O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim,
fan va innovatsiyalar vazirligi
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat
texnika univeriteti Olmaliq filiali
“Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi
“Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini
avtomatlashtirish asoslari” fanidan
Mustaqil ishi
Bajardi: 7B-20MT guruh talabasi Sidiqov J.
Qabul qildi: Toshtemirov K.
OLMALIQ – 2023
Mavzu: Avtomatik rostlash sistemalarining klassifikatsiyasi
Reja:
Avtomatik tizim haqida tushuncha.
Avtomatik rostlash tizimi.
Avtomatik rostlash sistemalarining turlari.
Foydalanilgan adabiyotlar
Mashinalar va tirik organizmlarda ketadigan yoki inson bajaradigan har qanday maqsadga yo’naltirilgan jarayon tashkiliy operatsiyalar yig’indisidan iborat bo’lib, uni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: ishchi operatsiyalar va boshqaruv operatsiyalar.
Ishchi operatsiyalar – bu bevosita tabiatdan va qonuniyatdan kelib chiqqan holda jarayon ketishini aniqlaydigan harakatdir. Masalan, tokarlik dastgohida detallarga ishlov berish jarayoni shunday operatsiyalardan iborat: detalni mahkamlash, keskichni uzatish,qirindilarni tushirib olish va boshqalar.
Jarayonda maqsadga erishish uchun ishchi operatsiyalar tashkil etilishi va boshqa turdagi harakatga, ya’ni boshqaruv harakati zarur. SHuningdek tokarlik dastgohida detalga ishlov berish jarayonida shunday boshqaruv operatsiyalari bajariladi: dastgohni o’z vaqtida ishga tushirish va o’chirish, berilgan aylanishlar sonini ushlab turish, tezlikni maqsadga muvofiq o’zgartirish, qirqish moslamasi
yo’nalishini o’zgartirish va boshqarish.
Boshqaruv operatsiyalarining majmuasi boshqaruv jarayonini tashkil etadi. Boshqaruv jarayoni bajarilayotgan tizim boshqaruv tizimi deyiladi. Struktura ko’rinishida har qanday boshqaruv tizimini boshqaruv ob’ektiga o’zaro bog’liq.
Avtomatik tizim texnologik jarayon yoki jihozni odam ishtirokisiz berilgan dastur asosida boshqarishga qaratilgan qurilmalar majmuasiga aytiladi. Har qanday avtomatik tizim (AT) qaerda qo’llanilishidan qat’iy nazar ikkita asosiy qismdan tashkil topgan: boshqarish ob’ekti (BO) va boshqaruv qurilmasi (BQ) dan; Uning
fuknsional sxemasi 1-rasmda keltirilgan.
Bunda x(t) – axborot manbaidan kelayotgan kirish signali, z(t) – BQ ishlabchiqqan boshqaruvchi ta’sir, u(t) – chiqish signali.
Avtomatik tizim ochiq va yopiq bo’lishi mumkin. Ochiq AT yuqorida
ko’rilgan funksional sxema bo’la oladi.
Boshqaruv – bu ma’lum maqsadlarning erishuviga olib keladigan jarayonni tashkil qilishdir. Boshqacha aytganda boshqaruv – u yoki bu jarayonni tashkil qilish natijasida ma’lum maqsadlarga erishishni ta’minlashdir.
Avtomatika, elektronika va hisoblash texnikasining rivojlanishi
avtomatikaning inson faoliyatining barcha soxalariga kirib kelishiga olib keldi. Avtomatika va avtomatlashtirish butun texnika rivojlanishining asosiy yo’nalishi bo’lib kolmokda.
Hozirgi zamonda sanoatning rivojlanishini ishlab chiqarish jarayonlarining mexanizasiyalashtirilgani va avtomatlashtirilganligi bilan tavsiflanadi.
Mexanizasiya– bu qo’l mehnati vositalarini mashina va mexanizmlar bilan almashtirishdan iborat. Bunda inson og’ir va jismoniy mehnatdan ozod bo’ladi. U faqat mashina va mexanizmlar ishini nazorat qiladi, xolos.
Avtomatizasiya – bu boshqaruv jarayonlaridagi inson mehnatini
avtomatik qurilma va asboblar bilan almashtirishdir.
Insonning bevosita aralashuvisiz boshqaruv vazifalarini bajaruvchi texnik qurilmalar avtomatik qurilmalardeb ataladi.
Avtomatika– bu ilm va texnika yo’nalishi bo’lib, inson ishtirokisiz o’z
funksiyasini bajaruvchi qurilma, vosita va moslamalar yaratish bilan shug’ullanadi va bunga tegishli boshqaruvning nazariya va amaliyotini yaratadi. Rostlanishi zarur bolgan texnologik parametr, ya’ni miqdori va qiymati bir me’yorda ushlanib turiluvchi yoki ma lum dastur bo’yicha o’zgartiriluvchi parametr rostlanuvchi qiymatyoki rostlanuvchi parametr deb yuritiladi. Texnologik jarayon yoki
texnologik jihozning parametrlari rostlanadigan bo’lsa, ular rostlov obektlari (RO) deb yuritiladi.
Hozirgi paytda ishlab chiqarishning alohida oddiy sohalarini
avtomatlashtiribgina qolmay, balki ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarish jarayonini kompleks avtomatlashtirishga o’tilgan. Har xil avtomatik ishlab chiqarish liniyalari, xatto yirik avtomatik ishlab chiqarish korxonasilar barpo etilmoqda. Shunday qilib, avtomatik tizim Boshqaruv Ob’ekti (BO) va Boshqaruv Tizim (BT) idan tashkil topgan.
BT boshqaruv maqsadi va boshqaruv natijalari xaqidagi ma’lumotlar
manbaini, tizimga kiritilayotgan ma’lumotlarni analiz qiluvchi va boshqaruvchi buyruqlar ishlab chiqaruvchi qurilma hamda boshqariladigan ishchi qurilmaga buyruqlarni yetkazuvchi qurilmalarni o’z ichiga oladi.
Ma’lumotlar manbai bo’lib boshqaruv maqsadi hamda boshqaruv
ob’ektining xatti-harakatlarini harakterlovchi turli fizik kattaliklarni o’lchash asboblari hizmat kiladi. Avtomatik boshqariladigan raketa bunga yaqqol misol bo’lib, nishon va raketaning o’zaro holatlarini aniqlovchi lokator asosiy ma’lumotlar manbai hisoblanadi.
|