O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Namangan Muxandislik-qurilish instituti “Iqtisodiyot va boshqaruv”fakulteti Iqtisodiyot kafedrasi “Raqamli iqtisodiyot” fanidan MUSTAQIL ISH Mavzu:Virtualvato‘ldirilganreallik texnologiyalari
VIRTUAL VA TO‘LDIRILGAN REALLIK TEXNOLOGIYALARI Reja Kirish
Virtual va to‘ldirilgan reallik texnologiyalarining mohiyati.
To‘ldirilgan reallik - AR (augmented reality, AR) texnologiyalar ob’ekt to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘ldirish, qabul qilishga yordam beruvchi sensor qurilmalar sifatida.
VR (virtual reality, VR, sun’iy reallik) virtual reallik – texnik vositalar yordamida ob’ekt to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yaratish,
Insonlarga ularning tasavvurlari orqali etkazish usuli. AR/VR texnologiyalarni rivojlantirish muammolari va jahon bozori xususiyatlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Virtual va to‘ldirilgan reallik texnologiyalarining mohiyati. Raqamli iqtisodiyot bu - real voqelikni to‘ldirib turadigan virtual muhitdir. G‘arb mamlakatlari ekpertlari raqamli texnologiyalar iqtisodiyot subyektlari va boshqaruv o‘rtasidagi munosabatlar sozlanmagan bo'lsa, ish bermasligi borasida yakdil fikr bildiradilar. Faol axborotlashtirish jarayoni iste'molchilarning xulq-atvorini o‘zgartirib yuboradi. Marketing ham asta-sekinlik bilan to‘xtovsiz ravishda iqtisodiy o‘zaro aloqalarning mohiyatiga, har bir kishini iqtisodiy o‘zaro aloqalarga kirishishga majbur qiladigan asosiy harakatlantiruvchi kuch - ehtiyojlarga yaqinlashmoqda. Raqamli iqtisodiyotda boshqaruv jarayoni (professional kadrlar orqali) - o‘zaro aloqalarni boshqarishningkomp'yuterli tizimi bo‘lib, insoniyatning o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish borasida elektron ma'lumotlardan faol foydalanish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni olib boradi. Masalan, unda tizim faoliyatini bashorat qilish, rejalashtirish, tashkil qilish, ijro etish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish ko‘zda tutilgan. Ya'ni, mamlakatni rivojlantirish yo‘llarini ishlab chiqish va hayotga tadbiq qilish uchun ma'lumotlarni to‘plash va tahlil qilish asosida xalq xo‘jaligi majmuini boshqarishning umumiy integrallashgan tizimi bo‘lishi lozim.
Uzoq istiqbolda «raqamli» (elektron) iqtisodiyot og‘ir jismoniy mehnatga mahkum odamlarning erkinlik haqidagi ko‘p asrlik orzularini ro‘yobga chiqirishga qodir bo‘lgan vositaga aylanishi mumkin. Ko'pchilik insonlarga ijod, fan (ham fundamental, ham amaliy) vasan'at uchun keng imkoniyatlar ochiladi. Raqamli inqilob qaysidir tarmoqlar va mamlakatlarga ilgariroq va kuchliroq, boshqalarga esa kechroq va kamroq kirib keladi. Servis hizmatlari, media va ko‘nilocharliklar birinchi bo‘lib, ulardan keyin esa telekommunikatsiya kompaniyalari va banklar raqamlashtirishga mubtalo bo‘ladi. Lekin tahlilchilarning umumiy fikrlari va kompaniyalar menejerlari orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga asosan, raqamlashtirish u yoki bu darajada hammamizga ham daxl qiladi.Bugungi kunda bizhar bir mohiyatniu u yoki bu olamga mansub sanagan holda identifikatsiya qilishimiz mumkin, lekin ma'lum vaqt o‘tgandan so‘ng, ko‘pchilik obyektlar uchun bunday taqsimlashni amalga oshira olmaymiz. Bunday misollar bugunning o‘zidayoq mavjud: IP-kamera yoki tarmoqqa ulangan boshqa har qanday uzatgich - u qaysi olamning bir qismi hisoblanadi? Shubhasizki, ular ikkala olam hodisalirining mohiyati sanaladi. Mobil telefon bugungi kunda ko‘plab ma'lumotlarni: telefon raqamlarini, tug‘ilgan kun haqidagi ma'lumotlarni, fotosuratlarni, parollarni va boshqa ma'lumotlarni saqlaydi. Biz hatto telefon bilan jismonan bog‘lanmagan bo‘lsakda, funksional jihatdan o‘zimizni u bilanbir butun deb his qilamiz. Real va virtual dunyolarning birlashib ketish jarayoni boshlan va uni to‘xtatishning imkoni yo‘q deb aytish uchun alohida bir jasurlik shart emas.
Real va virtual dunyolarning birlashuvi natijasida yangi gibrid dunyo hosil qilinib, unda biz uchun hozirgi kunda odatiy bo‘lgan qonunva qoidalardan farq qiladigan boshqacha qonun-qoidalar amal qiladi. Shu nuqtai-nazardan aytish joizki, qolgan iqtisodiyotdan alohida ravishda bo‘ladigan «raqamli» iqtisodiyot mavjud emas: «Raqamli» (elektron) iqtisodiyot bu- gibrid dunyo sharoitlarida mavjud bo‘lgan iqtisodiyotdir. Gibrid dunyo bu - real dunyoda virtual dunyo orqali barcha «hayotiy ahamiyatga ega» harakatlarni amalga oshirish imkoniyati bilan ajralib turadigan real va virtual dunyolar birlashuvi natijasidir. Bu jarayon uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) qiymatining pastligi, yuqori samaradorligi va raqamli infratuzilma ochiqligi zarur shartlar hisoblanadi.
Raqamli biznes bu - jismoniy va raqamli dunyolarni birlashtiradigan yangi biznes-modellar paydo bo‘lishidir. Schoolof Management esa raqamli o‘zgarishni «korxonalar qiymati va unumdorligini tubdan oshirish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish» sifatida ta'riflaydi.Ijtimoiy tarmoqlar, smartfonlar bozori, internetga keng polosali ulanish, mashinali o‘qitish texnologiyalari vasun'iy intellektning «portlab» o‘sishi kompaniyalar faoliyat yuritayotgan dunyoni o‘zgartirib yuboradi. Ular yoki yangi bozordagi bo'sh joylarni egallashlari yoki mavjud bo'sh o'rinlarni o‘zgartirgan holda o'zlarini o‘zgarishlarga moslab olishi lozim bo'ladi. Shunday bo‘lib chiqadiki, tashkilotlarning raqamli o‘zgartirish bu - yangi axborot texnologiyalarining rivojlanishi va butun dunyo bo‘ylab faol tarqalishiga javob hisoblanadi. Raqamli o‘zgartirishturli darajalarga erishib, ular o‘rtasidagi farq ikkita atama - «raqamli ko‘rinishga keltirish» va «raqamlashtirish» o‘rtasidagi farq bilan bir xil ma'noga ega bo'ladi. Raqamli ko‘rinishga keltirish bu - axborotni jismoniy vositalardan raqamli vositalarga o‘tkazishdir. Raqamli ko‘rinishga keltirishga misollar - elektron kitoblar, videokurslar, suratning raqamli nusxasini yaratish va boshqalar. Bunda axborot strukturasining o‘zgarishi ro‘y bermaydi: u faqat elektron shaklga ega bo‘ladi, xolos. Raqamli ko‘rinishga keltirishko‘pincha mavjud biznes-modelni takomillashtirish va biznes-jarayonlarni optimallashtirish uchun foydalaniladi.
Virtual dunyo bilan o‘zaro aloqalar sifatida raqamli iqtisodiyotdan raqamli modellashtirish o'tish va buyumlar internetini tushunishimiz mumkin. Albatta, milliy iqtisodiyotdagi moliyaviy munosabatlarni milliy kriptovalyuta ko‘rinishidagi raqamli valyutasiz amalga oshirib bo‘lmaydi.
Ko‘plab axborot tizimlari operatsiyalarni insondan ko‘ra yaxshiroq, tezroq va arzonroq bajaradi, bu esa xatolar sonini minimallashtirshi tufaylo misli ko‘rilmagan darajada tezkor harakat qilishga erishish imkonini beradi. Hozirgi paytda talabalarga yordam berish uchun robot-yordamchilar, robot-jurnalistlar va hatto vazifalarni odamlardan ko‘ra samaraliroq taqsimlaydigan robot-rahbarlarga misollar mavjud. U yoki bu jarayon davomida bir-biri bilan o‘zaro aloqa qiladigan axborot servislari to‘plami servis biznes-jarayonlarini raqamli o‘zgartirishning natijasi hisoblanadi. Ko‘plab banklar hozirda qarz oluvchini baholash jarayonlarini inson ishtiroisiz amalga oshirmoqda. Yangi shaklagi kompaniyalarda taksi chaqirishdamijoz va haydovchi o‘rtasidagi barcha o‘zaro aloqalaraxborot tizimi yordamida amalga oshirilib, odam ishtiroki hatto ko‘zda ham tutilmayapti.Lekin biznes-jarayonlardan odamlar ishtirokini doim ham to‘liq istisno qilish mumkin emas. Bunda raqamli o‘zgartirish tezkor rejimda ma'lumotlar to‘plashga imkon beradi va robototexnika texnologiyalari yordamida raqamli aloqa kanallari bo‘yicha masofadan turib boshqarishni ta'minlaydi. Bunday o‘zgarishlarga misollarni hizmatlar sohasida, neft qazib chiqarish, elektrenergetikasi va ishlab chiqarishda kuzatishimiz mumkin. Shak-shubhasizki, zamonaviy biznesda «raqamli o‘zgartirish» so‘z birikmasi tobora ko‘proq yodga olina boshladi. Aftidan, jahon miqyosida faol rivojlanayotgan yangi texnologiyalar tez orada bizning raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlarimizini tubdan o‘zgartirib yuboradi.