam asoslar yaratish 1995-yilning bosh vazifalari deb hisoblansin.
1995-yil O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvorliklari va asosiy yo’nalishlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlar Mahkamasi bo’limlari, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yuqorida qayd etilgan tadbirlarning so’zsiz amalga oshirilishini ta’minlasinlar.
3. O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda shu yilning 15-martiga qadar:
fond birjalarining mintaqalararo bo’limlarini ochish va ularni zarur infrastruktura bilan ta’minlash;
davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilgan korxonalarni, xususiy tadbirkorlik faoliyatini xalqaro moliya tashkilotlarining valyuta mablag’larni jalb etish hisobiga qo’llab-quvvatlash va investitsiya fondlari tashkil etilishini rag’batlantirish bo’yicha takliflar kiritsin.
4. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yig’ma budjet taqchilligini ichki (banklardan tashqari) mablag’ bilan ta’minlash miqdori ko’paytirilishini qiymatli qog’ozlar bozorini kengaytirish hisobidan ta’minlasin.
5. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga:
kredit kimoshdi savdolari orqali sotishga chiqariladigan kredit resurslarining hajmini ko’paytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, uni 1995-yilning I choragi oxirigicha 25 foizgacha, 1995-yilning II choragi oxirigicha 50 foizgacha yetkazish;
1995-yilning I choragidan boshlab inflatsiyaning shakllanayotgan darajasini hisobga olgan holda mablag’ bilan qayta ta’minlash stavkasiga har oyda tuzatish kiritish tavsiya qilinsin.
6. “O’zistiqbolstat” davlat qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
shu yilning 20-fevraligacha 1995-yil uchun Respublika investitsiya dasturi loyihasini;
shu yilning birinchi choragida xorijiy sarmoya ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish dasturi loyihasini tayyorlasinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
7. “O’zulgurjibirjasavdo” uyushmasi, konsernlar, korporatsiyalar va uyushmalar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari shu yilning birinchi choragi mobaynida mintaqalarda ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlarni sotadigan mayda ulgurji do’konlar tarmog’i tashkil etilishini ta’minlasinlar.
8. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar va konsernlar rahbarlari O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va “O’zistiqbolstat” davlat qo’mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda 1995-yilda mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ni eksport qilish hajmlari o’sishini rag’batlantirishga oid takliflarni kiritsinlar.
9. Bosh vazirning birinchi o’rinbosari I. H. Jo’rabekov, Qishloq xo’jaligi vazirligi, “O’zqishloqxo’jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo’mitasi, “O’zistiqbolstat” davlat qo’mitasi, O’zbekiston Qishloq xo’jaligi fanlari akademiyasi shu yilning 1-martigacha, dehqon (fermer) xo’jaliklarini rivojlantirishga, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini boshqarishning yangi tashkiliy shakllarini shakllashtirishga hamda qishloqda bozor infrastrukturasi va servis xizmati ko’rsatishni har tomonlama kengaytirishga alohida e’tiborni qaratgan holda, qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish va ularning samaradorligini oshirish bo’yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritsinlar.
10. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish maqsadida amaldagi qonuniy va normativ hujjatlar muntazam nazorat qilinishini ta’minlasin va ularga o’zgartirishlar kiritish bo’yicha takliflarni o’z vaqtida kiritsin.
O’zbekiston xalqining kelajagi ko’p jihatdan yerdan foydalanish munosabatlari qanday tashkil etilishiga bog’liq, bo’ladi».
O’zbekiston aholisining deyarli 60 foizi qishloqda yashaydi. Shuning uchun ish bilan ta’minlash masalasi ham qishloqda dolzarb muommadir. 1991 yil dekabrda «Dehqon (fermer) xo’jaliklarini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash to’g’risida»gi farmon qishloq, qishloq ishlab chiqarishni zamon talablari asosida tashkil qilishda katta ahamiyatga ega bo’ldi.
1994-95 yillar davomida Vazirlar Maxkamasi agrar islohatlarga doir 10 dan ortiq qaror qabul qildi. 1992-95 yillar mobaynida qishloq tumanlarida 1137 sovxozlar 530 jamoa qishloqga, 350 kooperativga, 100 dan ortiq ijara va boshqa mulk shakllariga aylantirildi. O’sha yillarda shaxsiy tomorka uchun qo’shimcha 550 ming gektar sug’oriladigan yer ajratildi. Qishloqda fermer xo’jaligi tashkil etilishiga alohida e’tibor berildi. 1994 yil oxirlariga kelib 25 mingdan ortiq fermer qishloq paydo bo’ldi, ular qishloq, xo’jaligini barcha mahsulotlarini yetishtirishda salmoqli hissa qo’shmoqda.
Paxta maydonlari donli ekinlar maydoni kengaytirilmoqda. Vazirlar Maxkamasining 1996 yil may oyida qabul qilgan» O’zbekiston Respublikasi qishloq infrastrukturasini rivojlantirish dasturida qishloqning iqtisodiy va mexnat imkoniyatlaridan yanada to’liqroq va samarali foydalanish uchun, qishloq aholisini turmush sharoitini yaxshilash uchun yo’nalishlar berildi. Shuningdek qishloq hayotiga doir o’tkazilgan islohotlarda ta’lim muassasalari va ularni jixozlash masalalari, qishloq aholisini salomatligini yaxshilash masalalari, aholini tabiiy gaz, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash boralarida ham salmoqli ishlar qilindi. Birgina 1996 yilning o’zida respublikada 62 ta qishloq vrachlik puktlari ishga tushirildi.1997 yilga kelib mamlakatda 3 million 155 mingta xonadon gazlashtirilgan edi.
Hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan aholini ish bilan ta’minlash davlat dasturida 1996-2000 yillar orasidagi davrda qishloqda qariyb 2 millionga yaqin ish joyi yaratish, deyarli 950 ming kishini kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish mo’ljallangan edi va ushbu vazifa ustida amaliy ishlar olib borilmadi. Yana bir muhim bo’g’inlaridan biri, bu makro iqtisodiyotni barqarorligini ta’minlashdir. Birinchi navbatda Respublika iqtisodiyot tuzilmasini yangilash, qayta qurishga kirishildi. Investitsion faoliyat,ya’ni, iqtisodiyotga sarmoya yotqizishi ishlari boshlandi.4
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga kirishildi. O’tgan 1992-97 yillar davomida 7 mlrd AQSH dollari xajmida xorijiy investitsiyalar jalb etildi. 1997 yilga kelib dunyoning 80 mamlakati sarmoyadorlari ishtirokida tuzilgan 3200 qo’shma korxona faoliyat olib bordi. Bugungi kunga kelib ularning soni yanada ortib bormoqda. Hozirgi kunda respublikamiz miqyosida faoliyat yurgizayotgan Andijon avtomobil zavodi, Zarafshon Nyumont korxonasi, Qizilkum fosfarit kombinati, Qo’ng’irot soda zavodi, Xorazm yaxna ichimliklar zavodi, Quvasoy kvars zavodi, Yangiyo’l va Andijon sport zavodlari, Samarqand tamaki fabrikasi., Toshkent ip yigiruv fabrikasi va boshqalar makro iqtisodiyotida barqarorlashib boruvida muhim rol o’ynamoqda.
Tub o’zgarishlar, yangi sanoat korxonalarini ishga tushirilishi sekin asta o’zining ijobiy natijasini bermoqda. Hozirgi kunda mahsulotlari 70 dan ortiq davlatga eksport qilinmoqda. 1997 yil tashqi savdo oboroti deyarli 9 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.
Neft mahsulotlari masalasida esa 1996 yildan boshlab neft mahsulotlarini chetdan sotib olish to’xtadi. Bu iqtisodiyotimizda katta yutuqlaridan hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotida barqarorlikni vujudga keltirishda yalpi mahsulot ishlab chiqarish muhim rol o’ynaydi.
Iqtisodiy islohotlarning borishida o’rta va kichik biznesni rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Hozirgi kunda 180 mingdan ortiq kichik va o’rta biznes subyektlari va 200 mingga yaqin yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyat ko’rsatmoqda.
Yangi parlamentning ko’shma Majlisida (2005-yil 28.01.) I.Karimov 2005-yilning iqtisodiy islohotlarning eng muhim ustuvor yo’nalishlaridan biri kichik biznes va fermerlikni rivojlantirishni chuqurlashtirish va kengaytirishdan iborat. 2007-yil yarmida kichik biznesni 45%ga yetkazish, hozir 36%ni tashkil qiladi, bu ko’rsatkich ilg’or mamlakatlarda 60-65% ni tashkil etadi. Fermer xo’jalikni rivojlantirish uchun shirkat xo’jalikning 2005-2007 yillarda 1100 tasini, 2005-yilda esa 406 tasini qayta tashkil etish kerak. Fermerlarga yer ajratishda mahalliychilik, urug’-aymoqchilikka, poraxo’rlikka yo’l qo’ymaslik vazifasini qo’ydi.
2004-yilda qishloq xo’jaligida yalpi o’sish 10%ni tashkil qildi. Shu jumladan boshoqli don ekinlari besh million tonnaga yaqin, paxta 3,5 mln tonani tashkil qildi.
Kichik va o’rta biznes iste’mol mollar manbayi daromad va foyda manbayi bo’lib, yangi ish o’rnini yaratadi. Kichik va o’rta biznes Yaponiyada 80%, Yevropa Ittifoqida 67%, Germaniyada 65%, AQShda 52% ni tashkil qiladi.5
1995-yil 5-yanvarda Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko’rsatish va uni rag’batlantirish to’g’risida Prezident farmoni, 1995 21fevralda «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish to’g’risida» qonunlar qabul qilindi.
1995-yil Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi tuzilib, bu tadbirkorlarga 10 mlrd.so’m. yordam ko’rsatdi.
Kichik va o’rta biznesga chet ellik investitsiyalar jalb etildi. 2003-yili 450 mln. dollar xorijiy investitsiya sarf qilindi. 1992-1996 85 mln dollarga yaqin 2001-yil boshlarida 190 mln. dollardan oshdi. 2003-yil 1-iyulga kichik va o’rta biznes korxonalari 200 mingdan oshdi.


Yüklə 144,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin