O’zbekiston respublikasi oliy


Pensiya ta’minoti tizimining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyati



Yüklə 31,33 Kb.
səhifə2/5
tarix30.04.2023
ölçüsü31,33 Kb.
#105270
1   2   3   4   5
Pensiya referat

1. Pensiya ta’minoti tizimining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyati
Respublikamizda ijtimoiy siyosatni shakllantirish masalasi yoki iqtisodiyotni isloh etish va modernizatsiya qilish dasturini hayotga tatbiq etish bo’ladimi, ijtimoiy soha tizimida uzoq muddatli istiqbolga mo’ljallangan eng muhim ustuvor yo’nalishlarni belgilab olish bo’ladimi – bularning barchasida biz uchun faqat bitta masala eng ustun va hal qiluvchi o’rinda turadi, u ham bo’lsa, inson manfaatlarining ustuvorligidir. Ayniqsa, keksalarning turmush darajasi va hayot sifatini izchil va bosqichma-bosqich yuksaltirish – bizning asosiy maqsadimizdir. Aholi turmush darajasi mamlakatdagi iqtisodiy taraqqiyot darajasiga mos keluvchi hayot sharoitlarining yig’indisidir. Aholi turmush darajasini oshirishda quyidagilar e’tiborga olinadi:
− kutilayotgan umr ko’rish yoshi;
− hayot (turmush) tarzi;
− YaIMning aholi jon boshiga to’g’ri kelishi;
− shaxsiy baxt tushunchasi;
− hayot kechirishda daromadning minimal darajaga muvofiqligi;
− oilaning jamiyatda egallagan mavqei;
− salomatlik.
Davlatning taqsimlash tizimida chora-tadbirlar tartibini tanlanishi mamlakat
pensiya tizimida vujudga kelgan holat, demografik vaziyat tavsifi, jamiyatda amal
qilayotgan adolat tushunchalari, siyosiy qarashlarni belgilab beradi. “Pensiya” kategoriya sifatida pul mablag’larining maqsadli fondlarini shakllantirish va keksayganda chog’ida undan foydalanish shakl va usullari yig’indisini o’z ichiga oluvchi iqtisodiy munosabatlar tizimini aks ettiradi. “Pensiya - uni olish huquqi Qonunda belgilangan shartlarga va me’yorlarga muvofiq aniqlanadigan hamda shaxslarga pensiya yoshiga to’lish, nogironlik yoki boquvchisini yo’qotganlik munosabati bilan beriladigan oylik pul to’lovidir”.
Fuqaroning yashash joyi - turar joy, kvartira, xizmat turar joyi, ixtisoslashtirilgan uylar (yotoqxona, pansionat, yolg’iz keksalar uchun maxsus uy, nogironlar, faxriylar uchun internat uy va boshqalar), shuningdek pensiya uchun murojaat qilgan jismoniy shaxs ijaraga olish shartnomasi, ijara shartnomasi yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar bo’yicha mulkdor sifatida doimiy yashaydigan (doimiy ro’yxatdan o’tgan) boshqa turar joy, doimiy yashash joyi mavjud bo’lmagan (doimiy ro’yxatdan o’tmagan) taqdirda – vaqtincha yashash (vaqtincha ro’yxatdan o’tish) joyidir. Pensiya tizimining samaradorligi uning ijtimoiy-iqtisodiy maqsadga muvofiqligini va inson omilini rivojlantirish, takror ishlab chiqarish jarayonining davlat tomonidan tartibga solish darajasini aks ettiradi. Pensiya tizimining samaradorligi mablag’larni jalb qilish va aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida mablag’larni ishlatilish darajasini ifoda etadi. Pensiya ta’minoti tizimini isloh etishning asosiy sababi davlatning pensiyaga oid majburiyatlarni bajarishi uchun moliyaviy resurslar etarli bo’lishi kerak. Bu muammo aholining keksayib borishiga muvofiq kuchayib, murakkablashib boradi. Davlatlarda vujudga kelgan iqtisodiy, ijtimoiy va demografik vaziyatlardan kelib chiqqan holda ahamiyat kasb etadi. Xorijiy davlatlar uzoq muddatli istiqbolda pensiya tizimi barqarorligini yaxshilashga yo’naltirilgan bir qator muhim o’zgarishlar qildilar. O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, oxirgi yillarda kuzatilayotgan YaIMning yuksak o’sish sur’atlari, makroiqtisodiy rivojlanish natijalari mamlakatimiz iqtisodiyotini izchil va
barqaror rivojlanishining natijasi sifatida namoyon bo’lmoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yangilash sharoitida mamlakat fuqarolarining pensiyasini belgilovchi asosiy omil sifatida davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalaridagi pul mablag’lari e’tiborga olindi. Davlatning ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan xarajatlari jamiyatning iqtisodiy salohiyatini oshirishga yordam beradi. Davlat amalga oshirayotgan, aholining barcha qatlamlari manfaatlariga daxldor bo’lgan iqtisodiy faoliyat natijalari ijtimoiy soha orqali namoyon bo’ladi. Davlat tomonidan “.Xalq farovonligini, barqaror, muttasil oshirishni, aholini ijtimoiy himoyalashni ustuvor yo’nalish qilib belgilab, shu yo’l bilan islohotlar faqat inson manfaatlarini ko’zlab, uning farovonligi uchun amalga oshiriladi”1
Davlat tomonidan xalq farovonligini, barqaror, muttasil oshirishni, aholinim ijtimoiy himoyalashni ustuvor yo’nalish qilib belgilab, shu yo’l bilan islohotlar faqat inson manfaatlarini ko’zlab, uning manfaati uchun amalga oshiriladi.
Ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minotni moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish bo’yicha xorijiy tajribalar respublikamizda joriy qilindi. “Davlat is’temoli O’zbekistonda faqat ishlab chiqarishni investitsiyalash bilan emas, balki ijtimoiy sohani ta’minlash bilan ham bog’liq. Ijtimoiy soha uchun zarur resurslarni davlat qo’lida jamlash va ularni adolatli taqsimlashi muhim. Shu sababli Davlat budjeti va budjetdan tashqari pul jamg’armasida ijtimoiy soha xarajatlarining hissasi katta.”2
Pensiya jamg’armalaridagi fuqarolar va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning
majburiy va ixtiyoriy jamg’arma badallari ularni davlatning moliyaviy ishtiroki asosida shakllanuvchi, muayyan jamg’arma tashkil etgan aholi toifalariga to’lovlarni amalga oshirish va ijtimoiy himoyalash uchun mo’ljallangan mustaqil pul jamg’armalari sifatida ta’riflash imkonini beradi. Mamlakatimizda mustaqillik qaror topganidan keyingi yillarda fuqarolarni ijtimoiy himoyalash, ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlashga yo’naltirilgan muayyan ishlarning huquqiy poydevori barpo etildi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida har kim qariganda, mehnatga yaroqsiz bo’lib qolganida, shuningdek, boquvchisidan judo bo’lganida hamda qonunda ko’zda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olishga haqli, degan qoidaga muvofiq fuqarolarni xilma-xil shakldagi ijtimoiy himoyalash kafolatlab qo’yildi.



Yüklə 31,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin