O‟zbekiston respublikasi oliy



Yüklə 146,73 Kb.
səhifə14/17
tarix20.11.2023
ölçüsü146,73 Kb.
#164485
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17

Xulosa


O‟zbekiston iqtisodiyotidamilliy servis sohasining roli va ahamyati salmoqli bo‟lib , davlat mustaqilligiga erishilgandan keyin bu sohada tub xo‟jalik- iqtisodiy , tashkiliy- institutsional va tarkibiy islohotlar amalga oshirildi. Har qanday iqtisodiyotni, ayniqsa, uning muhim tarmog„i bo„lgan sanoat sohasini taraqqiy toptirish yangi texnologiyalarni joriy etishni taqozo qiladi. Chunki, bu mahsulot yoki xizmatning ichki va jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligini ta'minlovchi omildir.
Shu bois hozirgi vaqtda ilmiy ishlanmalardan foydalanishning samaradorlik darajasini oshirish, fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish masalasining dolzarbligi yanada kuchaymoqda.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq milliy qonunchilikni yaratishda aynan shu jarayonning huquqiy asoslariga bo„lgan e'tibor alohida o„rin tutdi. Zero, o„sha kezlarda qabul qilingan Fuqarolik, Jinoyat, Soliq kodekslarining intellektual mulkka oid normalari, shuningdek, “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to„g„risida”gi, “Tovar belgilari, xizmat ko„rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to„g„risida”gi, “Seleksiya yutuqlari to„g„risida”gi, “EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma'lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to„g„risida”gi, “Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to„g„risida”gi, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to„g„risida”gi qonunlar ushbu sohaning ravnaqiga munosib hissa qo„shib kelmoqda.
Pirovardida, ro„yxatga olingan ilmiy-texnikaviy yutuqlar soni yil sayin oshib bormoqda. Shunday ilmiy-texnikaviy yutuqlar sirasiga dunyoda birinchi bo„lib yarim nodir minerallarga atom reaktorining neytron va kobalt-60 izotopining gamma nurlari orqali ishlov berib, minerallarni to„la nodirlashtirish texnologiyasi ishlab chiqilganligini mamnuniyat bilan misol qilib keltirish mumkin. Bu kabi natijalar fuqarolarimizning Konstitutsiyamizda belgilab qo„yilgan ilmiy-texnikaviy ijod erkinligidan keng foydalanishi mahsuli bo„lib, ayni vaqtda mamlakatimizning
iqtisodiy qudratini yuksaltirishga, jahon hamjamiyati oldidagi mavqyeini oshirishga xizmat qilayotgani bilan ham e'tirofga molikdir.
Milliy va xalqaro tajribadan ma'lumki, iqtisodiyot va jamiyatning taraqqiyot darajasi ko„p jihatdan innovatsion faoliyatga bog„liq. Binobarin, iqtisodiyotdagi samaradorlik ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalar va ixtirolarning joriy etilishi evaziga oshadi. Shu bois bugungi kunda innovatsiyalar har bir mamlakat iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismiga aylangan.

Yüklə 146,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin