36
Biologik to’qimalarning qarshiligi unchalik katta bo’lmagan obyektlardir.
Ularning qarshiligi elektr maydoni ta’sirida o’zgaradi. Odam organizimidan
o’tuvchi tok kuchi uning qarshiligidan bog’liq. Terining solishtirma qarshiligi 10
3
Om.m. sog’lom teri. Teri quruq bo’lsa, qo’l uchlari orasidagi qarshilik 15000 Om.
Ayniqsa otning qarshiligi kichik. Odam uchun havfsiz bo’lgan tok kuchi otni
o’ldirishi mumkin. Tajribalarning ko’rsatishicha, sitoplazma, tirik hujayra, ayrim
to’qimalarning o’zgarmas tok qarshiligi ancha kattadir. Turli to’qimalar elektr
o’tkazuvchanligi bir-biridan ancha farq qiladi. Orqa miya suyuqligi, qon, limfa
tokni yaxshi o’tkazadi, muskullar, jigar, yurak, o’pka muskullari tokni yomonroq
o’tkazadi. Yog’ va suyak to’qimalari, teri ulardan ham yomon o’tkazadi.
Hujayraning elektr xossalari ham ancha murakkabdir. Sitoplazmaning solishtirma
qarshiligi 0,1 dan 300 Om.m. chegarasida yotadi. Hujayra menbranasi 1 sm
2
yuzining qarshiligi 10
3
–10
4
Om.m.gacha bo’ladi. Biologik sistemalardan tok
o’tishiga hujayrada ro’y beradigan qutblaniµsh hodisalari ancha ta’sir qiladi.
Hujayra elektr maydonida. M-membrana, Ya-yadro
M – membrani, Y – yadro.
Elektr maydon ta’sirida qarama-qarshi yo’nalishda turli ishorali ionlar
to’planadi. Bu ionlar konsentrasiyasi ma’lum bir miqdorga teng bo’lgach,
dielektrik qatlam «teshiladi», ya’ni hujayra menbranasi orqali tok o’ta boshlaydi.
Kuchsiz toklarda menbrana umuman «teshilmaydi», chunki bunda hujayraning ikki
uchida to’planayotgan ionlar issiqlik harakati tufayli sochiladi. Demak
to’qimalarning elektr toki tomonidan ta’sirlanish bo’sag’anasi mavjud bo’lib,
undan past tokda tirik organizm tok ta’sirini sezmaydi. Tokning ta’siri sezilarli
bo’lishi uchun hujayra sirtida ma’lum miqdorda zaryad to’planishi shart, buning
uchun ma’lum bir vaqt kerak. Bo’sag’a tokining vaqtga bog’lanishi Veyss
formulasi orqali ifodalaniladi.
в
t
a
J
Tok kuchi kuchlanishiga praporsional bo’lgani uchun Veyss formulasini
qo’yidagicha yozishi mumkin.
B
t
A
U
Bunda, A,B,a,b –lar tajribadan topiladigan o’zgarmaslar.
v yoki B - konstanta bo’sag’a tokning ko’p vaqt davomida ta’sir etuvchi minimal
kuchini ko’rsatadi va uni
Dostları ilə paylaş: