2- rasm. Samsung Medison HS50 UTT apparati
O‘lchovlar 22-23°S haroratli xonada, tadqiqotchi bemorning qarama-qarshi tarafida va tekshirish davomida bemorning qo‘llari issiq, maxsus qat'iy ravishda joylashtirilgan holatda amalga oshirildi.
Har bir bemorda barmoqlarning dorsal, palmar va lateral yuzalari bo‘ylab uzunasiga va ko‘ndalang sathlar boyicha skanerlash yordamida 22 ta bo‘g‘im baholandi. Tadqiqot bemor o‘tirgan holda, qo‘llarini gorizontal yuzaga qo‘ygan holda amalga oshirildi. Uzunasiga va ko‘ndalang skanerlash bilan, bo‘g‘im yuzalarini tekshirishni yaxshilash va osteofitlar, eroziyalar va deformatsiyalar mavjudligini aniqroq tekshirish uchun interfalangeal bo‘g‘imlarning yoyilgan va bukilgan holatidagi barmoqlarning orqa qismidan UTT tekshirish o‘tkazildi. Bitta amaliyot ortacha 30-40 daqiqani tashkil qildi.
Har bir bo‘g‘im uchun olingan ballar umumiy miqdorni va o‘ng va chap qo‘llar uchun alohida miqdorlarni aniqlash uchun jamlandi. Maksimal ball har bir bo‘g‘im uchun 13 ball, 22 bo‘g‘im uchun 286 ballni tashkil etdi.
Funktsional tadqiqot natijalariga ko‘ra, asosiy guruhning barcha bemorlari qo‘l panjasi bo‘g‘imlari OA turlariga bo‘lingan. Aniq tasniflash mezonlari yo‘qligini hisobga olgan holda, lekin Chjan, Kloppenburg, Punzi, Kvok ishlari natijalariga ko‘ra taqsimlash quyidagicha amalga oshirildi [88, 92, 138, 182]:
"Eroziv" OA rentgen yoki ultratovush tekshiruvi orqali distal yoki proksimal falangalararo bog‘imlarda 2 tadan kam bolmagan eroziya mavjudligi sifatida aniqlandi.
har ikkala qo‘lning birinchi barmog‘ining kamida bitta bo‘g‘imida (karpo-metakarpal, intrafalangeal, enterfalangeal) Kallman shkalasi bo‘yicha kamida 1 bosqichdagi bo‘g‘imlar bo‘shlig‘ining torayishi va osteofitlarning kombinatsiyasi mavjudligini anglatadi.
"Interfalangeal bo‘g‘imlar" ning OA deb 2-5 barmoqlarning distal yoki proksimal falangalar-aro bog‘imlarida OA ning rentgenologik yoki ultratovush belgilarining mavjudligi tushunilgan (o‘zgarishlar kamida ikkita bo‘g‘imda bo‘lishi kerak).
“Tarqalgan” OA deganda 1-barmoq boʻgʻimlari OA va falangalararo boʻgʻimlarning OA birga kelishi tushuniladi.
Asosiy guruhdagi 90 nafar bemordan 25 nafari (28%) eroziv kichik tip, 31nafari (34%) falangalararo bo‘g‘imlarning OA, 33 nafari (37%) tarqalgan shaklga va faqat 1ta bemorda (1%) qol 1-barmoq bo‘g‘imlari OA aniqlangan (4 rasm).
Dostları ilə paylaş: |