O’zbekiston respublikasi oliy talim vazirligi samarqand veterinariya medisinasi instituti tabiiy va ilmiy fanlar kafedrasi



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/64
tarix19.05.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#58685
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
biofiz usl 2018 maruz am




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TALIM 
VAZIRLIGI 
 
SAMARQAND VETERINARIYA MEDISINASI 
INSTITUTI 
 
 
«TABIIY VA ILMIY FANLAR KAFEDRASI 
 Biofizika va 
radiobiologiya 
1-qism(biofizika) 
 
 fanidan uslubiy ko’rsatma 
SAMARQAND – 2018 yil 



 
 
 
Ushbu uslubiy ko’rsatma " 
TABIIY VA ILMIY FANLAR

kafedrasi yig’ilishida (majlis bayoni №1) Agromuxandislik 
fakulteti uslubiy kengashida (majlis bayoni №1), institut 
uslubiy kengashida (majlis bayoni №1) kуrib chiqildi va ochiq 
matbuotda chop etishga tavsiya qilindi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Tuzuvchi: SamVMI dos. Nuriddin Mamatkulov. 
Taqrizchi : SamDU dos. E.Arzikulov 
SAMARQAND – 2018 yil 



So’z boshi 
Biofizika va radiobiologiya biologik hodisalar asosida yotuvchi eng oddiy 
va fundamental o’zaro ta’sirlar haqidagi fandir. Biofizika va radiobiologiya jadal 
rivojlanib, hozirgi kunda tirik dunyo tuzilishining molekulyar asoslarini tashkil 
etuvchi elementar qatlamiga kirib bormoqda. Hozirgi davrda biofizikaviy 
tadqiqotlarning biologiya, ekologiya, nazariy va amaliy tibbiyot qishloq xo’jaligida 
keng tadbiq etilayotgani ushbu soha mutaxassislari uchun bu fanni o’rganish 
zarurligini ko’rsatmoqda.
Biofizika va radiobiologiya fanining hozirgi kundagi asosiy bo’limlari – 
biologik jarayonlar kinetikasi, termodinamikasi, biopolimerlar tuzilishi va 
xossalari, hujayra jarayonlari biofizikasi, fotobiologik jarayonlar biofizikasi, 
radiasion biofizika, radiasiyaning tirik organizmga tasiri va hokazolardir.
Biofizika va radiobiologiya turli biologik hodisalarning molekulyar 
asoslarini tashkil etuvchi hodisalar: ionlar transporti, biologik membranalar 
fizikaviy - kimyoviy holatining o’zgarishlari, bioelektrogenez, mexanik -
kimyoviy jarayonlar, energiya o’zgarishlari va elektronlar ko’chishi, fotobiologik 
jarayonlar, tirik organizmlarning elektromagnit maydonlar va ionlashtiruvchi 
hamda optik nurlanishlarga birlamchi reaksiyalarini o’rganadi. Biofizika 
fundamental masalalarni hal etish bilan birgalikda biologiya, tibbiyot, qishloq 
xo’jaligi uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan amaliy masalalarni ham yechmoqda.
Fanni o’qitish maqsadi – talabalarga asosiy biofizikaviy hodisalar va 
g’oyalarni o’rganish, fizikaviy qonunlarni tirik organizmlarga tadbiq qilish, 
biofizika fani yutuqlarini qishloq xo’jaligiga, xususan chorvachilik va veterinariya 
sohalariga tadbiq etish bilan tanishtirishdan iborat. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin