O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti kurs ishi mavzu: Pedagogika fanlarini oʻqitishga qoyiladigan didaktik talablar


I Bob Kasb-hunar ta’limi pedagogikasi va didaktik tushunchalar



Yüklə 352,8 Kb.
səhifə3/16
tarix02.06.2023
ölçüsü352,8 Kb.
#122747
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
didaktik talablar Raxmonova Gulsevar .

I Bob Kasb-hunar ta’limi pedagogikasi va didaktik tushunchalar.
1.1 Kasb-hunar ta’limi pedagogikasi va didaktik tushunchalar.
Mazkur vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishda yana bir omilning mavjudligi, ya’ni, uzluksiz ta’lim tizimi xodimlari, pedagog-o’qituvchilarning zamonaviy ta’lim texnologiyalarining mohiyatidan habardorliklari hamda ularni ta’lim jarayonida samarali qo’llay olishlari, ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuvning qaror topishi, shuningdek, ta’lim jarayonida didaktik vositalardan samarali foydalanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
O’qituvchi-pedagoglarning didaktik jarayonni noan’anaviy shakllarda tashkil etish, ta’lim jarayonini mukammal andoza asosida loyixalashga erishish, didaktik jarayonni obyektiv nazorat qilish shakllarini ishlab chiqish hamda o’quv-didaktik vositalardan oqilona foydalana olish ko’nikmalarga ega bo’lish ta’lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarni puxta, chuqur o’zlashtirilishi, ularda amaliy ko’nikma va malakalarning hosil bo’lishining kafolati bo’la oladi.
Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunga kelib uzluksiz ta’lim sharoitida pedagog kasbi eng ommaviy kasbga aylanib qoldi. Bu esa o’z navbatida pedagogik jarayonga tajribali va iste’dodli pedagoglarni jalb qilishni taqozo etadi. Ushbu dolzarb muammoni hal etishda, ya’ni davlat ta’lim standartlari talablari darajasidagi kadrlarni tayyorlash ishlari «oddiy» pedagoglar tomonidan faqatgina zamonaviy o’qitish texnologiya va o’quv-didaktik hamda vizual vositalarni qo’llab didaktik jarayonni tashkil etish va obyektiv boshqarish orqali ijobiy amalga oshirilishi mumkin.
Tadqiqot obyekti – Pedagogikani o’qitishda foydalaniladigan didaktik materillar va ularning turlari
Tadqiqot predmeti – ta’lim-tarbiya jarayonida sifatli natijaga erishishga imkon yaratadigan didaktik qoidalar va vositalar
Tadqiqot maqsadi – pedagogika fanini o’qitishda o’quv-didaktik materiallardan foydalanish samaradorlikka erishishning pedagogik jihatlarini o’rganish
Tadqiqot farazi – didaktik jarayonning zamonaviy texnologiyalarini qo’llash o’qitish jarayonini yagona shaklga keltirish va yuqori samaradorlikka erishishga imkoniyat yaratadi. O’quv jarayonini loyihalashning asosiy bosqichi hisoblangan maqsadga erishilganlikni obyektiv nazorat qilish shakl va uslublarini yaratish va uni amalga oshirish kafolatli natijaga erishishni ta’minlaydi, ya’ni:
- o’quvchilarda nazariy materiallarni tasavvur qilib o’rganish imkoniyati yuzaga keladi;
- o’quv materiallarini vizuallashtirish orqali o’quv materialini o’rganish nisbatan motiv yuzaga keltiriladi;
- ta’lim-tarbiyadan kutilgan natijalarga erishish barcha o’qituvchilar uchun yetarli darajada ta’minlanadi.

Yüklə 352,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin