Ishbilarmonlik o'yini texnologiyalari uch bosqichdan iborat
(3.12-rasm).
I. Tаyyorlаsh bоsqichi
|
|
1.1.
O’yinni iShlаb chiqiSh
|
Sцеnаriyani iShlаb chiqiSh
|
Yo’riqnоmа mаzmunini iShlаb chiqiSh
|
Mоddiy tа’minоtni tаyyorlаSh
|
Guruhni ShаkllаntiriSh
|
1.2.
O’yingа kiriShiSh
|
Rоllаr tаqismоti
|
Muаmmо vа mаqsаdlаrni vujugа kеltiriSh
|
SHаrtlаr, qоidаlаr, rеglаmеnt o’rnаtiSh
|
Mаslаhаtlаr bеriSh
|
II. O’TKАZISH BОSQICHI
|
2.1.
TоpShiriq ustidа guruh bilаn iShlаSh
|
Mаnbаlаr bilаn iShlаSh
|
Trеning
|
Miyalаr hujumi
|
O’yin tехniki bilаSh iShlаSh
|
2.2. Guruhlаrаrо munоzаrа
|
Guruhlаrning chiqiShi
|
Nаtijаlаrni himоya qiliSh
|
Munоzаrа qоidаsi
|
Tаqrizchilаr (ekspеrt) iShi
|
III. TАHLIL BОSQICHI
|
3.1.
|
O’yindаn chiqаriSh
|
3.2.
|
Tаhlil
|
3.3.
|
IShni bаhоlаSh vа o’zigа bаhо bеriSh
|
3.4.
|
Хulоsа vа umumlаShtiriSh
|
3.5.
|
Tаvsiyalаr
|
3.12-rasm. Ishbilarmon o'yinning texnologik sxemasi
O'yinni tayyorlash bosqichi. Bu bosqich o'z navbatida ikki qismdan iborat: o'yinni ishlab chiqish, o'yinga kirishish. O'yinni ishlab chiqish - o'yin senariysini ishlab chiqish, yo'riqnomalar tuzish va moddiy ta'minotni ta'minlashni o'z ichiga oladi. Ishbilarmonlik o'yini, senariyasi quyidagilardan iborat: o'quv maqsadi; o'yin vazifasi, o'rganiladigan muammo tafsiloti; vaziyatning tafsiloti va ishtirok etuvchilarning tasnifi. O'yinga kirishish quyidagilarni anglatadi:
guruhni shakllantirish;
mashg'ulotlarning bosh maqsadini ifodalash;
muammo va vaziyatni vujudga keltirish;
rollarni taqsimlash,
o'yin reglamentini o'rnatish;
materiallar, yo'riqnomalar, qoidalar va ko'rsatmalar to'plamini tarqatish;
maslahatlar berish. Rollar qur'a tashlash yo'li bilan taqsimlanadi. Reglamentga, muloqot etikasiga, faollikni namoyish etishga va o'yirmi oxirigacha ishtirok etilishiga alohida e'tibor qaratiladi.
O'yinni utkazish bosqichi. Bu bosqich - guruh bilan vaziyatni barpo etish ishlari va guruhlararo munozaradan iborat. Ishtirokchilarning roliy holatlari, ishbilarmonlar o'yinini shakliga bog'liq va quyidagicha bo'lishi mumkin.
guruhdagi ish mazmuniga kо'rа - g'oyalarni yaratuvchi va uzatuvchi ishlab chiquvchi, taqlidchi, tashxischi, zukko, xulosa qiluvchi.
ishtirokchilarning tashkiliy vaziyatlariga ko'ra - tashkilotchi, muvofiqlashtiruvchi, yig'uvchi, nazoratchi, murabbiy, boshqaruvchi.
yangilikka nisbatan munosabatiga ko'ra - tashabbuskor, ehtiyotkor tanqidchi, yangilikka qarshilik ko'rsatuvchi (konservator).
uslubshunoslik holatiga ko'ra - uslubshunos tanqidchi, uslubchi, muammochi, dasturchi.
ijtimoiy-psixologik holatiga ko'ra - yetakchi, hurmat qilinuvchi, qabul qilinuvchi, mustaqil, qabul qilinadigan, rad etiluvchi.
O'yin jarayonida hech kim o'yinga ta'sir qilish huquqiga ega bo'lmaydi. Faqat boshlovchigina, zaruriyat tug'ilganida, o'yin ishtirokchilari harakatlariga tuzatishlar kiritishi mumkin.
O'yin natijalarini taxlil etish bosqichi quyidagilarni o'z ichiga oladi: taqrizchilarni chiqishlari, fikrlar almashinuvi, ishtirokchilarning o'z qarorlari va xulosalarini himoya qilishi, yakun yasash.
Ta’lim jarayonidagi o‘quvchining faolligi, didaktikaning asosiy tamoyillaridagi biri bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib koladi. O‘quvchining faolligi, maqsadli yo‘naltirilgan boshqaruvchi pedagogik ta’sirlar va pedagogik muhitning tashkil etilishi natijasidir. O‘quvchilarning faolligini ta’minlovchi, o‘qitish texnologiyalaridan biri - pedagogik ishbilarmonlik o‘yini hisoblanadi. O‘yin faoliyatiga qiziqish, o‘quvchilarning o‘z-o‘zini ifoda etish, ro‘yobga chiqarish kabi ehtiyojlarini qondiruvchi, musobaqalashish elementlari orqali ta’minlanadi.
Dostları ilə paylaş: |