O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti kurs ishi mavzu: Ishbilarmonlik òyini usuli va undan foydalanish



Yüklə 490 Kb.
səhifə8/14
tarix02.06.2023
ölçüsü490 Kb.
#121998
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Ishbilarmonlik òyini usuli va undan foydalanish.

Muammoli topshiriqlar. Nazariya va amaliyotning birligini ta’minlash-eng murakkab pedagogik vazifadir. Aniq vaziyat va qo’yilgan masalaning mohiyatidan kelib chiqqan holda muammoli topshiriqlar yordamida yaxshi natijaga erishish mumkin. Faktlar va ma’ruza materiallari o’zlashtirish, topshiriqlar hamda mashq va masalalar yechimida muammoli vaziyat yaratilishi qo’l keladi. Bunda ham kam sonli ishtirokchilardan iborat guruhlar shakllantiriladi. O’quv materiali guruxlarga alohida-alohida bo’lib beriladi. Yakuniy xulosalar va yechimlar topilgach mavzular guruhlar orasida ayirboshlanadi. Yechimlar va fikrlar xilma-xilligi yuzaga kelsa o’qituvchi bosh hakam tarzida so’nggi va hal qiluvchi so’zni aytadi. O’quv materialining o’quvchilar yosh xususiyatlariga mosligi bunda o’ta muhim omildir.
Muammoli topshiriqlar o’qituvchidan katta va qiyin mehnatni talab qiladi. SHu boisdan, ularning sinovdan muvaffaqiyatli o’tgan variantlarini topish va qo’llash murakkab jarayondir.
Loyihaviy topshiriqlar. Biror o’quv materialini atroflicha va chuqur o’rganish uchun bu yondashuv katta samara beradi. O’rganish, tahlil qilish, baholash, xulosa chiqarish va yakuniy qarorga kelish uchun uzoq muddatli loyihalangan reja zarur. Bu tadbirni o’tkazish uchun bazaviy va boshlang’ich tayanch ma’lumotlar talab qilinadi. O’quv predmetini o’zlashtirishning bosqichlarida davriy ravishda tatbiq qilinadi. Bunday topshiriqlar o’quv ijodkorligini oshiradi, mustaqillik sari yetaklaydi.

Ishbilarmonlik o'yini (10') o'zida mutaxassisning kelajakdagi kasbiy faoliyatining predmeti va ijtimoiy mazmunini tiklash shaklini mujassamlashtiradi, faoliyat yaxlitligini belgilovchi shunday munosabatlar tizimini modellashtiradi.


Belgili vositalar (til, nutq, grafddar, jadvallar, hujjatlar) yordamida, ishbilarmonlik o'yinida asosiy muhim belgilariga ko'ra haqiqiy vaziyatga o'xshash kasbiy vaziyat vujudga keltiriladi. Shu bilan birga ishbilarmonlik o'yinida, qisqa vaqt ichida faqat turdosh umumiy vaziyatlar qayta tiklanadi.
Ishbilarmonlik o'yigi kelajakdagi kasbiy faoliyatning pridmeti iihatini (shartli amaliyot) talabalarning boshqa rolll holatdagi vakillar bilan o'zaro muloqotda bo'luvchi ijtimoiy jihatini vujudga keltiradi. Shunday qilib, ishbilarmonlik o'yinida jamoaviy o'quv faoliyatning yaxlit shakli - ishlab chiqarish, kasbiy faoliyati sharoiti modelida yaxlit obyektda amalga oshiriladi.
Ishbilarmonlik o'yinida talaba o'zida o'quv va kasbiy elementlarni uyg'unlashtirgan o'xshash kasbiy faoliyat bajaradi. Bilim va ko'nikmalami o'zlashtirilishi abstrakt darajada emas, balki kasbiy mehnat kontekstida amalga oshadi. Kontekstli o'qitishda bilimlar kelajak uchun bekorga emas, balki o'quvchining real o'yin jarayonidagi harakatini ta'minlaydi. Bir vaqtning o'zida, o'quvchi kasbiy bilimlar bilan qatorda maxsus xislatga - odamlar bilan muloqotda bo'lish va boshqarish, jamoaviy qarorlar qabul qilish malakalari, rahbarlik qilish va bo'ysunish ko'nikmalariga ega bo'ladi. YA'ni, ishbilarmonlik o'yini shaxsiy sifatlarni tarbiyalaydi, ijtimoiylashuv jarayonini jadallashtiradi. Ammo bu «jiddiy» kasbiy faoliyat o'yin shaklida ro'yobga chiqarilganligi sababli, o'quvchi aqliy va hissiy jihatdan erkinlashadi, ijodiy tashabbusini namoyon etadi.
Ishlab chiqarish dinamikasi, mutaxassislarning harakatlari va munosabatlarini modellashtirib, o'xshatib, ishbilarmonlik o'yini, bilimlami dolzarblashtirish, qo'llash va mustahkamlash vositasi va amaliy fikrlash vositasi sifatida xizmat qiladi. Ushbu holat, o'yinning ma'lum berilgan aniq vaziyatida yoki ishlab chiqarish vaziyatida ishtirokchilaming o'zaro munosabatlari orqali amalga oshiriladi. Ishbilarmonlik o'yini o'xshatma modelda o'yinli o'quv masalalarini qo'yish va yechish bo'yicha qo'shma faoliyat kabi ro'yobga chiqariladi. Qo'shma faoliyat qoidalari va me'yorlari, o'xshatish tili va aloqalar oldindan qabul qilinadi yoki o'yin jarayonida ishlab chiqiladi. Ishbilarmonlik o'yini munozarali muloqot maromida o'tkaziladi, u qo'shrejali faoliyat hisoblanadi, chunki unda ikkita maqsadga erishiladi: o'yinli va pedagogik. Pedagogik faoliyat ustuvor bo'lsa ham, o'yinni poymol etmasligi kerak.
O'yin jarayonida quyidagilar o'zlashtiriladi:

  • kasbiy harakatlar me'yorlari;

  • ijtimoiy harakatlar me'yorlari - ishlab chiqarish jamoasidagi munosabatlar. Bunda o'yinning har bir ishtirokchisi faol holatda bo'ladi, sheriklari bilan o'zaro

munosabatda bo'ladi, o'z qarashlarini sheriklariniki bilan taqqoslaydi va shuning natijasida jamoa bilan munosabati orqali o'zini o'zi o'rganadi.
Imitatsion o'yinlar - bo'lim, sex, korxona tashkilotning faoliyati-imitatsiya qilinadi. Imitatsion o'yinlar ssenariyasi, hodisa syujetidan tashqari, imitatsiya qilinadigan jarayon va obyektlar tarkibi va ahamiyati haqidagi tafsilotlarni o'z ichiga oladi.
Operatsion o'yinlar - tegishli ish jarayoni, ularni bajarish shart-sharoitini modellashtiradilar. Ular ma'lum bir o'ziga xos operatsiyalarni: - masalalar yechish, ma'lum bir usulni o'zlashtirishga yordam beradilar.
Rolli o'yinlar - ma'lum bir shaxsning vazifa va majburiyatlarini bajarishdagi ruhiy holatlari, xatti-harakati ishlanadi, rollar majburiy mazmuni bilan taqsimlanadi.
Ishbilarmonlik teatri - qandaydir bir vaziyat va bu vaziyatdagi odamni xatti-harakati ishlab chiqiladi. Vaziyatning tafsiloti, ishtirok etuvchilaming vazifa va majburiyatlarini, maqsadlari ko'rsatilgan senariy tuziladi. Bu yerda, ma'lum shaxsning haqiqiy qiyofasiga kirib borish, uning xatti-harakatlarini anglash, vaziyatni baholash va to'g'ri xatti-harakatni tanlash, muhim hisoblanadi.
Psixodrama va sotsiodrama - bu rolli o'yinga, ishbilarmonlik teatriga o'xshagan bo'lib, faqat bu yerda sotsial-psixologik masalalar yechiladi. Bunday masalalar jumlasiga jamoadagi vaziyatni his kila olish, boshqa kishini ruhiy holatini to'g'ri baholash va uni o'zgartira olish, u bilan unumli muloqotga kira olish kiradi.

Yüklə 490 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin