O’zbekiston respublikasi oliy


O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta’minotining huquqiy-me’yoriy asoslari



Yüklə 31,33 Kb.
səhifə3/5
tarix30.04.2023
ölçüsü31,33 Kb.
#105270
1   2   3   4   5
Pensiya referat

2. O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta’minotining huquqiy-me’yoriy asoslari
Fuqarolarning ijtimoiy himoyasi O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyada
belgilab berilgan eng muhim huquqi – pensiya ta’minoti huquqi bilan mustahkam bog’liq. Davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega bo’lgan fuqarolarga ularning o’zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi. O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda pensiya ta’minotining yangi tizimi paydo bo’ldi. Pensiya ta’minoti tizimining huquqiy asosini yaratilishida xukumatimiz tomonidan qator qonun va boshqa me’yoriy xujjatlar qabul qilindi.
Fuqarolarning birdamlashgan davlat pensiya ta’minoti tizimi, ya’ni hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mustaqillik yillari mobaynida bosqichma-bosqich rivojlatirib borildi va besh bosqichda amalga oshirildi.
Birinchi bosqichda, O’zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 14 yanvarda “SSJI Pensiya fondining O’zbekiston jumhuriyat bo’limini tashkil etish to’g’risida” gi № 9-sonli Qarori qabul qilindi va bu SSJI Pensiya fondining O’zbekiston jumhuriyat bo’limi qator vazifalarni yuklab qo’ydi.
Ikkinchi bosqichda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 1993 yil 4 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug’urta jamg’armasini tashkil etish to’g’risida” gi 391-sonli Qarori qabul qilindi. Uchinchi bosqichda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 27 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzurida Pensiya jamg’armasini tashkil etish to’g’risida” gi 459-sonli Qarori tasdiqlandi.
To’rtinchi bosqichda, - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 15 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 444-sonli Qarori qabul qilindi;
-2001 yil 1 yanvardan boshlab O’zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg’armasi O’zbekiston Respublikasining budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga aylantirildi.
O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasini boshqarish bo’yicha quyidagi funksiyalar yuklandi:
− byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari kelib tushishi va ularni sarflashning har yilgi hamda choraklar bo’yicha prognoz balanslarini shakllantirish;
pensiyalar, shuningdek ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan to’lanadigan nafaqalarni o’z vaqtida hisoblash va to’lash;
− pensiyalar va ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan to’lanadiga nafaqalarning to’g’ri hisoblanishini hamda ularning o’z vaqtida to’lanishini nazorat qilish.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri va Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining rahbarlari budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’larini boshqaruvchilar hisoblanishi ham belgilab o’tildi;
O’zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Moliya vazirligi, Ijtimoiy ta’minot vazirligi markaziy apparati tuzilmasida xodimlari soni besh kishidan iborat bo’lgan budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi daromadlari va xarajatlari bo’limini tashkil etish belgilandi. Beshinchi bosqichda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 21 oktyabrdagi “Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasini boshqarishni yanada takomillashtirish to’g’risida” gi 490-sonli Qarori tasdiqlandi. Bunga ko’ra, birinchi marta pensiya ta’minoti Moliya vazirligi tomonidan amalga oshirilishi belgilandi va 2005 yil 1 yanvardan boshlab, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi Ijro etuvchi direktsiyasi amalda tadbiq etildi.
Mamlakatimizda barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohatlar bugungi kunda o’zining natijalarini namayon etmoqda.



Yüklə 31,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin