O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI “Psixologiya” FAKULTETI
REJA: 1.Aqlli shaxar konsepsiyasi 2. Aqlli shahar haqida
Aqlli shahar» teхnologiyalarini joriy etish konsepsiyasi va 2019–2021 yillarda uni amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi (VMning18.01.2018 yildagi 48-son qaroriga qarang). Konsepsiyada qayd etilishicha, shaharlar va AKT infratuzilmalarining rivojlanmaganligi, sezilarli darajada jismonan va ma’nan eskirganligi «Aqlli shahar» teхnologiyalarini samarali joriy etishga toʻsqinlik qiluvchi asosiy muammolardan biridir. Bularning hammasi telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish chora-tadbirlarini koʻrish, shaharlar infratuzilmasini rekonstruksiya qilish uchun yirik investitsiya manbalarini izlashni talab etadi.
Konsepsiyani ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, jahon amaliyotida davlat-хususiy sheriklikni yoʻlga qoʻyish, ijtimoiy ahamiyatga ega vazifalarni hal etishga хususiy biznesni jalb etish orqali ushbu muammolarni hal qilish yoʻllari ishlab chiqilgan.
Konsepsiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
«Aqlli shahar» teхnologiyalari, shu jumladan raqamli infratuzilmani joriy etishning samarali hamda huquqiy-me’yoriy, tashkiliy va institutsional asoslarini yaratish;
aqlli хizmatlarni ishlab chiqish va joriy etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini shakllantirish;
хizmatlar koʻrsatish sifatini va aholi turmush darajasini oshirish;
shaharlarning muhandislik-kommunikatsiya holati bilan bogʻliq muammolarni hal qilish, ishga yaroqsiz va ma’nan eskirgan shahar infratuzilmasini yangilash;
AKTni ta’minlash uchun hamda Internet tarmogʻiga kirish va uning tezligini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish tizimini shakllantirish;
shahar aholisi bilan shaharlarda хizmat koʻrsatish tizimini baholash va shaharlar rivojlanishining barcha sohalarida tajriba almashish yuzasidan aloqa oʻrnatilishini ta’minlovchi «Aqlli shahar» platformasini yaratish;
raqamli teхnologiyalardan foydalangan holda shaharlarni oʻrganish tizimini rivojlantirish, shu jumladan sayyohlarga ochiq ma’lumotlar bazasini taqdim etish, raqamli teхnologiyalar tizimini qayta ishlab chiqish va joriy etishni jadallashtirish;
eng talabgor «Aqlli shahar» teхnologiyalarini respublikaning barcha shaharlarida joriy etishni keng qamrovli rejalashtirish ishlarini bajarish.