44
madaniyatshunOslik asOslaRi
qatlamlar o‘rtasidagi aloqadorlikni yanada kuchaytiradi.
Sobiq sovet jamiyatida milliy madaniyatlar o‘rtasidagi tafovutlarni zudlik bilan
yo‘qotishga urinish noxush oqibatlarni keltirib chiqargani singari turli sotsial
guruhlar va sinflar madaniyati o‘rtasidagi o‘ziga xoslikni nazar-pisand qilmaslik
ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda istiqomat qilayotgan oz sonli xalq va
millatlarning milliy madaniyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar
yaratishga, milliy markazlar tashkil etishga alohida e’tibor berila boshlandi.
Prezident I. Karimov ta’kidlaganidek, «har qanday millat, u naqadar kichik
bo‘lmasin — insoniyatning boyligidir va har qanday milliy birlikning, uning til,
madaniy va boshqa xususiyatlarining yo‘q bo‘lib ketishi Yer yuzidagi madaniy va
genetik fondning, shaxs imkoniyatlarining qashshoqlashuviga olib keladi»
1
.
har bir milliy madaniyat insoniyat madaniyatidan ajralgan holda rivojlana
olmaydi. Milliy madaniyatlar bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi,
bir-birini boyitadi
va ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni yanada takomillash tirishda muhim omil
bo‘lib xizmat qiladi. har bir xalq o‘zining noyob, betakror va o‘ziga xos
milliy madaniyati bilan insoniyat madaniyati tarkibida munosib o‘rin tutadi.
Mamlakatimizda demokratik o‘zgarish larning yanada chuqurlashishi va
fuqarolik jamiyati asoslarining yaratilishi, O‘zbekistonning jahon sivilizatsiyasiga
qo‘shilib borishi jamiyatimizning madaniy taraqqiyoti yo‘lida paydo bo‘lgan
muammo larni
oqilona hal etishni, Yer yuzidagi ilg‘or xalqlar madaniyati
yutuqlarini chuqur o‘rganishni taqozo etadi. O‘zbekistonning qator Yevropa
mamlakatlari bilan iqtisod, siyosat, madaniyat sohasidagi o‘zaro hamkorligi,
iqtidorli yoshlarimizning xorijdagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil ko‘rishi, ilg‘or
xalqlar bilan madaniy muloqotda bo‘lishi,
shubhasiz, yurtimizda amalga
oshirilayotgan islohotlarning muhim tayanchi bo‘lib xizmat qiladi.
Xullas, hozirgi zamon madaniyatshunosligida madaniyat va jamiyatning
o‘zaro ta’siri va munosabatini ilmiy asosda tadqiq etish g‘oyatda dolzarb
masaladir. Madaniyat tushunchasi taraqqiyot, yangilikka intilish, ma’naviy
yangilanish, yaratish, yaxshilik va ezgulikni avaylab-asrash, qo‘llab-quvvatlash
bilan uzviy bog‘liq ekan, jamiyat hayotini madaniyatsiz, madaniyat rivojini esa
sog‘lom ijtimoiy munosabatlar tizimisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Madaniyat
o‘zining tub mohiyatiga ko‘ra milliylik va umuminsoniylikning uzviy birligi
sifatida namoyon bo‘lar ekan, har bir yangi avlodga uzoq ajdodlarimizning
bilimi, tajribasi, qadriyatlari, ko‘nikma va malakalaridan bahramand bo‘lish
imkonini berish, xalqlarni bir-biri bilan yaqinlashtirish, ijtimoiy totuvlik va
barqarorlikni ta’minlash buyuk gumanistik vazifadir.
Jamiyat va insonga
madaniy hodisa sifatida qarash madaniyatning shaxs va jamiyat hayotidagi
ahamiyatini teranroq anglashga yordam beradi. Zero G‘arbiy Yevropa