AVTRALIYA FLORISTIK OLAMI Avstraliya savannalarining o‘simliklari Bu materikning savannalarini o‘simlik qoplami ajib tusni hosil qilgan. Bu savannalarning o‘simliklar qoplami boshqa materiklardagi kabi o‘zaro farqlanadigan yaqqol ifodalangan emas, zero hamma joylarda evkaliptlar doimo yashil o‘simliklari o‘sadi. SHunisi taajjubki, bu hududda insonlarning salbiy ta’siriga uchramagan joylar qolmagan hisobi. Fermerlar bu hududlardagi barcha daraxtlarni kesib yuborishgan. Qolganlarida ham evkaliptlar ancha siyrak o‘sadi, soyasi ham oz. Evkaliptlar bilan birgalikda Tristania, Cusuarina cunninghamiana ham bor. Butalar qavatida tashqi ko‘rinishi odam diqqatini tortadigan o‘tsimon daraxt Xomthorrhoea turkumining turlari tarqalgan. Er yuzasini boshoqlilar va paparotnik Pteridium qoplagan.
Avstraliyaning shimoliy-sharqidagi katta maydonlar kserofil buta o‘simliklar bilan zich qoplangan. Ularning orasidaAcacia harpophylla boshqalaridan ko‘p uchraydi. Bu erdagi daraxtlar ko‘pincha buta ko‘rinishiga ega. Avstraliyaning bu o‘simliklar qoplamini boshqa materiklardagi jamoalar bilan qiyoslasa bo‘ladi.
Qing‘ir, qiyshaygan tanali, ko‘kish yashil barglari bo‘lgan o‘simliklar qurg‘oqchilik tufayli yil davomida deyarli o‘smaydi. Bu erning chakalaklari faqat brigel-akasdan iboratgina emas, ular bilan birga rutadoshlar (Rutaceae)oilasidan Flindersia turkumining turlari ham ko‘p. Ancha qalin chakalaklarda avstraliyaning butilka daraxti (Brachychiton repestris) uchraydi. Materikning ichi sahrolardan iborat.
Baobabli o‘rmonlar. Afrikadagi g‘aroyib ko‘rinishli, shoxlari tarvaqaylagan umrboqiy daraxt bu baobab. Uni non daraxti (Adansonia bigitata)deyiladi. Mintaqaning ko‘plab viloyatlarida baobab boshqa daraxtlar bilan turlarga boy baobabli o‘rmonlarni hosil qiladi. Uning ostidagi ma’lum darajada siyrak buta qavati ham turlarga boy. Baobabli o‘rmonlar unumdor tuproqlarda rivojlanadi, oziq moddalarga boy, engil tuproqlarni yoqtirad
Baobab odamlarning hayotida muhim ahamiyat kasb etadi, u aholi istiqomat qiladigan joylarda ko‘p uchraydi. Relikt o‘simlik sifatida uni o‘stiradi. Unga bo‘lgan odamlarning qiziqishi faqat tashqi ko‘rinishidagina emas, odamlar uchun uni foydali tomonlari ko‘pligida urug‘i 15 %gacha yog‘ tutadi, mevasining eti iste’mol qilinadi. YOsh yangi barglari sabzavot sifatida ishlatiladi. Baobab tabobatda va ilmiy tibbiyotda uning mevasini eti ich ketishda (dizenteriya) va tutqanoqda foydalaniladi.
Shimoliy Afrika va Sudan mamlakatining hududidagi katta maydonlarda Combretium turkumining daraxtlaridan iborat quruq tabiatli siyrak o‘rmonlar mavjud. Ular bilan dukkakdoshlar oilasining o‘simliklari ham keng tarqalgan.
Африка суккулентлари Klimanjaro etaklarida siyrak tarqalgan mevali bog‘lar yoki “mevabog‘li” sevannalar mavjud. Ularni ostidagi boshoqli o‘simliklardan iborat tig‘iz o‘t qavatni bo‘yi 2 metrlargacha etadi. Ular bilan tarqalgan bo‘yi 10 metrlardan oshmaydigan daraxtlarning shoxlari o‘zaro tutashmaydi. Shu xolat mevali bog‘ni eslatadi. Bu joylarda yong‘inlar ro‘y bermaganligi tufayli baobabli va Combretium turkumining turlaridan iborat fitotsenoz shakllangan. Bunday tipdagi mevali bog‘lar Markaziy va Janubiy Amerikada ham mavjud. Antil orollari va Markaziy Amerikada Curatella-Byrsonima savannalari mavjud. Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra alohida jozibali savannalar SHarqiy Peruda Braziliyaning ayrim shtatlarida ham (Mamu-Grosu, Baiya, Manas-Jerays) uchraydi.