O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti


-mavzu. Mashg‘ulot o‘tkazish va o‘rgatish jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish



Yüklə 91,49 Kb.
səhifə4/7
tarix24.12.2023
ölçüsü91,49 Kb.
#193482
1   2   3   4   5   6   7
1 курс СПМО Фан дастури

14-mavzu. Mashg‘ulot o‘tkazish va o‘rgatish jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish
Mashg‘ulot o‘tkazish va o‘rgatishda texnik vositalar, maxsus moslamalar, trenajerlardan foydalanish. O‘zlashtirgan sifat va malakalar darajasini innovatsion o‘lchov asboblari hamda ixtisoslashtirilgan testlar yordamida baholash.
15-mavzu. Mashg‘ulot va musobaqalar samaradorligini aniqlash
Stenografik kuzatuv, pedagogik tahlil va videotahlil metodlaridan foydalanish va olingan natijalar asosida tayyorgarlik jarayoniga o‘zgartirishlar kiritish. Texnik-taktik usullar hajmi va ularning natijakorligini aniqlash.
16-mavzu. Musobaqa qoidalari doirasida hakamlarning tashkiloyatchilik va ijrochilik funksiyalari
Musobaqa o‘tkazish joyi (maydoncha)ni tayyorlash. Uskuna, jihoz, o‘lchov uskunalari va kommunikatsion vositalarni tayyorlash. Hakamlar funksiyalarni ijro etish malakalariga o‘rgatish: maydon hakamlarni, 1-nchi 2-nchi va 3-hakamlar.
17-mavzu. Musobaqa o‘tkazish inshootlarida iqlim sharoitlarini aniqlash
Musobaqa qoidalariga asoslangan me’yorlar bo‘yicha havo harorati, namligi, atmosfera bosimi, tabiy-sun’iy yoruchlik va boshqa gigienik omillarni maxsus asboblar yordamida aniqlash.
III. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1. Musobaqa qoidasi va xakamlar funksiyalari haqidagi bilimlarni o`zlashtirish.
2. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida o`yin texnikasi va taktikasini shakllantiruvchi taqlidiy mashqlar mohiyati hamda mazmuni to`g`risida chuqur tassavur hosil qilish.
3. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida turli o`yin vaziyatlarida texnik-taktik harakatlarni tezkor ijro etishga xos jismoniy sifatlarni rivojlantirish sirlarini egallash.
4. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida umumiy jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi mashqlar majmualarini tuzish, ularni muhokamaga topshirish va sinovdan o`tkazish.
5. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida basketbolga xos vertikal sakrash va sakrash chidamkorlikni shakllantirishni sakrab savatga to`p tashlash, to‘p uzatish, qabul qilish, to`pli o`yinchini taqib qilish, ko`nikmalari asosida o`zlashtirish.
6. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida maxsus jismoniy sifatlarni texnik ko`nikmalar xususiyatiga xos doirasida rivojlantirish.
7. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida xujum va himoya usullarini samarali ijro etishga qaratilgan harakat sifatlarini shakllantirish.
8. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida jismoniy sifatlar va ularni texnik-taktik ko`nikmalarga o`rgatish hamda o`zlashtirishdagi roli haqida keng tassavurga ega bo`lish.
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.
Ushbu mavzular bo‘yicha tayyorlanadigan mustaqil ishlar talabalar soniga qarab turli yosh va sport malakasiga ega yoki sport faxriylari ustida olib borilgan kuzatuv va tadqiqotlar asosida ko‘p yo‘nalishli bo‘lishi mumkin. Mavzu ixtiyoriy, mustaqil ravishda tanlanishi mumkin.


Yüklə 91,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin