O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti


O’qitishni individuallashtirish texnologiyalari



Yüklə 65,27 Kb.
səhifə4/6
tarix10.06.2023
ölçüsü65,27 Kb.
#127978
1   2   3   4   5   6
Azimova M

2.1 O’qitishni individuallashtirish texnologiyalari
O‘qitishning Tramp rejasi, Dalton-reja, Batav, Bell-lankaster tizimlari
O’qitishni individuallashtirish texnologiyasiga quyidagilar kiradi:
Batov tizimi. AQSHda ishlab chiqilgan bu tizimda o’quv jarayoni ikki qismga bo'linadi:
Birinchi qism- butunicha auditoriya ishi.
Ikkinchi qism- individual mashg’ulotlar.
Bunday mashg’ulotlarga zaruriyat sezgan talabalar bilan uning tomonidan qabul qilingan me'yorlardan orqada qolmaslik yoki nisbatan rivojlangan qobiliyatlari bilan ajralib turganlar bilan bir qatorda bo'lishini ta'minlash maqsadida o'tkaziladi.
Yuqori qobiliyatli kategoriya talabalar bilan o’qituvchi, nisbatan kamroq qobiliyatli va qoloq talabalar bilan o’qituvchi yordamchisi shug’ullanadi.
Har bir dars quyidagi uchta asosiy maqsadga erishishga yo’naltiriladi: o’qitish, tarbiyalash, rivojlantirish. Ana shularni hisobga olib darsga umumiy talablar didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi talablarda aniq ifodalanadi. Didaktik (yoki ta’lim) iy talablarga har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va ko’rinishlaridan mos ravishda foydalanish, dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondashish, jamoaviy faoliyat usullari bilan birga o’quvchilar mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga foydalanish, operativ qayta aloqani ta`minlash, amaliy nazorat va boshqaruvni amalga oshirish, ilmiy mo’ljal va darsni mahorat bilan o’tkazishni ta`minlash kabilar kiradi. Darsga nisbatan qo’yiladigan tarbivaviy talablar o’quv materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin bo’lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qo’yish, faqat o’quv ishlari maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviymasalalarni belgilash, o’quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, maspuliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, ish bajarishga qobiliyatlilik, e’tiborlilik, halollik va boshqalar)ni shakllantirish, o’quvchilarga diqqat- e’tiborli munosabatda bo’lib, pedagogik odob talablariga amal qilish, o’quvchilar bilan hamkorlik va ularning muvaffaqiyat qozonishlaridan manfaatdor bo’lishdan iborat. Barcha darslarda doim amalga oshirilib boriladigan rivojlantiruvchi talablarga o’quvchilarda o’quv-o’rganish faoliyati ijobiy sifatlari, qiziqish, ijodiy tashabbuskorlik va faollik, shakllantirish hamda rivojlantirish, o’quvchilarning idrok etish imkoniyatlari darajasini o’rganish, hisobga olish, «rivojlanishning yaqin zonasini loyihalashtirish», «o’zib ketish» darajasidagi o’quv mashg`ulotlarini tashkil etish, rivojlanishidagi yangi o’zgarishlarni rag`batlantirish, o’quvchilarning intellektual, emotsional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi «sakrash»larni oldindan ko’ra bilish, boshlanayotgan o’zgarishlarni hisobga olish asosida o’quv mashg`ulotlarini operativ qayta qurish kabilar kiradi. 4.Darsko’rinishlari va ularni tuzilishi. Noan’anaviy darslar Ta’limni tashkil etish shakllari va ularning didaktikada rivojlanishi. Jahon pedagogik fani va amaliyotida ta’limni tashkil etishning turli shakllari mavjud. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi ta’limni tashkil etishga o’z ta`sirini o’tkazadi. Ayni vaqtda ta’limning quyidagi shakllari ajratib ko’rsatiladi: individual, individual-guruhli, sinf-dars, leksion-seminarli va sinfdan tashqari, auditoriyadan tashqari, maktab va maktabdan tashqari. Ular o’quvchilarni qamrab olishi, o’quvchilar faoliyatini tashkil etishi, jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari, mustaqilligi darajasi va o’qish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari kabi belgilariga ko’ra quyidagi uch asosiy turga ajratiladi: individual; sinf-darsli; ma`ruza-seminarli. Qadim zamonlarda mavjud bo’lgan o’qitishning eng qadimgi shakli ta’limning individual shakli hisoblanadi. Hayotiy tajribalarni ajdodlardan-avlodlarga uzatish ibtidoiy jamiyatda yuzaga kelgan. Yozuv paydo bo’lishi bilan qavm boshlig`i turli belgilar yordamida o’zining tajribalarini yoshlarga o’rgatgan. O’qituvchi va o’quvchining bevosita va individual aloqasiga misol sifatida repetitorlikni ko’rsatish mumkin. O’qishni tashkil etishning individual shakli antik davr va o’rta asrlarda yagona usul bo’lgan, undan ba`zi mamlakatlarda XVIII asrgacha keng foydalanilib kelingan. Individual ta’lim bir qator afzalliklarga ega, shuning uchun bu usul bizning davrimizgacha repetitorlik shaklida saqlanib qolgan. Uning ustunligi o’quv faoliyati mazmuni, metodi va suratini to’la individuallashtirish, aniq bir masalani hal etishda uning har bir harakati va operatsiyalarini kuzatib borishga imkon berishidan iborat. Individual ta’lim o’qituvchining yuqori pedagogik malakaga ega bo’lishini talab etadi. Individual o’qitishning ustunliklari bilan bir qatorda bir qator kamchiliklari ham mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iborat: vaqtning tejamli emasligi; o’qituvchi ta`sirining cheklanganligi (o’qituvchining vazifasi o’quvchiga topshiriq berish va uni bajarilishini tekshirishdan iborat); boshqa o’quvchilar bilan hamkorlikda ishlash imkoniyati cheklanganligi (bu holat ijtimoiylashishi jarayoniga salbiy ta`sir ko’rsatadi); jamoada ishlash tajribasining shakllanmasligi. Mazkur sabablar XVI asrdan boshlab individual o’qitish usulining ahamiyati pasayib, uning o’rnini ta’limning individual-guruhli shakli egallashiga imkon berdi. Ta’limning individual-guruhli shaklidan Yevropada, XVI asrda keng foydalana boshladilar. Markaziy Osiyo davlatlarida bu usuldan qadim davrlarda ham foydalanganlar. Bunga Avesto davri misol bo’la oladi, bu davrda o’quvchilar uchun asosiy o’quv qo’llanma zardushtiylikning muqaddas manbayi «Avesto» (eramizdan avvalgi VII—XVI asrlar) bo’lib kelgan. Avesto davri jamiyatidagi maktablarda individual o’qitish jamoali o’qitish bilan birga olib borilar edi. O’qituvchi «Avesto» kitoblaridanbirini ochadi va o’quvchilar navbatma-navbat kelib ovoz chiqarib o’qiydilar, keyin esa hamma birgalikda o’qilganni takrorlaganlar, mashqlarni maxsus taxtachalarda yozganlar. Aqliy mashqlar o’qituvchining o’quvchi bilan erkin suhbati davomida olib borilgan. Jismoniy tarbiyalash individual va jamoali mashg`ulotlar shaklida amalga oshirilgan. Jismoniy tarbiyaning maqsadi yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlashdan iborat bo’lgan. Otda yurish, ov qilish, qilichdan foydalanishni bilish, suvda suzish, yugurish, nayza otish va shu kabilar harbiy tayyorgarlikning majburiy turlari hisoblangan. Ta’lim olish jarayoni kun chiqqandan kun botgungacha davom etgan, uy vazifalari mavjud bo’lmagan1. XI asrdayoq Abu Ali ibn Sino o’zining «Tadbiri manzil» nomli ilmiy asarining maxsus «Amuzish va parvarishi modrasas farzand» («Bolalarni maktabda o’qitish va tarbiyalash») bo’limida o’quvchilarga jamoali o’qitish haqida quyidagi tavsiyalarni beradi: agarda o’quvchilar birgalikda o’qisalar, ular zerikmaydilar, fanni o’rganishga qiziqish kuchayadi; ularda bir-birlaridan ortda qolmaslik uchun o’zaro musobaqalashish istagi rivojlanadi, ular bolaning o’qishi yaxshilanishiga yordam beradi; o’zaro suhbatlarda o’quvchilar kitobdan o’qish yoki kattalardan eshitgan qiziqarli ma`lumotlarni bir-birlariga aytib beradilar; bolalar birgalikda, yig`ilganlarida bir-birilari bilan do’stlashadilar va bir-birlarini hurmat qiladilar; ular faqatgina musobaqalashmaydilar, balki bir-birlariga o’quv materiallarini o’zlashtirishda yordam beradilar; bu bilan bolalar mag`rurlanadilar, bir-birlaridan yaxshi odatlarni o’rganadilar2. Burhoniddin Zarnuji (XII asr) «Bilim olish yo’lida o’quvchiga maslahatlar» nomli o’zining ilmiy asarida dars olib borish bo’yicha tavsiyalar beradi. Uning ko’p yillik dars o’tish tajribalari asosida mazkur ilmiy asar yaratilgan va XX asrgacha o’ziga xos pedagogika darsligi sifatida Markaziy Osiyo madrasalarida foydalanilib kelingan. Asarda maktabda dars taxminan bir soatlar davom etishi kerakligi yoziladi. O’qituvchi maktabda darsga tushinish va o’zlashtirish mumkin bo’lgan o’quv materiallarini tanlab olishi, darsda o’rganiladigan materiallarni tushuntirib berishi kerak. O’quv materiali shunday tanlanishi kerakki, u ikki marotaba takrorlanganda o’zlashtirilsin. Shuning uchun u katta matnlarni qismlarga bo’lish va boshqa darslarda uni albatta takrorlashni taklif etadi
O’qituvchi navbat bilan har bir o’quvchidan o’tilgan materialm so’raydi, yangi savollarni tushuntiradi, mustaqil ishlash uchun individual topshiriqlar beradi, qolgan bolalar o’z ishlari bilan shug`ullanadilar. O’qishni bunday tashkil etishda, bolalar mashg`ulotlarga yilning turli davrlarida hamda kunning turli vaqtlarida kelishlari mumkin bo’lgan. XV va XVI asrlar davomida, Yevropada ishlab chiqarishning rivojlanishi kuzatildi. Ushbu o’zgarishlar bolalarga ta’lim berishning ommaviv shakli yuzaga kelishiga zamin yaratdi. Olim pedagogikaga o’quv yili, o’quv kuni, dars, mashg`ulotlar orasidagi tanaffus, o’quv ta`tillari kabi tushunchalarni kiritdi. Quyosh it yulduzlari turkumida bo’lganida bolalarni dam olishga yuboradilar («ta`til» lotinchada — kunlarning eng qizigan davri deganini bildiradi). Sinf-dars tizimi garchi 350 yil avval asoslangan bo’lsada, bugungi kunda ham keng ko’lamda qo’llanilib kelinmoqda. Sinf-dars tizimining mazmuni o’quv ishlarini tashkil etish o’ziga xos shakli sifatida, quyidagilardan iborat: bir xil yoshdagi va taxminan bir xildagi tayyorgarlik darajasiga ega bo’lgan o’quvchilar sinfni tashkil etadi. Bu sinf maktabda o’qishning umumiy davriga asosan doimiy tartibini saqlab qoladi; sinf faoliyati yagona yillik reja va dastur asosida, doimiy dars jadvali bo’yicha tashkil etiladi, buning natijasida bolalar maktabga yilning bir vaqti va oldindan belgilangan kun soatlarida kelishlari kerak bo’ladi; mashg`ulotlarning asosiy birligi dars hisoblanadi; dars odatda bir fan yoki mavzuga bag`ishlangan bo’ladi, shu bois o’quvchilar sinfda bitta material ustida ishlaydilar; darsda o’quvchilarning ishiga o’qituvchi rahbarlik qiladi, u o’z fani bo’yicha o’qish natijalari, har bir o’quvchini alohida bilimini baholaydi va yil oxirida o’quvchini keyingi sinfga o’tishi haqida qaror qabul qiladi. Sinf-dars tizimi K.D.Ushinskiy tomonidan yanada rivojlantiriladi. U bu shaklning hamma ustunliklarini ilmiy asoslab berdi. Dars, ayniqsa, uning tashkiliy qurilishi va tipologiyasining ixcham nazariyasini yaratdi. K.D.Ushinskiy har bir darsning bir-biri bilan ketma-ket bog`langan quyidagi uchta qismini ajratib ko’rsatadi: ilgari o’rganilgan bilimlar asosida yangi bilimlarni anglashni amalga oshirish va o’quvchilarda materialni jadal qabul qilishga maqsadliko’rsatmani yaratishga qaratiladi. Darsning bu qismi K.D.Ushinskiyning fikricha darsga go’yoki «eshik» hisoblanadi. asosiy masalani hal etishga yo’naltiriladi va darsning muhim, markaziy qismi hisoblanadi. amalga oshirilgan faoliyatga yakun yasash va bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlashga qaratiladi. XVI—XVII asrlarda G`arbiy Rusiyada birodarlik va diniy-ma`rifatparvarlik deb ataluvchi tashkilotlar paydo bo’ladi. Darsni tashkil etish ilmiy asoslarini ishlab chiqishga A.Disterveg ham katta hissa qo’shdi. U o’qituvchi va o’quvchining faoliyatiga taalluqli o’qitish tamoyillari va qoidalari tizimini ishlab chiqdi, o’quvchilarning yoshi imkoniyatlarini hisobga olishning zarurligini asoslab berdi. Ta’limning sinf-dars tizimi alohida o’quv fanlarini o’qitish metodikasi va didaktikasiga oid asarlarida uning afzallik va kamchiliklarini ko’rsatib berdi. Afzalliklari: yaxlit o’quv-tarbiyaviy jarayonning tartibli ketishini ta`minlovchi aniq tashkiliy tizim: jaravonlarning oddiy boshqarilishi: muammoning jamoa bo’lib muhokama qilinishi, masalaning yechimini birgalikda izlashjarayonida bolalar o’rtasida o’zaro munosabatlarning shakllanish imkoniyati; o’qituvchining o’quvchilar va ularning tarbivasiga doimiy emotsional ta`sir ko’rsatishi; ta’limning emotsionalligi (zero, o’qituvchi bir vaqtning o’zida o’quvchilarning katta guruhi bilan ish olib boradi), o’quv faoliyatiga musobaqalashish elementlarini kiritish uchun sharoitning yaratilishi, bilimsizlikdan bilimlarni o’zlashtirish sari harakatlarning muntazamligi va ketma-ketligi. Kamchiliklari: tizimning asosan bilimlarni o’rtacha darajada o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun mo’ljallanganligi, bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun qiyinchiliklarning yuzaga kelishi va kuchli o’zlashtiruvchi o’quvchilar qobilivatlarining rivojlanish surpatining ortga surilishi; o’qituvchi uchun o’qitish mazmuni va o’qitish sur’atlari hamda metodlari bo’yicha individual ishlarni tashkil etish, shuningdek, o’quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olishda qiyinchilikning yuzaga kelishi; katta va kichik yoshli o’quvchilar o’rtasidagi munosabatlarning qaror topmasligi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida, aqliy rivojlanishida farqi bo’lgan o’quvchilarni o’qitishda individuallashtirishga ahamiyat qaratish masalasi ayniqsa dolzarb xususiyat kasb etdi. Shunga mos ravishda tanlab o’qitish shakli yuzaga keldi (AQSHda Batov, Yevro’ada Maingeyms tizimi). Yevropa va AQSHda, XX asr boshida o’quvchilarning individual, faol, mustaqil o’quv ishlarini ta`minlashga qaratilgan ko’plab ta’lim tizimlarining samaradorligi sinab ko’rilgan. 1905-yili Dalton shahrida (Massachusets shtati) o’qituvchi Yelena Park Xerst tomonidan birinchi bor qo’llanilgan ta’limning individuallashtirilgan tizimi ular orasida eng radikal hisoblangan. Bu tizim dalton-reja nomi bilan pedagogika va maktab tarixiga kirdi. Uni ba`zan laboratoriva yoki ustaxonalar tizimi deb ham ataydilar. Bu tizimning mazmuni quyidagilardan iborat: o’quv faoliyatining muvaffaqiyati maktabda ishlash sur’atining har bir o’quvchining imkoniyatlari, ularning qobiliyatlariga moslashtirilishiga bog`liq; ta’lim faoliyati ustun turadigan o’qishni an’anaviv tashkil etish o’quvchining mustaqil o’quv faoliyatining markaziy hisoblanishi o’qituvchi vazifasining faoliyatni odob bilan tashkil etishdan iboratligi sinf laboratoriyalarining ustaxonalar bilan almashtirilishi, darslarning bekor qilinishi o’qituvchining yangi materialni tushuntirmasligi, o’quvchining laboratoriva yoki ustaxonalarda o’qituvchidan olingan topshiriq asosida mustaqil shug`ullanishlari va zarur bo’lgan paytda o’qituvchidan yordam so’rashlari. Mazkur tizim bir qator kamchiliklariga ko’ra keskin tanqidga uchragan. XX asr 20-yillarida maktab ishlari Ilmiy tekshirish instituti ta’limning loyihali tizimini targ`ib qila boshladi. Uni amerikalik U.Kilpatrik ishlab chiqqan. O’qitish bu tizimining mazmuni o’quvchilarning o’zlari loyiha ishlari mavzuni tanlab olishlaridan iborat. U mavjud haqiqiy hayot bilan bog`langan bo’lishi va o’quv guruhi ixtisoslashishlariga qarab (yo’nalishlari) ijtimoiy-siyosiy, xo’jalik-ishlab chiqarish yoki madaniy- turmush tomonlarini aks ettirishi kerak bo’lgan. 60-yillarda Tramk rejasi juda mashhur bo’ldi. Uni amerikalik professor pedagog Lyuyd Tramk ishlab chiqqan. O’qitishni tashkil etishning bu shakli katta auditoriyalarda (100—150 odam) mashg`ulotlarni, 10—15 kishilik guruhlarda va o’quvchilarning individual ishlarini birgalikda olib borishni taklif etadi. Turli xildagi texnik vositalardan foydalanib umumiy ma`ruzalarni olib borishga o’quv vaqtining 40%i ajratiladi. Kichik guruhlarda mashg`ulotlarga (seminarlar) — 20 % i kabinet va laboratoriyalarda individual mustaqil ishlarni bajarishga 40 % i ajratiladi. 70-yillarda o’qishni tashkil etish noanpanaviy shakllarini izlash davom ettiriladi. Tajriba va sinov maktablarini izlash birinchi navbatda sinf-dars tizimini modernizatsiyalashtirish fikri bilan bog`liq bo’lgan. Izlanishlar asosiy masalasi — o’qishni individuallashtirish edi. Birinchi universitetlar paydo bo’lishi bilan ta’limning ma`ruza- seminar tizimi yuzaga kela boshlaydi. U yaratilgan paytdan beri hali deyarli hech bir katta o’zgarishlaiga ega emas. Ma`ruza, seminar, amaliy va laboratoriya ishlari, konsultatsiya va tanlagan kasbi bo’yicha amaliyot hozirgacha leksion-seminar tizim sifatida o’qishning asosiy shakllaridan biri bo’lib kelmoqda. Leksion-seminar tizimi o’zining sof ko’rinishida oliy va oliy maktabdan keyingi ta’lim amaliyotida qo’llaniladi. O’zbekistonda uch yillik o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tatbiq etilishi bilan leksion-seminar tizimidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida foydalanila boshlandi. Oxirgi paytlarda leksion-seminar tizimi elementlaridan o’rta maktab katta sinflarida ham qo’llanila boshlandi. Darsda o’quvchilar o’quv faoliyatini tashkil etish zamonaviy shakllarining turlari. Turli dars tuzilmalaridan yanada samaraliroq foydalanish yo’llarini izlashda darsda o’quvchilar o’quv faoliyatlarini tashkil etish shakllari alohida ahamiyatga ega bo’lmoqda. Pedagogik adabiyotlar va maktab amaliyotida asosan uchta shunday shakllari qabul qilingan — ommaviy, guruhli va individual. Ta’limning ommaviv shakli sinfdagi jami o’quvchilarning o’qituvchi rahbarligi ostida birgalikda harakatlarini ko’zda tutadi. Guruhli shaklida esa o’quvchilar 3—6 kishidan iborat guruhlar yoki juftliklarda ish olib boradilar. Guruhlar uchun topshiriqlar bir xil yoki turlicha bo’lishi mumkin. Individual shakli har bir o’quvchining alohida mustaqil ishlashini ko’zda tutadi. O’qitish frontal shaklida, o’qituvchi bir vazifa ustida ishlayotgan butun sinf o’quv faoliyatini boshqarib boradi. U o’quvchilarning hamkorliklarini ta`minlaydi va hamma uchun bir bo’lgan ish surpatini belgilaydi. Frontal ishlashning pedagogik samaraliligi ko’p jihatdan o’qituvchining butun sinfni nazorat qila bilishiga va shu bilan bir vaqtda har bir o’quvchining ishini ko’zdan qochirmasligiga bog`liq bo’ladi. Agarda o’qituvchi ijodiy jamoali ishlash muhitini yarata olsa, o’quvchilar diqqatini va faolliklarini ta`minlab tura olsa samarasi yana oshadi. Ammo frontal ishlash individual farqlarni hisobga olmaydi, u o’rta o’quvchiga mo’ljallangan. Shuning uchun ba`zi o’quvchilar berilgan ish sur’atidan ortda qoladilar, boshqalari esa zerikib, qiynalib ketadilar. O’qish guruhli shaklida o’qituvchi sinf o’quvchilari guruhlari o’quv- o’rganish faoliyatilarini boshqaradi. O’quvchilarni zvenoli, brigadali, birlashtirish-guruhli va differensiyalangan guruhlarga taqsimlash mumkin. O’qish zvenoli shakli o’quvchilar doimiy guruhi o’quv faoliyatini tashkil etishni ko’zda tutadi. Birlashtirish-guruhli shaklida sinfni odatda katta umumiy topshiriqni har biri faqatgina bir qismini bajaradigan guruhlarga ajratishni ko’zda tutadi. Differensatsiyalashgan-guruhli ta’lim shakli doimiy guruhlar bilan ham, bir xildagi o’quv imkoniyatlariga ega va o’quv ko’nikmalari bir xil darajada shakllangan o’quvchilarni birlashtirishini ko’zda tutadi. Guruhli shakllariga o’quvchilarning juft bo’lib ishlashlarini ham kiritiladi. O’quv guruhlari faoliyatlarini o’qituvchi o’zi bevosita hamda o’z yordamchilari — o’quvchilar fikriga qarab tayinlangan zvenolar va brigadalar orqali boshqaradi. Individual ta’lim o’quvchilarning boshqa o’quvchilar bilan bevosita aloqalarini ko’zda tutmaydi. O’z mohiyatiga ko’ra sinf jamoasi yoki muayyan guruhlar bilan ishlashdan tubdan farq qilmasa-da, biroq o’quvchi o’zining shaxsiy imkoniyatlariga muvofiq o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni mustaqil bajaradi. Bu maqsad yo’lida maxsus tayyorlangan kartochkalardan foydalanish mumkin. Darsda o’qituvchining e’tibori bir necha o’quvchiga qaratilsa, bu vaqtda qolgan o’quvchilar mustaqil ishlasalar ta’limning bunday shakli individual-guruhli shakl deb ataladi. Zamonaviy ta’lim amaliyotida ko’proq ikki tashkiliy shakl: ommaviy va individual shakllardan foydalaniladi. Ayni vaqtda guruhli va juftli o’qish shaklidan amaliyotda ancha keng foydalaniladi. Ta’limning ommaviy shakli ham, guruhli shakli ham jamoaviy hisoblanmasa-da, lekin ayrim pedagoglar ularni ommaviy ta’lim deb ko’rsatishga harakat qiladilar. Jamoaviy ishlash faqatgina differensatsiyalashgan guruhli ishlar asosidagina tashkil etiladi. O’quv ishlarini tashkil etishning jamoaviy shakli o’qituvchi va o’quvchilarning dinamik yoki o’zgaruvchan tartibli juftliklarida kechayotgan munosabatlaridir. Ta’lim maqsadlari va foydalanishning qulayligi nuqtayi nazaridan ta’lim shakllari quyidagicha darajalanadi: asosiy, qo’shimcha va yordamchi ta’lim. Nostandart darslar. XX asr 70-yillari o’rtalarida, milliy maktablarda o’quvchilarning mashg`ulotlarga qiziqishlarining pasayish xavfi aniqlandi. Muammoni bartaraf etish maqsadida nostandart darslarning tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi. Nostandart dars an’anaviy tuzilishdagi improvizatsion o’quv mashg`ulotidir. Pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish nostandart darslarning o’nlab turlari mavjudligini ko’rsatdi. Ular orasida «berilish» darsi, amaliy o’yinlar, matbuot konferensivalari, ijodiy hisobotlar, musobaqalar, KVN turidagi o’yinlar, tanlov, teatrlashtirilgan darslar, binar, komputerli darslar, fantaziyalar, «sudlar», haqiqatni izlash, «paradokslar», auksionlar, dialoglar va boshqalar ko’zga tashlanadi. Komputerli ta’lim. O’qitish sohasida jahon didaktikasining muhim tajribasi — shaxsiy elektron-hisoblash mashinalari (ShEHM) rivojlanishi komputerli (komputerlashtirilgan) ta’limning shakllanishiga imkon berdi. Maxsus ta’lim dasturlari bilan ta`minlangan komputerlarni deyarli barcha didaktik masalalar: axborotni berish, o’qitish jarayonini boshqarish, natijalarini nazorat qilish va tuzatib borish, mashqlarni bajarish, o’quv jarayoni rivojlanishi haqida ma`lumotlarni to’plash va boshqalarni hal etishga moslashtirish mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda komputerlardan ta’limda foydalanishning keng rivojlanishi bu boradagi quyidagi asosiy yo’nalishlarni aniqlashga imkon berdi: - alohida o’quv fanlari (matematika, tabiiy fanlar, ona tili, chet tili, geografiya va boshqalar) bo’yicha o’zlashtirish darajasini oshirish ni ta`minlash; - umumiy kognitiv (idrok etish) qobiliyatlari — qo’yilgan masalani hal etish, mustaqil fikrlash, kommunikativ malakalarni egallash (axborotni to’plash, analiz, sintez qilish)ni rivojlantirish, u yoki bu ko’nikmani shakllantirishga imkon beruvchi jarayonlarga e’tiborni kuchaytirish. Bundan tashqari komputerlardan avtomatlashtirilgan test sinovlari o’tkazish, baholash va boshqarishda keng foydalaniladi. Bu o’qituvchi vaqtini tejashga imkon beradi, natijada pedagogik jarayonning samaradorligi oshadi. Dasturiy va komputerli ta’limlar o’qitish algoritmlarini ajratishga asoslanadi. Algoritm to’g`ri natijaga olib keluvchi ketma-ket amallar tizimi sifatida bilim, ko’nikma va malakalarni to’la o’zlashtirish uchun zarurbo’lgan o’quv faoliyati tartibi va ketma-ketligini o’quvchiga ko’rsatadi. O’quv dasturlari va komputerli ta’limning samaradorligi fikrlash faoliyatini boshqarish algoritmlarining sifatiga bog`liq. Yomon tuzilgan algoritmlar komputerli o’qitishning sifatini keskin pasaytiradi.

Yüklə 65,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin