D. Rikardoning iqtisodiy ta’limoti. David Rikardo (1772-1823) klassik iqtisodiy maktab namoyandasi
hisoblanadi. U tarixga katta ta’sir o‘tkazgan iqtisodchilardan bin edi.
Angliyada tug'ilgan, London fond biijasida zo‘r muvaffaqiyat bilan faoliyat
ko'rsatgan. Bu yerda to'plangan boylik unga fan bilan shug'ullanishi va
Angliya parlamentinig quyi palatasi ishida ishtirok etish imkonini bergan.
Uning eng mashhur asari «Siyosiy iqtisod va soliq solish qoidalari» deb
ataladi. U bu asami 1847- yilda yozgan. Bu asar uni mumtoz siyosiy
iqtisod g‘oyalarining Adam Smitdan keyingi eng taniqli ifodalovchisi
darajasiga ko‘tardi.
Rikardo, ayniqsa, xalqaro iqtisodiyotdagi savdo erkinligi afzalliklarini
tadqiq etish borasida dong taratdi. Erkin savdo mamlakatlar o‘rtasida
savdoni yo‘lga qo‘yishdagi tariflar va boshqa to'siqlar bartaraf etiladigan
siyosatni nazarda tutadi. Bu nuqtayi nazarni isbotlash uchun Rikardo biz
hozir nisbiy afzalliklar qoidalari deb ataydigan konsepsiyani ishlab chiqdi.
Ushbu afzalliklami tahlil etish orqali u shunday xulosa chiqardi: tovarlami
import qiluvchi bir mamlakat eksport qiluvchiga nisbatan kamroq
harakatlar bilan ishlab chiqara olsa ham, ulami boshqa mamlakatga import qilishi mumkin.
Nisbiy afzalliklami David Rikardo quyidagi tarzda izohlab bergan edi.
Portugaliya ham Angliya ham vino va kanop mato ishlab chiqaradi,
ular bir-birlari bilan ushbu mahsulotlarni ayirboshlashdagi afzalliklami
ко‘rib chiqadilar.
Xulosa. David Ricardo (18-aprel 1772-yil, London, Birlashgan Qirollik — 11-sentabr 1823-yil, Glostershir grafligi) — ingliz iqtisodchisi, klassik iqtisodiy maktab namoyandasi. Dastlab 1793—1812-yillarda tijorat ishlari bilan shugʻullanib katta boylik orttirdi, keyinchalik ilmiy faoliyat bilan shugʻullandi. 1819—23-yillarda Angliya parlamentining aʼzosi.
Ricardoning ilmiy ishlari ish haqi, foyda va renta masalalariga bagʻishlangan. Uning iqtisodiyot fanidagi tarixiy oʻrni, birinchi navbatda, kapitalizmning iqtisodiy munosabatlarini qiymatning mehnat nazariyasi nuqtai nazaridan tadqiq etishni boshlab berganligidan iborat. Ricardo tovar qiymatining yagona manbai ishchining mehnati boʻlib, aholining daromadlari — ish haqi, foyda, foiz, rentalar shu tovar qiymatiga asoslanadi, deb qaradi. Ricardo „Siyosiy iqtisod va soliqqa tortish asoslari“ (1817) asarida ishchining ish haqi bilan sohibkorning foydasi oʻrtasidagi nisbatning teskari proporsionalligini asoslab, ishchi va kapitalist iqtisodiy manfaatlarining zid ekanligini koʻrsatadi. Ricardo shugʻullangan asosiy masalalardan biri — yaratilgan ijtimoiy mahsulotning asosiy 3 sinf — sanoatchilar (foyda), ishchilar (ish haqi), yer egalari (renta) oʻrtasidagi taqsimoti muammosi boʻlgan. Ricardo renta nazariyasini asoslab berdi. Ricardo nazariya va amaliyotda erkin savdo tarafdori boʻlgan. Ricardo Angliyaning tashqi aloqalari uning iqtisodiyotida katta rol oʻynashini alohida oʻrgandi. U birinchilardan boʻlib ayrim tovarlarni i.ch.gina emas, balki mamlakatlar oʻrtasida xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvning ahamiyati katta ekanligini koʻrsatdi, tashqi savdoda qiyosiy afzalliklar nazariyasini asoslab berdi.