Ishni bajarish jarayonida chiziqli va nochiziqli ABSlarning ishlash prinsipi ko`rib chiqildi. Chiziqli ABS ni Naykvist me`zonini qo`llagan holda turg`unlikka tekshirildi. Chiziqli qism AFXsi (-1; j0) nuqtalarni o`z ichiga olganligi sababli sistema noturg`un hisoblanadi. Bizning maqsadimiz sistemani turg’un holatga keltirish. Sistemani turg’un holatga keltirish uchun, biz teskari aloqali korrektlash usulidan foydalandik. Korrektlash usulini qo’llash uchun berilgan sistemaning va zaruriy sistemaning LACHX sini qurish va bu xarakteristkalar yordamida korrektlovchi qurilmaning LACHXsi qurildi. Korrektlovchi qurilmaning LACHXsi yordamida uning uzatish funksiyasi topiladi. Korrektlovchi qurilma bizga sistemaning turg`un holatda ishlashi uchun yordam beradi va sistemaning turg`unlik zaxiralarini ta`minlaydi. Sistemaning turg`un ishlashi esa ishlab chiqarishda mahsulotlarning unumdorligi va sifati yaxshi bo`lishi uchun muhim ahamiyatga egadir. Nochiziqli sistemani Goldfarb usuli yordamida tekshirish bilan berilgan nochiziqli avtomatik boshqarish sistemasida turg‘un avtotebranishlar mavjudligi aniqlandi.