O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti



Yüklə 65,27 Kb.
səhifə2/6
tarix10.06.2023
ölçüsü65,27 Kb.
#127978
1   2   3   4   5   6
Azimova M

Kurs ishi maqsadi: ta’limni individuallashtirishni ilmiy nazariy jihatdan asoslash hamda dolzarbligini yoritish.
Kurs ishi vazifalari: 1. Ta’limni individuallashtirishni maqsad va vazifalari o‘rganish, tahlil qilish hamda umumlashtirish.
2. Individuallashtirishni o‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirishdagi o‘rnini aniqlash.
3. O‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etishdagi ustuvor jihatlarni yoritish.
4. Pedagogik texnologiyada ta’limni individuallashtirish va tabaqalashtirishga erishish ahamiyatini yoritib berish
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: kirish, ikki bob, to‘rtta qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat bo‘lib, jami 30 sahifani tashkil qiladi.


I BOB INDIVIDUALLASHTIRISH HAQIDA TUSHUNCHA


1.1 Induviduallashtirish haqida tushuncha va uning ahamiyati
O’qitishni individuallashtirish texnologiyasi - o’quv jarayonini tashkil etish bo'lib, unda o’qitish usullari, sur'atni tanlash ta'lim oluvchining individual xususiyatlari bilan bog’lanadi, unda turli o’quv-metodik, psixologik-pedagogik va tashkiliy tadbirlardan foydalaniladi. Individual o’qitishda faoliyatning mazmuni, metodlari va sur'ati ta'lim oluvchining xususiyatlariga moslashtiriladi. Ushbu texnologiyada pedagog faqat birgina talaba bilan o'zaro munosabatda bo'ladi, bir talaba esa faqat o’qitish vositalari (kitoblar, kompyuter va boshq.) bilan o'zaro aloqada bo'ladi. Barcha fanlarda individuallashtirilgan texnologiyadan foydalanish va individual ishlarning o’quv faoliyatining boshqa shakllari bilan integratsiyalash mumkin.
Inge Unt, A.S. Graniskaya, V.D. Shadrikov tadqiqotlarida individual o’qitish o’quv jarayonini tashkil etish shakli, modeli sifatida belgilanadi.
Unda:
pedagog faqat birgina talaba bilan o'zaro munosabatda bo'ladi;
bir talaba faqat o’qitish vositalari (kitoblar, kompyuter va b.) bilan o'zaro aloqada bo'ladi.
Individual o’qitishda faoliyatning mazmuni, metodlari va surati talabaning xususiyatlariga moslashtiriladi.
Shaxsiy yondoshish deganda:
pedagogikaning tamoyili bo'lib, unga ko'ra pedagog o’quv- tarbiya ishlari jarayonida talabalarning shaxsiy xislatlarini hisobga olgan holga ayrim talabalar bilan individual model bo'yicha o'zaro munosabatda bo'lish hamda individual xususiyatlarga asoslanish;
o’quv jarayonida talabalarning individual xususiyatini hisobga olish;
barcha talabalarning rivojlanishigina emas, balki har bir talabaga alohida rivojlanish uchun psixologik-pedagogik tadbirlar yaratish tushuniladi.
O’qitishni individuallashtirish o’quv jarayonini tashkil etish bo'lib, unda o’qitish usullari, suratini tanlash talabaning individual xususiyatlari bilan bog’lanadi.
Shunday qilib, didaktika bo'yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarga ko'ra o’qitishni individuallashtirish o’quv jarayonining shunday tashkil qilinishiki, unda individual yondashuv va individual shakl ustuvor hisoblanadi.
O’qitishni individuallashtirish quyidagi mualliflik texnologiyalarida asoslab berildi:
Inge Untning o’qitishni individuallashtirish texnologiyasi;
A.S. Gransikayaning moslashuvchan o’qitish texnologiyasi;
V.D. Shadrikovning individuallikka qaratilgan reja asosida o’qitish texnologiyasi.
Inge Untning o’qitishni individuallashtirish texnologiyasidagi asosiy konseptsiya hozirgi sharoitda o’qitishni individuallashtirishning muhim shakli ta'lim oluvchilarning maktabdagi va uydagi mustaqil ishlari deb qoidalashtirilgan. Inge Unt uning mazmuni va metodikasi deb mustaqil ishlar uchun individual o’quv vazifalari, joriy o’quv adabiyotiga moslashtirilgan, individuallashtirilgan mustaqil ishlar qo'llanmasi asosida nashr etilgan ish daftarlarini tushunadi.
A.S.Graniskaya o'zining moslashuvchan o’qitish tizimini auditoriya-dars tizimida tashkil etish va unda o’qituvchi 60-80% vaqtini talabalar bilan individual ishlashga ajratish mumkinligini qayd qiladi. A.S.Graniskaya metodikasining o'ziga xosligi uning darsni muayyan g’ayriodatiy qurilma asosida tashkil etishidir:
Birinchi qism — barchani o’qitish;
Ikkinchi qism — ikki parallel jarayon: talabalarning mustaqil ishlari va o’qituvchining ayrim talabalar bilan individual ishlashi, ya'ni umumlashtirilgan sxemalardanfoydalanish, almashinib turuvchijufi o’qituvchi bo'lib ishlash, moslashuvchan ko'p qirrali vazifalar va b.
V.D.Shadrikov gipotezasiga ko'ra, agar ta’lim oluvchiga murakkablashib boruvchi vazifalarning tafsiloti berilsa, unga o'rganish jarayonini motivatsiyalash taklif etilsa, lekin ta’lim oluvchiga shu bugun uning uchun mumkin va qulay ishlash imkoniyati qoldirilsa, talabalar qobiliyati samarali rivojlanadi deb hisoblanadi. V.D.Shadrikov metodikasi asosini har bir talabaning qobiliyatiga qarab o’qitishga imkon beradigan olti darajadagi o’quv rejasi, dastur va metodik qo'llanma tashkil etadi. Har bir fanning murakkablik darajasiga ko'ra kuchi etgan variantni tanlab olib, talabalar auditoriyada tez-tez almashib turadi va fanning hajmi va mazmunini qo'ldan chiharmay birgalikda o’quv dasturini o'zlashtirishga harakat qiladilar. Murakkablik darajasini tanlash tezlikda amalga oshiriladi va «ba'zan» uni amalga oshirib bo'lmaydi. Chunki u auditoriyadagi talabalarning tenglashish, qobiliyati holatiga bog’liq bo'ladi.
Murakkablikning olti darajasi amalda barcha ta’lim oluvchilarga e'tibor berishga, barchaning kuchi etadigan hamda talabaning qobiliyatiga, uning rivojlanishiga moslangan, o’quv jarayonini tashkil etishga imkon beradi.
Bu o’qitishni individuallashtirish mualliflik texnologiyasi negizida umumiy tamoyillar mavjud:
individuallashtirish o’qitish jarayoni strategiyasidir;
individuallashtirish—individuallikni shakllantirishning zaruriy omili;
barcha o'rganiladigan fanlarda individuallashtirilgan o’qitishdan foydalanishning mumkinligi;
individual ishlarni o’quv faoliyatining boshqa shakllari bilan integratsiyalash;
individual suratda, uslubda o'rganish.
Individuallashtirish texnologiyasining umumiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi;
o'zlashtira olmaslikka olib keluvchi omillarni qayd qilish;
fikrlash jarayonida bilim, malaka, ko'nikmalarni egallash asnosida individual kamchiliklarni tuzata olish usullari;
oila tarbiyasidagi motivatsiyaning bo'linmasligi hamda iroda sustligi kamchiliklarini qayd qilish va enga olish;
qobiliyatli va iste'dodli talabalarga nisbatan o’quv jarayonini optimallashtirish (ijodiy faoliyat, auditoriya va auditoriyadan tashqari ishlarni hisobga olish);
o’qitish jarayonini tanlash erkinligini berish;
umumiy o’quv malakalari va ko'nikmalarini shakllantirish;
talabalarning o'z-o'ziga mos baho bera olishini shakllantirish;
o’qitishning texnik vositalaridan, shuningdek, EHMdan foydalanish.

Yüklə 65,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin