O‘zbekiston respublikasi oliy



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə1/6
tarix14.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#179319
  1   2   3   4   5   6
Quralboyev


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA
UNIVERSITETI
«ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA» fakulteti
«Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish» kafedrasi


«Avtomatik boshqarish nazariyasi» fanidan
KURS ISHI


Bajardi: 39sV-21TJA guruh Quralboyev Ravshanjon.


Qabul qildi: Botirov T. V.

Navoiy - 2023

K I R I SH


Respublikada chuqur bilimga hamda yuqori saviyaga ega bo‘lgan yosh kadrlarni tayyorlash va bu kadrlar yordamida ilm-fan, ishlab chiqarishdagi dolzarb masalalarni yechish, yangi natijalarga erishish ishlari jadal olib borilmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalariga muvofiq holda bo‘lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan. Albatta, kadrlarni zamon talabi darajasida tayyorlashda fanlardan yaratilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda talabalarga har bir fandan nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etishni mukammal o‘rgata oladigan o‘quv qo‘llanmalarning mavjudligi muhim masalalardan biridir.


Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish masalalariga avtomatik boshqarishni qo‘llash texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimlari yordamida amalga oshiriladi. Ularda texnologik jarayon va texnologik obyekt holati zamonaviy EHMlardan foydalanilgan holda tahlil qilinadi. Shulardan ko‘rinadiki, avtomatik boshqarish insonlar tomonidan amalga oshiriladi, boshqarish tizimining texnik vositalari, shu jumladan, EHMlar boshqarish yechimlarini ishlab chiqish va qo‘llashning murakkab jarayonida inson imkoniyatlarini ko‘p marta oshiruvchi qudratli vosita sanaladi. EHMlar asosidagi zamonaviy avtomatik boshqarish tizimi hozirgi davr ishlab chiqarish amaliyotida keng qo‘llanilmoqda.
Fan va texnikaning hozirgi taraqqiyotida modellarni tuzish uchun odatda, makroolam fizikasi va mexanikasining asosiy qonunlari shakllangan, ya’ni differensial tenglamalar apparatidan foydalaniladi. Avtomatik boshqarish nazariyasi fanidan kurs ishini bajarishdan maqsad teskari bog‘lanishli avtomatik tizimlarni konstruksiyalash, ularning xossalari, hisoblash usullarini o‘rganish hisoblanadi. Avtomatik boshqarish nazariyasining predmeti avtomatik tizim modelining xossalari hisoblanadi, bu xossalar differensial tenglamalar hamda ularning turli o‘zgartirishlari va interpretatsiyalari ko‘rinishida ifodalanadi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin