O’zbekiston respublikasi oliy talim vazirligi samarqand veterinariya medisinasi instituti tabiiy va ilmiy fanlar kafedrasi



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/64
tarix19.05.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#58685
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64
biofiz usl 2018 maruz am

Laboratoriya ishi № 23 
 
Termoparani darajalash. 
 
Kerakli asbob va jihozlar: termopara, galvanometr, elektroplitka, 2 ta 
suvli idish, termometr.
Ishning qisqacha nazaryasi 
Ilmiy ishlarda texnologik jarayonlarni kuzatishda turli – tuman jismlarning 
temperaturasini o`lchashga to`g`ri keladi. Hozirgi zamonda o`lchanadigan
temperatura oralig`i juda keng, ya’ni “absolyut nol”ga yaqin temperaturadan bir 
necha ming graduslargacha. Keyingi vaqtlarda temperaturani o`lchash uchun juda 
ko`p hollarda elektr termometrlari ishlatilmoqda. Buning sababi asosan 
quyidagilardan iborat:
1. Elektr termometrlari juda keng o`lchash chegarasiga ega.
2. Elektr termometrlari masofadan turib, ya’ni jismga tegmasdan 
temperaturasini o`lchashi mumkin.
3. Bu termometrlar texnologik jarayonlarni avtomatik ravishda tekshirish 
imkoniyatiga ega.
4. Juda kichik ob’yektlar temperaturasini o`lchash qobilyatiga ega (masalan, 
to`qimaning temperaturasini o`lchash mumkin). 
Past va o`rta temperaturalarni o`lchash uchun kontankt metodiga asoslangan
termoqarshilik va termoparalardan foydalaniladi. Bularning ichida platinali 
termoqarshiliklar va kvars termoo’zgartirgichlar juda katta yuqori o’lchash 
aniqlikka ega. Yuqori temperaturalarni o`lchashda asbob temperaturasi 
o`lchanadigan moddadan chiqadigan energiya hisobiga ishlaydi va bularning 
aniqligi unchalik yuqori emas 
Bu laboratoriya ishida termoelektrik termometr – termopara ishi bilan
tanishiladi. Termoelektrik hodisalar (Zeebek, Pel’te va Tomson hodisalari) 
o`tkazgichlarning issiqlik va elektr jarayonlar orasidagi bog`lanishiga asoslangan. 


93 
Termoelektr yurituvchi kuchning (termo EYUK) mavjudligini 1821-yili Nemis 
fizigi Zeebek aniqladi. Bu hodisa quyidagidan iborat: turli jismlardan tuzilgan 
yopiq konturda ular kontaktlarining temperaturalari turlicha bo`lganda termo 
EYUK vujudga keladi. Bunda zanjirda termo tok paydo bo’ladi.
1834-yili Fransuz fizigi Pel’te turli metallardan tuzilgan zanjirdan tok o`tganda 
shu ikki metall kontaktida Joul issiqligidan tashqari qo`shimcha issiqlik ajralib 
chiqishini va tok yo`nalishi o`zgarsa issiqlik yutilishini aniqladi. Bunga Pel’te 
issiqligi ham deyiladi. Pel’te hodisasi Zeebek hodisasining teskarisidir. 
Tajribalarning ko`rsatishicha Pel’te issiqligi kontaktdan o`tuvchi zaryad
miqdoriga to’g’ri proporsionaldir, ya’ni
ПIt
q
П
Q
n



(1) 
bunda П - Pel’te koeffitsiyenti, 
t
- temperatura.
Tomson effekti esa bir jinsli o`tkazgich bir jinslimas isitilganda va undan 
elektr toki o`tganda yuz beradi. Agar tok o`tayotgan o`tkazgichda temperaturalar 
farqi 
∆T=T

- T
1
yuzaga kelsa, u holda o`tkazgichdan Joul issiqligidan tashqari 
issiqlik (tokning yo`nalishiga qarab) chiqadi yoki yutiladi. Bunga Tomson issiqligi 
deyiladi.
It
T
T
K
Q
t
t
)
(
1
2


(2) 
bunda K
t
- material tabiatiga bog`liq bo`lgan doimiy kattalik, ya’ni Tomson 
koeffitsiyentidir. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin