O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Namangan Muxandislik-qurilish instituti



Yüklə 33,52 Kb.
səhifə2/4
tarix07.01.2024
ölçüsü33,52 Kb.
#207764
1   2   3   4
raqamli iqtisodiyot (2)

To‘ldirilgan reallik - AR (augmented reality, AR) texnologiyalar ob’ekt to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘ldirish, qabul qilishga yordam beruvchi sensor qurilmalar sifatida.

Raqamli iqtisodiyot tayanadigan asosiy texnologiyalardan yana biri bu - buyumlar internetidir. Ya'ni, ko‘plab maishiy uskunalar elektr tarmog‘iga ulanganligi odatiy, lekin bular ikkinchi darajali hisoblanadi. Moddiy dunyoning tobora ko‘plab obyektlari internetga ulanmoqda, bu esaaxborot to‘plash va hatto bu obyektlarni masofadan turib boshqarishni ham ta'minlamoqda. Amalda internetda tashqi dunyo va obyektning turli ko‘rsatkichlaridan iborat bo‘lgan moddiy obyektning virtual nusxasi paydo bo‘lib, ushbu obyektni internet orqali boshqarishga mikon bermoqda. Buyumlar internetiga misol qilib, masalan, texnik yordam hizmatida aniqlangan buzilishlar va rejadan tashqari ta'mirlash doirasida almashtirish lozim bo‘lgan ehtiyot qismlar ro‘yxatini yuboradigan vitual ma'lumotlar uzatish tizimini keltirib o‘tish mumkin. Buyumlar interneti sohasi rivojlanishining keyingi bosqichida buyumlarning nafaqat odam bilan, balki o‘zaro aloqa qilishi mumkinligi ham hisoblanadi, bu konveyerli liniyalarda, texnik ta'mirlash tizimlarida, logistika va boshqa ko‘plab biznes sohalarida avtomatlashtirilgan o‘zaro aloqalarga erishish imkonini beradi. Lekin hali yechimini kutib turgan masalalar ham bor, chunonchi: elektr energiyasini minimal tarzda iste'mol qiladigan elektronika, shuningdek, buyumlarning o‘zaro aloqa qilishi uchun yangi aloqa standartlarini yaratish.


Raqamlashtirish bilan bog‘liq yana bir innovatsion yo‘nalish bu - to‘ldirilgan reallikdir (Augmented Reality, AR). Real dunyoga virtual dunyo obyektlarini qo‘shishga imkon beradigan to‘ldirilgan reallik texnologiyasi eng istiqbolli texnologiyalardan biri hisoblanadi. Tasavvur qiling, ko‘chada ketayotib, yoningizda bo‘lgan odamlar va obyektlar haqida qo‘shimcha axborot ko‘rasiz. To‘ldirilgan reallikka misollar mavjud bo‘lib, ular hayotda faol qo‘llanmoqda. Masalan, Moskvadagi ayrim parklarda moddiy dunyo obyektining virtual dunyo obyektiga bog‘langanini ko‘rsatadigan belgilarni uchratish mumkin. To‘ldirilgan reallik elementlari bo‘lgan o‘yinlar faol tarqalmoqda, magazinlarda virtual ko‘zgular va kiyimlar kiyib ko‘rish xonalari mavjud, to‘ldirilgan reallik avtomobillarda ham sinab ko‘rilmoqda. Biznesda virtual reallik texnologiyalari u qadar faol qo‘llanmaydi, u yerda hozir 3D-modellashtirish texnologiyalariga talab kuchliroqdir. Real dunyoning raqamli 3D-modellarini tuzishga misollar servis sohasi korxonalari, qurilish kompaniyalari, murakkab texnologik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar, neft qazib chiqarish va boshqa tarmoqlar hisoblanadi. 3D- modellashtirish doirasidanafaqat obyektlar modellarini tuzish haqida, balki ularni ma'lumotlar bilan to‘ldirish haqida ham gapirish mumkin bo‘lib, bu o‘z navbatida,boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayonini optimallashtirishga va oqibatda mahsulotlarni loyihalashtirish vositalarini ularni ishlab chiqarish vositalari bilan bog‘lashga imkon beradi. Shu bilan bir paytda virtual reallik texnologiyalarini ommaviy joriy qilish yo‘lida insonning virtual reallikdagi yanada haqqoniyroq ishtirokini ta'minlaydigan uskunalarningyangi avlodlarida virtual dunyoni aks ettirishning realligini yanada oshirishni ta'minlash kerak bo‘ladi. Shubhasizki, raqamli iqtisodiyot robototexnika bilan ham chambarchas bog‘liq. Robotlarning insonlar hayotidagi ishtiroki fantastlar tomonidan ko‘p marta muhokama qilingan, lekin hozirda robotlar bizning real hayotimizga ham tezkorlik bilan va bevosita kirib kelmoqda. Odamlar ishlab chiqarishda bajaradigan oddiy funksiyalarni robotlar bajarishi xatolar sonini ancha kamaytirish hamda ishlarning bajarish tezligini oshirishga imkon beradi. Sir emaski, ko‘plab sanoat kompaniyalari yig‘uv liniyalari va logistikada robototexnikani faol qo‘llaydi, bu inson omilining ahamiyatini pasaytirish va minimal sondagi odamlarni jalb qilishga imkon beradi. Sanoat robotlari qiymatini (bahosini) pasaytirish ularni qo‘llashdan iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini yaratadi vaodamlarga amalda qanday qilib mexanizmlar avtomatik rejimda inson ishtirokisiz mahsulot ishlab chiqarishini kuzatib turishiga to‘g‘ri keladi, xolos. Germaniyada hattoki 4.0.Industriyaatamasi ham paydo bo‘lgan bo‘lib, u avtomatlar ishlab chiqarish jarayoni doirasida o‘zaro aloqa qiladigan to‘liq avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish va logistika tarmoqlari tuzishni ko‘zda tutadi. Robototexnika, buyumlar Interneti, sun'iy intellekt va 3D-bosmaning uyg‘unlashuvihozirgi paytda krossovkadan tortibavtomobillargacha bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha to‘liq mexanizatsiyalashgan fabrikalar qurishga imkon bermoqda. 3D-bosmaqurilishiba'zi bir tarmoqlarni va mashinasozlikni tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin bo‘lgan texnologiyadir. Polimerlar, beton, metall va hatto oltindan ham mahsulot bosib chiqarishi mumkin bo‘lgan 3D-printerlarning juda ko‘p miqdorda yaratilishi ishlab chiqarish tsikli tushunishning o‘zini ham o‘zgartiradi, chunkiko‘plab mahsulot turlarini uydan chiqmasdan, faqat uch o‘lchamli model va 3D-printerga ega bo‘lgan holda olish mumkin bo‘ladi. 3D-bosmanio‘zlashtirishgamashinasozlik ham faol qo‘shilgan bo‘lib, bu yerda detallarni «klassik» usulda olishdan ko‘ra, bosib chiqarish arzonga tushadi. Kiyim-kechak va oyoq kiyimi dizaynerlari ham o‘zlarining yangi mahsulotlarini bosib chiqarmoqdalar. Quruvchilar, zargarlar, tibbiyot xodimlari ham o‘z biznes jarayonlarida 3D-bosmadan faol foydalanmoqdalar. O‘zini-o‘zi bosib chiqarishi mumkin bo‘lgan printer ham yaratilgan. Xitoy kompaniyalari esa istalgan shaxs uy sharoitlarida o‘zi uchun 3D-printer yig‘ib olishi mumkin bo‘lgan konstruktorlar ishlab chiqara boshlagan. Garchi texnologiya yo‘lida hali murakkab mahsulotlar bosib chiqarish bilan bog‘liq savollar turgan bo‘lsada, oyoq kafti xususiyatlarini hisobga oladgan xolda yangi krossovka bosib chiqarish mumkin bo‘ladigan murakkab tarkibiy qismli mahsulotlar bosib chiqarish imkoniyati paydo bo‘lishining ehtimoli juda yuqori. Asosiysi, bu ishni uydan chiqmasdan ham bajarsa bo‘ladi.



Yüklə 33,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin