O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent moliya instituti ”buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti hba-82 talabasi Omonov SherzodAudit fanidan 2-oraliq nazorat ishi reja



Yüklə 14,71 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü14,71 Kb.
#204415
  1   2   3   4
Sherzod Audit 2-oraliq (1)


O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent moliya instituti ”buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti HBA-82 talabasi Omonov SherzodAudit fanidan 2-oraliq nazorat ishi
REJA:
1
2
3
Mavzu: Xaridorlar va buyurmachilar bilan hisoblashishlar auditi
Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishning umumiy qismi - qoldiqlar haqqoniyligini baholash va bajariladigan uslubiy amallar mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishga o’xshash.
№21-BHMSga muvofiq jo’natilgan mahsulot, material, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar uchun xaridor va buyurtmachilar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020- «Olingan veksellar», 6310- «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar», 9010 - «Mahsulotlar sotishdan olingan daromadlar», 9020 - «Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar», 9030 - «Bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar», 9110 - «Sotilgan mahsulotlar tannarxi», 9120 - «Sotilgan tovarlar tannarxi», 9130 - «Sotilgan ishlar va xizmatlar tannarxi», schyotlarida hisobga olinadi.
№21-BHMSga muvofiq jo’natilgan mahsulot, material, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar uchun xaridor va buyurtmachilar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020- «Olingan veksellar», 6310- «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar», 9010 - «Mahsulotlar sotishdan olingan daromadlar», 9020 - «Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar», 9030 - «Bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar», 9110 - «Sotilgan mahsulotlar tannarxi», 9120 - «Sotilgan tovarlar tannarxi», 9130 - «Sotilgan ishlar va xizmatlar tannarxi», schyotlarida hisobga olinadi.
Auditor 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020-«Olingan veksellar» va 6310- «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schyotlari bo’yicha hisob yuritish va nazoratning holati hamda qoldiqlarning haqqoniyligini baholash natijasida xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar bo’yicha muomalalarning ishonchliligini tekshiradi. Bu schyot bo’yicha oborotlarni tekshirishning muhimligi korxona faoliyatini baholaydigan asosiy ko’rsatkich - tovarlar, mahsulotlar, ish va xizmatlarni sotishdan olinadigan daromad ko’rsatkichi bo’yicha axborotlarni shakllantirishi bilan izohlanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotlar tannarxini hisoblashni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda quyidagi vazifalar mavjud:
-ishlab chiqarish xarajatlarini o’rganish va ularning holatiga baho berish;
-mahsulot tannarxini pasaytirish bo’yicha belgilangan rejaning bajarilishi va dinamikasini nazorat qilish;
-ishlab chiqarish xarajatlarining iqtisodiy elementi va kalkulyatsion moddalari bo’yicha o’rganish va ularga baho berish;
-tannarxning o’zgarish sabablarini aniqlash va unga ta’sir etuvchi omillarni miqdor jihatidan hisoblash;
-ayrim turdagi mahsulot tannarxini xarajat moddalari bo’yicha tahlil etish;
-ayrim turdagi mahsulot tannarxini xarajat moddalari bo’yicha tahlil etish;
Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarga doir muomalalarni tekshirishda 4010, 4020 va 6310 schyotlar bo’yicha hisob registrlari ma’lumotlarining Bosh daftar hamda o’zaro aloqador hisob registrlari ma’lumotlari bilan tengligi aniqlanadi. Bunda asosan 4010- schyot debeti bo’yicha yozuvlar 9010, 9020, 9030, 9210, 9220-schyotlarning krediti bo’yicha yozuvlar bilan solishtiriladi. Agar qonun yoki oldi-sotti shartnomasida tovarga mulkchilik huquqining maxsus tartibi ko’zda tutilmagan bo’lsa, uholda umumiy qoida bo’yicha mulkiy huquq mol etkazib beruvchidan xaridorga tovarni jo’natish 353 vaqtida o’tadi va debet 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» va kredit 9010-«Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar»schyoti yozuvi bilan aks ettiriladi. Bunday yozuv soliqqa tortish maqsadi uchun qanday hisob tartibi - «to’lov bo’yicha» yoki «jo’natish bo’yicha» qabul qilinganidan qat’iy nazar amalga oshiriladi. Dastlabki hujjat va 4010- schyotning hisob registri bo’yicha mahsulot jo’natilgan sanani taqqoslash orqali muomalalarning o’z vaqtida aks ettirilishi nazorat qilinadi.
Veksellar bilan hisob-kitob qilinganida №21 BHMS talablariga muvofiq 4020 -«Olingan veksellar» schyotini yuritish tartibiga rioya qilinishi va xaridorlarning veksellar bilan ta’minlangan qarzlari analitik hisobining tuzilishiga qat’iy e’tibor qaratilishi lozim. Bunda xususan, veksellarning to’lov muddati, banklarda hisobga olinganligi (diskontlangani), o’z vaqtida puli kelib tushmaganlari alohida tekshirilishi zarur.
Shuningdek, olingan veksellar bo’yicha veksel foizlari va QQS aks ettirilishi, veksel bo’yicha pul mablag’larining kelib tushish chog’ida (tovarlar, qarama-qarshi talablar) vujudga keladigan majburiyatlar to’g’riligi tekshiriladi.
Muomalalarning hujjat bilan asoslanganligini tekshirish chog’ida tovar (mahsulot, ish va xizmat)lar bahosi shakllanishining shartnoma shartlariga muvofiqligi, hamda QQS summasi va xaridorlarga taqdim qilingan schyotlar boshqa elementlarining to’g’riligi aniqlanadi. Xaridorlar tomonidan schyotlarni to’lashning o’z vaqtidaligi va to’liqligi 5110, 5210, 5220, 6310, 7310 schyotlar bilan boglanadigan ma’lumotlarni taqqoslash va analitik hisob registrlaridagi yozuvlarni ko’rib chiqish yo’li bilan aniqlanadi.
Agar shartnomada tovarlarga mulkiy huquq o’tishining maxsus tartibi ko’zda tutilgan bo’lsa, u holda jo’natilgan qiymatliklarga mulkiy huquq ularni jo’natish vaqtida emas, balki pul to’lanish vaqtida o’tishi mumkin. Bu holda jo’natilgan va sotilgan tovarlar uchun xaridorlarning qarzlari ham shunday yozuv bilan, ammo pul to’lanish vaqtiga aks ettirilishi muhimdir. Bu xaridorlar bilan chet el valyutasida hisoblashilganida va xaridorlar bilan shartli birliklarda hisoblashilganda o’ta muhimdir. Chunki muomalalarni aks ettirish sanasiga bog’liq holda valyuta kursi natijada esa umumiy qarzdorlik, kurs va summa tafovutlari aniqlanadi.
Tekshiruv jarayonida xaridorlarning muddatlari o’tib ketgan debitor qarzlari talab qilinganligi va talab qilinmaganligini aniqlab tahlil qilinadi. Debitor qarzlarni hisobdan o’chirish faktlari bo’yicha auditor ushbu faktlarning asoslanganligi va to’g’ri aks ettirilganligini aniqlaydi.
Debitor qarzlarning ahvoli va ularni hisobdan o’chirishni tekshirish amallari shubhali qarzlar bo’yicha rezerv yaratish va undan foydalanishni tekshirish amallari bilan kesishadi. Shubhali qarzlar bo’yicha rezervlardan foydalanishning asosliligini tekshirish debitor qarzlarni hisobdan o’chirish chog’ida ko’rib chiqiladi.

Yüklə 14,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin