O’ZBEKISTONRESPUBLIKASIOLIYVAO’RTAMAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTONMILLIYUNIVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTITETI MAKROIQTISODIYOT KAFEDRASI Davlat pensiya ta’minoti va pensiyasni hisoblash fanidan Mustaqil ishi Mavzu:Davlat pensiya fondining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va uni tashkil etish Bajardi: (5520100)Ijtimoiy ish(pensiya ta’minoti) 3-kurs
talabasi Do’sova Nilufar
Qabulqildi: katta o’q. Raxmatova N
Toshkent-2023 Mundarija: Kirish........................................................................................................................3 1. Pensiya ta’minoti tizimining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.....4
2. O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta’minotining huquqiy-me’yoriy asoslari......................................................................................................................7
3. O’zbekistonda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishning o’ziga xos xususiyatlari..............................................................................................................9
Xulosa va takliflar..................................................................................................13 Foydalanilgan adabiyolar ro’yxati.......................................................................14
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Ijtimoiy siyosat jamiyat hayotining muhim sohasi va har bir davlat faoliyatining muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiyot tamoyillariga mos pensiya ta’minoti esa uning amaliy vositalaridan biridir. Pensiya ta’minotining to‘g‘ri tashkil etilishi ham muayyan guruhga mansub ko‘plab odamlarning, ham aholining daromadi, mehnati, turmush sifati hamda darajasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy siyosat maqsadlariga erishish imkonini beradi.
Shubhasizki davlatimizning rivojlanishi bevosita mamlakat aholisining
yashash sharoitining yaxshilanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu yo‘nalishda
bugungi kunda hukumatimiz tomonidan qator qonunlar, qarorlar, farmonlar,
nizomlar va boshqa me’yoriy xujjatlar ishlab chiqilganki, barchasining zamirida
inson manfaatlari, ularga hizmat qilish yotadi.
Mustaqil ishning maqsad va vazifalari.O’zbekistonda pensiya ta’minoti tizimini qonuniy-huquqiy asoslarini ilmiy o’rganish va zamonaviy talablar asosida uni takomillashtirish yuzasidan xulosa va takliflarni taqdim etishdan iborat.
Mustaqil ishda mazkur maqsaddan kelib chiqib qator vazifalar
qo’yilgan:
-pensiya ta’minoti tizimining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini o’rganish;
-pensiya ta’minoti tizimining huquqiy-me’yoriy bazasini o’rganish;
O’zbekistonda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganishdan iborat.