Ish haqini tashkil etish shakllari va ularni tavsiflash
Ishlab chiqarishning texnik asoslaridagi, ishchilar mehnatining mazmunidagi, ularga bilim berish va kasb-korlikka o’rgatish borasidagi o’zgarishlar munosabati bilan ish haqi shakli va tizimlari ham o’zgarib boradi. Ish haqini tashkil etishda uning ikkita asosiy shakli: vaqtbay va ishbay shakllari farqlanadi. Vaqtbay ish haqi xodimning malakasi, mehnatining sifati va ishlagan vaqtiga qarab to’lanadigan ish haqidir. U odatda mehnatning natijalarini aniq hisoblab bo’lmaydigan, balki ular aniq vazifalar doirasini bajarish bilan belgilanadigan vaqtda (masalan, injener-texnik xodimlar va xizmatchilar, sozlovchilar, elektromontyorlar va shu kabilarga haq to’lashda) yoki mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonining borishi bilan belgilanadigan va bevosita ishchiga bog’liq bo’lmagan ‘aytlarda (masalan konveyerlar va avtomat liniyalarida ishlash) qo’llaniladi.
Ishbay ish haqi ishchining ishlab chiqargan mahsulot nqdori yoki bajargai iishning miqdoriga qarab beriladigan ish haqidir. Mahsulot birligi uchun ratsenka (to'lov), ta'rif gavkasidagi haqni ishlab chiqarish normasiga taqsimlash yo'li bilan aniqlanadi. Haq to'lash shakllarining aniq mehnat sharoitlarini hisobga oladigan turlari ish haqining nzimini tashkil qiladi. Chunonchi, ishchilarning bir ismiga to'g'ri ishbay tizimi bo'yicha haq to'lanadi. Bunda ishlab chiqarish normasi qay darajada bajarilishidan qat'iy razar, ish haqi yagona mahsulot birligi uchun belgilangan ratsenka bo'yicha to'lanadi. Ishbay-mukofot tizimi bir qancha qo'rsatkichlar uchun mukofot berishni nazarda tutadi. Ishbay-progressiv haq go'lashda ishchining belgilab qo'yilgan norma doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan ratsenka bo'yicha ish haqi beriladi, normadan yuqorisiga esa oshirilgan haq (ratsenka) bo'yicha pul to'lanadi.
Ishbay-ish xaqining tizimida yakka tartibdagi, jamoa va ijara pudratida qo'llaniladigan mehnatga haq to'lash farqlanadi. Bunda olingan tayyor mahsulot uchun uning sifati va ishlab chiqarish chiqimlarini hisobga olib haq to'lanadi. Haq to'lashning jamoa shaklida ish haqi brigada, sex va boshqa bo'linmaning pirovard mehnat natijalariga boshiq qilib (qo'yiladi. Bunda har bir xodim faqat o'ziga berilgan shaxsiy topshiriqlargagina emas, balki shu bilan birga bo'linmaning butun ish hajmini ham bajarishdan manfaatdor bo'ladi.
Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish eng avvalo davlat tarif tizimi yordamida amalga oshiriladi. Tarif tizimi gajmui yordamida tarmoqlar va mamlakat mintaqasi bo'yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasi tartibga solib turiladi.
Ta’rif tizimi tarif-malaka spravochniklarini va ish haqiga har xil koeffitsiyentlarini o'z ichiga oladi.
Tarif-malaka spravochniklari ayrim kasblar va mehnat turlarining batafsil ta'rifi, u yoki bu aniq ishni bajaruvchining bilim va ko'nikmalariga qo'yiladigan talablardan iborat bo'ladi, shuningdek, unda bu ishni tariflash uchun qo'yiladigan razradlar ham ko'rsatiladi. Tarif setkasida razradlardan tashqari ta'rif koeffitsiyentlari ham bo'lib, ular birinchi razradli ishchiga haq to'lash bilan keyingi razradli ishchilar mehnatiga haq to'lashning o'zaro nisbatini qo'rsatadi (birinchi razradning tarif koeffitsiyenti hamma vaqt birga teng).
Tarif stavkalari tegishli razradga ega bo'lgan ishchining mehnatiga to'lanadigan haq miqdorini belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: |