O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi universiteti



Yüklə 370,5 Kb.
səhifə1/7
tarix18.05.2023
ölçüsü370,5 Kb.
#116119
  1   2   3   4   5   6   7
“Ilm yo`li” variativ dasturi mazmuni mohiyati


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI



_________________________________________ UNIVERSITETI
_____________________________________________ FAKULTETI
____________________________________GURUH TALABASI
_________________________________________NING

KURS ISHI
MAVZU: “Ilm yo`li” variativ dasturi mazmuni mohiyati
ILMIY RAHBAR: _____________
_________________-2023
M U N D A R I J A




X U L O S A 27


K I R I SH
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi bilan, Prezidentning 2017 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni tubdan takomillashtirish bo‘yicha choratadbirlar haqida”gi 5198 - Farmoni ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Shu bois eng yaxshi xalqaro tajribalar asosida tizimdagi dasturiy va o‘quv-metodik ta’minotni takomillashtirish maqsadida maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish zarurati paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Boshlang‘ich ta’limga bolalarni majburiy bir yilliktayyorlashga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida”gi999- sonli qarorini ijro etish doirasida O‘zbekiston o‘z zimmasiga6-7 yoshli bolalarning maktabga to‘lovsiz majburiy bir yillik tayyorgarligi bo‘yicha majburiyatni oldi. 6-7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga ta’lim-tarbiya berish va maktabga tayyorlash maqsadida “Ilm yo‘li” dasturini ishlab chiqish hamda uni tasdiqlash zarurati paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining tashabbusi bilan 6-7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga ta’lim tarbiya berish va maktabga tayyorlash maqsadida “Ilm yo‘li” variativ dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dastur maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun ishlab chiqilgan “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi, O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga
qo‘yiladigan Davlat talablari, “Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy dastur”, maktabgacha ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasi asosida ishlab chiqildi. “Ilm yo‘li” variativ dasturi bolaning to‘laqonli rivojlanishi, tarbiyalanishi va o‘qishini, uning maktabda ta’lim olishga samarali tayyorlanishini ta’minlashga qaratilgan, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha xalqaro tajribalarning hisobga olinib, ishlab chiqilgan hujjat
bo‘lib sanaladi.
Mazkur dastur o‘ziga xos bo‘lib, unga ko‘ra, o‘quv-tarbiyaviy faoliyat kuniga 3 soat davomida amalga oshiriladi, uning majburiy qismi 80 foizni va variativ qismi esa 20 foizni tashkil etadi. Dastur idoraviy bo‘ysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat’iy
nazar O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo‘llanilishi mumkin:
• bolalarni maktabga majburiy bir yillik tayyorlov guruhlariga ega bo‘lgan umumiy hamda ixtisoslashtirilgan tiplardagi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida;
• maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimi uchun kadrlar tayyorlashni amalga oshiradigan o‘rta-maxsus va oliy ta’lim muassasalarida;
• maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tizimi uchun pedagogkadrlarnining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini amalga oshiruvchi muassasalarda.
Shuningdek, har bir maktabgacha ta’lim tashkiloti, shu jumladan, maktabgacha ta’limning muqobil shakllari xududiy, milliy, ijtimoiyiqtisodiy va boshqa shart-sharoitlardan kelib chiqib, o‘z muqobil shakllarini ishlab chiqishi mumkin.
Dastur asosiga bola shaxsining rivojlanishidagi asosiy sohalar (jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish) bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari kiritildi. Dastur (kurrikulum)ning o‘rgatuvchi jarayonidagi integratsiyalashgan yondashuv bola rivojlanishining yaxlitligini ta’minlaydi.
Bolaning erta rivojlanishi uning kelgusida shaxs sifatida shakllanishida hal
qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bolaning erta rivojlanishiga investitsiya ajratilishi quyidagi asosiy omillar bilan belgilanadi:
• katta yoshdagi kishi intellektual qobiliyatining 70% hayotining dastlabki 5 yilligi
shakllanadi;
• maktabgacha ta’limga sarf-xarajatlarning iqtisodiy samaradorligi 17:1 nisbatni tashkil 
etadi (bolalar qamrovi 50% kam bo‘lmaganda);
• umumiy ta’limda erishiladigan sezilarli yutuqlar;
• ta’limni yuqoriroq bosqichda davom ettirish uchun katta imkoniyat mavjudligi;
• g‘ayriaxloqiy va jinoiy xatti-harakatlar ehtimolining kamayishi.



Yüklə 370,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin