III BOB. Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy islohatlardagi ishtiroki III.1. Xotin-qizlarga yangicha munosabatlarning qaror topishi va ularning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtiroki
XXI asrga kelib jahonda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-madaniy sohalarda tub o‘zgarishlar jarayoni har qachongidan ham jadallashgan. Hozirgi zamon taraqqiyotida ayollarning ijtimoiy hayotda faolligi, intellektual bilimi, oilada oqilona ish tutishi hamda davlat va jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi globalla shu v jarayonida dunyoda ayollar mas’uliyatini oshirish, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyot mezonlaridan biri sifatida baholanmoqda
Respublikada xotin-qizlar bandligini ta’minlash quyidagi yo‘nalishlarda olib borildi:
xotin-qizlarning tadbirkorlikka oid bilimlarini oshirish, iqtisodiy madaniyatini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida kredit uyushmalarini tashkil etish;
nodavlat-notijorat va xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda turli dasturlarni amalga oshirish orqali ish joylarini yaratish;
ayollarning mehnat muhofazasini kuchaytirish shu lar jumlasidandir.
Aynan, mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha ayollar ishsizligi muammosini bartaraf etish, ayollar bandligini ta’minlash va ular o‘rtasida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida 1991 yil 21 iyun kuni birinchi nodavlat notijorat tashkilot hisoblangan O‘zbekiston ishbilarmon ayollari “Tadbirkor ayol” assotsatsiyasi tashkil etilgan
Xulosa
Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti sharoitida xotin-qizlarga nisbatan davlatning g‘amxo‘rlik siyosati natijasida ularning ijtimoiy-siyosiy faolligi yanada ortib bormoqda, sotsial maqomi yuksalmoqda, ijtimoiy zamonaviy qiyofasi o‘zgardi. Xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy institutlararo muloqotlarning faol sub’ektiga aylandi. Bu borada demokratik institutlar faoliyati, ular o‘rtasidagi o‘zaro ijtimoiy sherikchilik muhim ahamiyat kasb etdi. Xotin-qizlarning demokratik jarayonlarning kuzatuvchisi emas, balki faol va tashabbuskor ishtirokchisi bo‘lishiga erishildi.