Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
shakllanishida muhim omil bo‘lgan. Buyuk nemis faylasuflari Immanuel Kant,
Zigmund Freyd o‘z tadqiqotlarida jinsiy hayotni tartibga solish, oilaning
paydo bo‘lishi (ya’ni madaniyatning paydo bo‘lishi) insonning hayvonot
olamidan ajralib chiqishi va kishilik jamiyatining vujudga kelishida hal qiluvchi
ahamiyatga ega bo‘lganligini ko‘rsatgan edilar. Boshqacha qilib aytganda, sovet
madaniyatshunosligida ta’kidlanganidek, inson faqat mehnat tufayli madaniyat
yaratgan emas, balki, aksincha, madaniyat tufayli inson o‘z xatti-harakatini
tartibga solish, oila va jamoa bo‘lib yashash, mehnat qilish ko‘nikmasiga ega
bo‘lgan. Insonga xos fazilat va sifatlarning shakllanishi axloqiy madaniyatning
rivojlanishi bilan, jamiyat inqirozi esa madaniyatning umumiy tanazzuli bilan
uzviy bog‘liq ravishda ro‘y beradi.
Madaniyat ravnaqi va ijtimoiy munosabatlarning takomillashib borishi bir-
biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan jarayonlardir. Shu o‘rinda madaniy va ijtimoiy
taraqqiyotning o‘ziga xos xususiyatlari haqida qisqacha fikr yuritish maqsadga
muvofiqdir.
Ilgari ta’kidlab kelinganidek, madaniyat namunalari keng xalq ommasi
tomonidan mexanik tarzda emas, balki ijtimoiy hayotning turli sohalarida
faoliyat ko‘rsatayotgan eng ilg‘or kishilar, ziyolilar, ilm-fan ahllari tomonidan
yaratiladi, jamiyatning asosiy ko‘pchilik qismi esa madaniyatning ilg‘or
namunalarini o‘zlashtirish va sotsiallashtirish jarayoniga tortiladilar.
Madaniyatdagi umumiy inqiroz madaniyatning ilg‘or namunalarini yaratuvchi
elita — sara toifa bilan keng ommaning ma’naviy salohiyati o‘rtasidagi tafovut
va ziddiyat bilan bog‘liq ravishda ro‘y beradi. Ijtimoiy-siyosiy hayotda, ilmiy va
badiiy ijodda shaxs erkinligining tobora ortib borishi madaniy rivojlanishning
mezoni hisoblanadi.
Shaxs erkinligi strukturasida, shubhasiz, siyosiy erkinlik juda muhim
o‘rin egallaydi. Insoniyat o‘zining madaniy taraqqiyot jarayonida siyosiy
boshqarishni takomillashtirish, davlat va nodavlat tashkilotlari tizimini
yaratishda muayyan tajriba va bilimlar orttirdi. Davlat va uning tarixiy shakllari
insoniyatning madaniy-ma’naviy taraqqiyoti, shaxs erkinligi darajasining ortib
borish tendensiyasining qonuniy natijasi sifatida vujudga keldi. Jamiyatda
siyosiy boshqarishning qanday shakli (monarxiya, aristokratiya, demokratiya)
ning amal qilishi jamiyatdagi ilg‘or qatlamlarning madaniyatiga bevosita
bog‘liqdir. «Dunyoning demokratik qadriyatlaridan bahramand bo‘lishda
aholining bilimdonligi muhim ahamiyat kasb etmoqda, — deb yozadi I. A.
Karimov. — Faqat bilimli, ma’rifatli jamiyatgina demokratik taraqqiyotning
barcha afzalliklarini qadrlay olishini va, aksincha, bilimi kam, omi odamlar
avtoritarizmni va totalitar tuzumni ma’qul ko‘rishini hayotning o‘zi ishonarli
tarzda isbotlamoqda»
1
.
Jahondagi ko‘plab xalqlarning madaniy rivojlanish tarixi gomogen
42
madaniyatshunOslik asOslaRi
madaniyatning geterogen madaniyatga o‘tib borishidan dalolat beradi.
O‘zbekiston xalqlarining keyingi ikki asr davomida Yevropa xalqlari, xususan,
Rossiya madaniyatining ilg‘or yutuqlarini o‘zlashtirishi, shubhasiz, ijtimoiy-
siyosiy hayotda muhim ijobiy o‘zgarishlarni vujudga keltirdi. Ilg‘or o‘zbek
ma’rifatparvarlari, ziyolilari, jadidlar rus madaniya tining ilg‘or namunalarini
har tomonlama chuqur o‘rganishga da’vat etish orqali o‘lkaning ijtimoiy-
siyosiy hayotida tub o‘zgarishlar qilishga umid bog‘laganlar. Milliy mustaqillik
yillarida ijtimoiy-siyosiy hayo timizda tub islohotlarni muvaffaqiyatli amalga
oshirish, Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, ilg‘or mamlakatlar
xalqlarining madaniy yutuqlarini keng targ‘ib etadigan ijodkor ziyolilarning
shaklanishiga bog‘liqdir. «Milliy tafakkur o‘z taraqqiyotida madaniy qurilish
vazifa lariga dunyo miqyosida yondashishi, boshqa xalqlarning taqdiri, ularning
o‘zaro munosabatlari bilan yaqindan qiziqishi, ular hayotining eng teran
nuqtalarigacha kirib borishi, milliy manfaatlarni hisobga olishi kerak»
2
.
Madaniyatning jamiyat hayotidagi ahamiyatini haddan tashqari bo‘rttirish
ham, uning ahamiyatini kamsitish ham birday xatodir. XVIII asrdayoq mashhur
fransuz mutafakkiri Jan Jak Russo madaniyatning ahamiyatini haddan tashqari
bo‘rttirishga qarshi tabiiy insonning axloqiy ustunligi g‘oyasi va tabiatga qaytish
shiorini ilgari surgan edi.
XX asr boshlarida taniqli nemis faylasufi Fridrix Nitsshe madaniyat
strukturasida fan va texnika yetakchi mavqeni egallab, hayotning rivojiga
imkon bermayotganligini keskin tanqid qilgan edi. Zigmund Freydning fikricha,
madaniyat o‘zining axloqiy me’yorlari, talab va qadriyatlari bilan dastavval
kishilik jamiyatining paydo bo‘lishida muayyan ijobiy rol o‘ynagan bo‘lsa,
keyinchalik o‘zining taqiqlovchi talablari, qat’iy me’yorlari bilan kishilik jamiyati
rivojiga xalaqit bera boshlagan.
O‘tgan asrning 60—70 yillarida qator g‘arb mamlakatlarida madaniyatga
qarshi kurash harakati keng quloch yozdi. Bu harakat o‘z atrofiga Russo, Nitsshe,
Freyd g‘oyalarining tarafdorlarini, talaba-yoshlarni birlashtirdi. Ular «ommaviy
madaniyat» qadriyatlarining keng yoyili shiga, fan va texnika fetishizmiga
qarshi kurash boshladilar. Madaniyatni tanqid qilish uning jamiyat hayotidagi
ahamiyatini butunlay inkor etish emas, balki uning ahamiyatini yana ham
chuqurroq idrok etish, uning inson yaratuvchanlik funksiyasini kuchaytirish
demakdir. Madaniyat uchun ayni bir vaqtda ham statika (barqarorlik), ham
dinamika (rivoj lanish, o‘sish) jarayonlari xosdir.
Muayyan me’yorlar, andozalar, bilim va qadriyatlar majmuasi sifatida
madaniyat ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashga yaqindan yordam
1
I. A. Karimov. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari
va taraqqiyot kafolatlari. — T.: «O‘zbekiston», 1997, 116-b.
|