Mavzuning dolzarbligi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish boshqarish tizimining barcha jabhalarini chuqur, tarkibiy jihatdan qayta isloh qilinishini va bunday islohotlar iqtisodiyotning barcha sohalarini: tarmoqlar, korporatsiyalar, birlashmalar va ularning asosi bo’lgan korxonalar faoliyatini marketing nuqtai- nazaridan boshqarish tamoyillari asosida bo’lishini talab qilmoqda. SHuningdek, mamlakatimiz milliy iqtisodiyotini boshqarishning ma’muriy bo’yruqbozlik usullaridan holi holda iqtisodiy manfaatdorlikka asoslangan usuliga o’tilishi ham marketingdan keng va har tomonlama foydalanishni taqozo etadi.
Mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan kichik biznes va tadbirkorlik
sub’ektlari faoliyatini marketing tamoyillari asosida rivojlantirish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir. CHunki kichik tadbirkorlik sektori mamlakatimiz iqtisodiyotida nihoyatda muhim vazifani bajarmoqda. Birinchidan, ushbu sektor bozor sharoitida zarur tezkorlikni ta’minlaydi, ishlab chiqarishdagi chuqur ixtisoslashuv va tarmoqlashgan kooperatsiyani yaratadi, bularsiz, yuksak samaradorlikni tasavvur qilib bo’lmaydi. Ikkinchidan, u iste’molchilik sohasida vujudga keladigan «tuynukni» tezda to’ldirishga qodir bo’libgina qolmay, eng zamonaviy mashina - uskunalar va texnologiyadan foydalanib, sarflangan sarmoyaning o’rnini juda tez qoplay oladi. Uchinchidan, mayda biznes bozor uchun zarur bo’lgan raqobatchilik muhitini, tez paydo bo’lib, yo’qolib yetadigan turli xil shakllarni yaratib beradi, u bir zumda o’zgarib turadigan bozor talabiga javob berishga tayyor bo’lish qobiliyatiga ega. SHu bilan kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari aholi bandligini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. “Ayni paytda ishlab chiqarilayotgan jami sanoat mahsulotlarining 23 foizi, ko’rsatilayotgan bozor xizmatlarining deyarli barchasi, mahsulot eksportining 18 foizi, iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band bo’lgan aholining 75 foizi kichik biznes ulushiga to’g’ri kelmoqda.”1 Muammoning o’rganilganlik darajasi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini marketing tamoyillari asosida rivojlantirishning ayrim jihatlari iqtisodiy adabiyotlarda yoritib berilgan. Ayniqsa ushbu muammolar yechimi, S.G’ulomov, M.SHarifxo’aev, T.Ergashev, Yo.Abdullaev, B.Xodiev, O.Aripov, F.Karimov, Z.Xudoyberdiev va boshqa yetakchi iqtisodchilar ilmiy ishlarida o’z aksini topgan.
Tadqiqotningmaqsadivaasosiyvazifalari. Bitiruv-malakaviy ishida qo’yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yuzasidan mulohaza va yondashuvlarni amalga oshirish nazarda tutiladi:
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida marketingning ahamiyatini asoslab berish;
1I.A.Karimov “2014 yil yuqori o’sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o’zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo’ladi” T: O’bekiston. 2014 yil, 7-bet.
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida marketingni boshqarish tamoyillari va usullarini o’rganish;
tadbirkorlik tizimida marketing samaradorligini baholash amaliyoti bilan
tanishish;
Pop tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarini tahlil
qilish;
Pop tumani kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining
iqtisodiy ko’rsatkichlarini taxlil qilish;
tadbirkorlik tuzilmalarida marketing muammolari va ularning raqobatbardoshlik strategiyasini ishlab chiqish bo’yicha takliflar berish;
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda marketing faoliyatini
rivojlantirish va samaradorligini oshirish yo’llarini tadqiq qilish.
Tadqiqotningpredmeti bo’lib kichik biznes korxonalarida marketing faoliyatini rivojlantirishda amal qiladigan iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi.
Tadqiqotningob’ekti. Izlanishning asosiy ob’ekti qilib Pop tumanida faoliyat ko’rsatayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari olindi.
Tadqiqotningnazariyvauslubiyasosi bo’lib Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini qaror toptirishning o’ziga hos yo’li, Prezident Farmonlari, Xukumat Qarorlari va xuquqiy dalolatnomalar, kichik biznes va tadbirkorlikda marketingni rivojlantirish borasida erishilgan ilg’or tajribalar hizmat qildi.
Bitiruv malakaviy ishi kirish, uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismidan iborat. Birinchi bobda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini marketing tamoyillari asosida tashkil etishning nazariy asoslari, ikkinchi bobda Pop tumanida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy ko’rsatkichlari taxlili, uchinchi bobda esa erkin raqobat sharoitida kichik biznes korxonalarida marketing faoliyati samaradorligini oshirishning asosiy yo’llari bayon qilingan.