O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
Pedagogika fakulteti
KURS ISHI
Mavzu: Ishbilarmonlik òyini usuli va undan foydalanish.
Bajardi:Pedagogika va Psixologiya yo’nalishi
107-20-guruh talabasi Kuvayeva Gulnoza Rahbar: ___________ _______________.
Sana “___”____________2023-yil.
Guliston – 2023
Reja:
Kirish………………………………………………………………………….. 3
I Bob. Ta’limda o’yinli mashg’ulotlardan foydalanish maqsad
va vazifalari……………………………………………………………………..4
O'yinning ajoyib xususiyati………………………………….4
Ishbilarmonlik o'yini………………………………………. 13
II Bob. Didaktik o’yinli mashg’ulotlarning o’ziga xos
xususiyatlari…………………………………………………………16
Didaktik o’yinli mashg’ulotlarning o’ziga xos
xususiyatlari………………………………………………………16
O’qitishning faol pedagogik texnologiyalari……………….24
Xulosa………………………………………………………………..33
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………34
Kirish
Ta’limda o’yinli mashg’ulotlardan foydalanish maqsad va vazifalari
Ta’lim jarayonida o’yinli texnologiyalar didaktik o’yinli dars shaklida qo’llaniladi. Ushbu darslarda o’quvchlarning bilim olish jarayoni o’yin faoliyati orqali uyg’unlashtiriladi. Shu sababli o’quvchlarning ta’lim olish faoliyati o’yin faoliyati bilan uyg’unlashgan darslar didaktik o’yinli darslar deb ataladi.
Inson hayotida o’yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
- o’yin faoliyati orqali shaxsning o’qishga, mehnatga bo’lgan qiziqishi ortadi;
- o’yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi ya’ni, kommunikativ – muloqot madaniyatini egallashi uchun yordam beriladi;
- shaxsning o’z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o’zligini namoyon etishiga imkon yaratiladi;
- hayotda va o’yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengish va mo’ljalni to’g’ri olish ko’nikmalarining tarkib topishiga yordam beradi;
- o’yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi;
- shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi;
- insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, ma’naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishga e’tibor qaratiladi;
- o’yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko’zda tutiladi.
Didaktik o’yinli mashg’ulotlarni o’quvchlarning bilim olish va o’yin faoliyatining uyg’unligiga qarab: syujetli-rolli o’yinlar, ijodiy o’yinlar, ishbilarmonlar o’yini, konferentsiyalar, o’yin-mashqlarga ajratish mumkin.
O’qituvchi-pedagog avval o’quvchlarni individual (yakka tartibdagi), so’ngra guruhli o’yinlarga tayyorlashi va uni o’tkazishi, o’yin muvaffaqiyatli chiqqandan so’ng esa, ularni ommaviy o’yinlarga tayyorlashi lozim.
Dostları ilə paylaş: |